• 3-bob. Yetakchi mutaxassisning huquqlari
  • -bob. Yetakchi mutaxassisning majburiyatlari




    Download 3,57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet172/322
    Sana17.05.2024
    Hajmi3,57 Mb.
    #239820
    1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   322
    Bog'liq
    lavozim yoʻriqnomalari

     
    2-bob. Yetakchi mutaxassisning majburiyatlari 
    4. Ish jarayonida yetakchi mutaxassis quyidagilarga amal qiladi: 
    Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oliy Majlis palatalarining 
    qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va Farmoyishlari, hukumat qarorlari;
     
    Vazirlik qarorlari, buyruqlari, farmoyishlari, Vazirlik Hayʼati qarorlari, Boshqarma 
    buyruqlari;
     
    mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yongʻin 
    xavfsizligi qoidalari va meʼyorlari;
     
    Boʻlim Nizomi va yetakchi mutaxassis lavozimi yoʻriqnomasi. 
    5. Yetakchi mutaxassis quyidagilarni bilishi shart: 
    Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi 
    Prezidentining Farmon va Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, taʼlim sohasini 
    muvofiqlashtiruvchi boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlar va xizmat hujjatlari; 
    oʻz vakolatlari doirasida ishlab chiqarish va boshqaruvni tashkillashtirish, mehnat 
    qonunchiligi asoslari va ichki mehnat tartibi qoidalari; 
    meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish, rasmiylashtirish, tasdiqlash va joriy etish tartibi; 
    meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish uchun texnik topshiriq (buyurtma)larni tuzish tartibi; 
    Vazirlik va Boshqarmaning ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilmasi; 
    Vazirlik va Boshqarma faoliyatining asosiy jarayonlari; 
    ish yuritish asoslari; 
    shaxsiy kompyuterda ishlash asoslari va zamonaviy AKT vositalaridan foydalanish 
    koʻnikmalariga ega boʻlishi; 
    qonunchilikka asosan foydalanishi cheklangan axborot bilan ishlash tartibi. 
    3-bob. Yetakchi mutaxassisning huquqlari 
    6. Yetakchi mutaxassis quyidagi huquqlarga ega: 


    oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning oʻziga xos xususiyati va murakkabligiga, 
    bajarilgan ishlarning miqdori hamda sifatiga muvofiq oʻz vaqtida va toʻliq hajmda ish haqi olish; 
    kasbiy kompetensiyalari va alohida xizmatlari uchun ragʻbatlantirilish; 
    davlat organining mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar 
    hisobidan muntazam ravishda malakasini oshirib borish; 
    mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda hamda shartlarda mehnat 
    shartnomasiga oʻzgartishlar kiritish va shartnomani bekor qilish; 
    oʻz mansab vakolatlarini, xizmat majburiyatlarini va javobgarligini belgilovchi lavozim 
    yoʻriqnomasi va boshqa hujjatlar bilan tanishish; 
    mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiq boʻlgan ish oʻrniga ega boʻlish; 
    ish vaqti davomiyligining chegarasini, ayrim davlat fuqarolik xizmatchilari uchun 
    qisqartirilgan ish vaqtini belgilash, har haftalik dam olish kunlari, ishlanmaydigan bayram 
    kunlari, shuningdek yillik mehnat taʼtillari berish orqali taʼminlanadigan tarzda dam olish; 
    qonunchilikka muvofiq huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilinish, shuningdek davlat 
    pensiya taʼminotini olish; 
    davlat organining qonunga xilof qarorlari va uning mansabdor shaxslarining qonunga 
    xilof harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish; 
    davlat organi rahbariyatining noqonuniy topshiriq va talablarini bajarishdan bosh 
    tortish; 
    davlat fuqarolik xizmatidagi korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar faktlari toʻgʻrisida 
    xabar bergan taqdirda, davlat himoyasi bilan taʼminlanish; 
    xizmatga oid masalalar yuzasidan davlat organining rahbariyatiga oʻz fikrini bildirish, 
    oʻzi davlat fuqarolik xizmatini oʻtayotgan davlat organining faoliyatini takomillashtirish 
    boʻyicha takliflar kiritish; 
    oʻzining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsi davlat organining rahbariyati hamda 
    boshqa mansabdor shaxslar tomonidan hurmat qilinishi; 
    davlat organi tomonidan qayta tayyorlash va malaka oshirishga yuborilgan taqdirda, 
    shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda davlat fuqarolik xizmati 
    lavozimining va ish haqining saqlanib qolishi; 
    qonunchilikda belgilangan tartibda davlat fuqarolik xizmatini oʻtash vaqtida yetkazilgan 
    moddiy zararning oʻrni qoplanishi va maʼnaviy ziyonning kompensatsiya qilinishi; 
    oʻzining mehnat huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini qonunda 
    taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilish; 
    davlat fuqarolik xizmati masalalari yuzasidan maxsus vakolatli davlat organiga 
    murojaat qilish; 
    oʻzining shaxsiy hujjatlari toʻplami bilan tanishish. 
    xizmat majburiyatlari doirasida xizmat aloqasi, davlatlararo va shaharlararo aloqa, 
    elektron pochta, internet tarmogʻidan tekin foydalanish; 
    mehnat qonunchiligi asosida shoʻba xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan 
    ozod etish, shuningdek, alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni ragʻbatlantirish yuzasidan 
    boshqarma boshligʻiga takliflar kiritish; 
    oʻz yoʻnalishi boʻyicha, shuningdek, shaxsiy rivojlanishga qaratilgan malakasini 
    oshirish va qayta tayyorlash kurslarida ishtirok etish; 
    7. Shoʻba boshligʻi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi 
    mumkin. 

    Download 3,57 Mb.
    1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   322




    Download 3,57 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -bob. Yetakchi mutaxassisning majburiyatlari

    Download 3,57 Mb.
    Pdf ko'rish