Buxgalteriya hisobi va davlat xaridlari shoʻbasi yetakchi mutaxassisi (hisobchi)ning
lavozim yoʻriqnomasi
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi Buxgalteriya hisobi va davlat xaridlari shoʻbasi yetakchi
mutaxassisi (hisobchi) (bundan buyon matnda – yetakchi mutaxassis)ning lavozim
majburiyatlari, huquqlari va javobgarliklarini belgilab beradi.
2. Yetakchi mutaxassis Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi
vaziri, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari (keyingi
oʻrinlarda Hududiy boshqarma) boshligʻi buyrugʻiga koʻra lavozimga tayinlanadi va lavozimdan
ozod etiladi.
Yetakchi mutaxassis boshliqqa boʻysunadi va oʻz faoliyatini boshqarma rahbariyati
tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida amalga oshiradi.
3. Yetakchi mutaxassis Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga,
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarorlari va farmoyishlariga, vazirlikning Hayʼati qarorlari, vazirning buyruq va farmoyishlariga,
vazirlikning hujjatlari hamda koʻrsatmalariga, boshqarmaning Hayʼati qarorlari, boshliq
buyruqlari va topshiriqlari bilan yuklangan vazifalarning oʻz vaqtida ijro etilishini taʼminlagan
holda faoliyatini olib boradi.