Xususiy ta'lim muassasalariga yangi imtiyozlar berildi




Download 15.21 Kb.
Sana24.03.2024
Hajmi15.21 Kb.
#176165
Bog'liq
Xususiy ta
kriptoamaliy12, darsxonalar, Farmasevtik tas-WPS Office12, 15 NARX HARAKATI STRATEGIYASI, dozmetrik kattaliklar, axborot, 9-mavzu, 206 21.04.2022, 64f32c30b016f, 2M- bir hujayralilarppt-compressed, 1697689463, 1d4aa6b6-b04c-48e4-a75b-4826a54e4828 (1), Genetikadan yangi masalalar, 2-topshiriq, Лабораторная работа №10

Xususiy ta'lim muassasalariga yangi imtiyozlar berildi
Prezidentning 5.09.2018 yildagi PQ–3931-son qarori bilan nodavlat ta'lim muassasalari uchun bir qator soliq va bojxona imtiyozlari nazarda tutilgan.

Norma’ning yozishicha, birinchidan, 15.09.2017 yildagi PQ–3276-son qarorda nazarda tutilgan imtiyozlarning amal qilishi 2025 yil 1 yanvargacha uzaytirildi. Aynan nodavlat ta'lim xizmatlarini ko‘rsatish (maktabgacha va umumiy o‘rta ta'lim sohasida) faoliyati bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslarni quyidagi to‘lovlardan ozod qilish to‘g‘risida so‘z bormoqda:


• barcha turdagi soliq va davlat maqsadli jamg‘armasiga majburiy to‘lovlardan (YaITdan tashqari), bunda ozod qilinayotgan mablag‘lar ularni zamonaviy o‘quv vositalari bilan jihozlash, zarur mahsulotlar va jihozlar sotib olish, bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish, kapital ta'mirlash hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga bepul ta'lim xizmatlarini ko‘rsatishga maqsadli yo‘naltiriladi;
• mehnat shartnomasi asosida ta'lim-tarbiya jarayoniga jalb qilingan xorijiy o‘qituvchi va mutaxassislarning oylik ish haqidan yagona ijtimoiy to‘lov.

Avvalboshdan mazkur imtiyozlar 2021 yilgacha bo‘lgan muddatga joriy etilgan edi.

Ikkinchidan, o‘zimizda ishlab chiqarilmaydigan hamda nodavlat umumta'lim muassasalarini jihozlash va faoliyatini ta'minlash uchun olib kiriladigan zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, o‘quv va ilmiy-metodik adabiyotlar, inventar va moddiy-texnika resurslari 2025 yilgacha bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘im bundan mustasno) ozod qilinadi.

Uchinchidan, chet ellik o‘qituvchilar va mutaxassislar, ularning oila a'zolariga ko‘p martalik vizalar, shuningdek O‘zbekistonda yashash joyida vaqtinchalik propiska davlat bojini undirmasdan rasmiylashtiriladi va uzaytiriladi.

Mamlakatimizga chet ellik o‘qituvchilar va mutaxassislarni jalb etish uchun ruxsatnomalar, mazkur fuqarolar mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqining tasdiqnomalari Xalq ta'limi vazirligining buyurtmanomalariga ko‘ra Mehnat vazirligi tomonidan beriladi. 

To‘rtinchidan, Xalq ta'limi vazirligi umumta'lim muassasalari o‘qituvchilari davlat bojini to‘lamay professional faoliyat yuritganda ularning huquq va erkinliklari buzilganligi to‘g‘risida da'vo arizalari bilan murojaat qilishi mumkin.



Eslatib o‘tamiz, sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadigan sub'yektlarning to‘liq ro‘yxati Soliq kodeksining 329, 330-moddalarida ko‘rsatilgan.

Hujjat 6.09.2018 yildan kuchga kirdi.
Download 15.21 Kb.




Download 15.21 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xususiy ta'lim muassasalariga yangi imtiyozlar berildi

Download 15.21 Kb.