• Asamov Javlon Xursanovich Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali Elmurodov Dostonbek Xurshid oʻgʻli
  • Annotatsiya
  • “Yosh mutaxassislar” ilmiy – amaliy jurnali 2023-yil 3-son




    Download 191.46 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana05.01.2024
    Hajmi191.46 Kb.
    #130864
      1   2
    Bog'liq
    fosforli-o-g-itlarning-klassifikatsiyasi-ishlatilishi-va-ahamiyati
    11, Ergashev alyorjonning kimyoviy texnologiya fanidan tayyorlagan-fayllar.org (1)


    43 
    “YOSH MUTAXASSISLAR” ILMIY – AMALIY JURNALI 2023-YIL 3-SON 
    FOSFORLI OʻGʻITLARNING KLASSIFIKATSIYASI, ISHLATILISHI VA 
    AHAMIYATI 
    Haydarov Bekzod Hamza o‘g‘li 
    Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filiali 
    Asamov Javlon Xursanovich 
    Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali 
    Elmurodov Dostonbek Xurshid oʻgʻli 
    Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filiali 
    https://doi.org/10.5281/zenodo.7749085
     
    Qabul qilindi: 11.03.2023 
    Chop etildi: 31.03.2023 
     
    Annotatsiya: Ushbu maqolada Fosforli oʻgʻitlar, ularning ishlatilishi hamda 
    ahamiyati haqida ma'lumotlar berilgan.
    Kalit so'zlar: Fosforli o'g'itlar, rudalar, apatit, qo'sh superfosfat, organik 
    moddalar, qishloq xo‘jaligi, fosforit. 
    USE AND IMPORTANCE OF PHOSPHORUS FERTILIZERS 
    Abstract: This article provides information about Phosphorous fertilizers, their 
    use and importance. 
    Key words: Phosphorous fertilizers, ores, apatite, double superphosphate, 
    organic matter, agriculture, phosphorite. 
    Tarkibida fosfor boʻlgan mineral va organik moddalar; oʻsimliklarning fosfor 
    bilan oziqlanishini yaxshilash uchun ishlatiladi. Oʻsimliklar oʻzlashtirgan fosforning 
    tuprokdagi jamgʻarmasini toʻldirishning birdan bir manbaidir. Fosforli oʻgʻitlar 
    tarkibida fosfor boʻlgan rudalar — appatit va fosforitlarni qayta ishlab olinadi. 
    Bulardan tashqari, metallurgiya sanoati chiqindilari marten fosfatshlak hamda 
    organik moddalar, suyak uni, tung va boshqalar fosforli oʻgʻitlar sifatida ishlatiladi. 
    Qishloq xoʻjaligiga yetkazib beriladigan fosforli oʻgʻitlar tarkibidagi fosfor 
    ortofosfat kislota H
    3
    PO
    4
    ning ortofosfat tuzlari shaklida boʻladi. Ayrim fosforli 
    oʻgʻitlar esa polifosfat superfosfat kislota, shu jumladan, metafosfat kislota asosida 
    olinadigan murakkab oʻgʻitlardir. Fosforli oʻgʻitlar sanoat yoʻli bilan olingan 
    birinchi mineral oʻgʻitlardan hisoblanadi 1842 yilda Buyuk Britaniyada superfosfat 
    ishlab chiqarila boshlagan.


    44 
    “YOSH MUTAXASSISLAR” ILMIY – AMALIY JURNALI 2023-YIL 3-SON 
    Eruvchanlik darajasiga qarab fosforli oʻgʻitlar ni 3 asosiy guruhga ajratish 
    mumkin: suvda eriydigan (oddiy, qoʻshaloq va ammoniylashgan superfosfat, 
    ammofos, diammofos) fosforli oʻgʻitlar. Bu oʻgʻitlarda fosfor bir asosli kaltsiy fosfat 
    Ca(H
    2
    PO
    4
    )
    2
    H
    2
    O holida boʻladi; suvda erimaydigan (pretsipitat yoki kaltsiy 
    gidrofosfat, tomasshlak, marten fosfatshlagi, ftorsizlangan fosfat va boshqa termik 
    fosfatlar) Fosforli oʻgʻitlar; bu oʻgʻitlarda fosfor 2 asosli kaltsiy fosfat — 
    CaHPO
    4
    H
    2
    O yoki tetrakaltsiy fosfat — Ca
    4
    P
    2
    O
    5
    holida boʻladi. Ammoniy sitrat, 
    limon kislota eritmalarida eriydigan bu oʻgʻitlar shudgorlashda asosiy oʻgʻit sifatida 
    yoki kultivatsiya vaqtida qoʻllaniladi; qiyin eriydigan yoki suvda va kuchsiz 
    kislotalarda erimaydigan (fosforit uni va suyak uni) fosforli oʻgʻitlar ularda fosfor 
    kaltsiy fosfat — Ca
    3
    (PO
    4
    )
    2
    holida boʻladi. Bunday oʻgʻitlar qiyin eriydigan 
    fosfatlarni oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan shaklga keltiruvchi nordon bilvosita 
    oʻgʻit sifatida yuqori dozalarda solinadi. Fosforli oʻgʻitlarni ishlatish xususiyati 
    ularning eruvchanlik darajasiga bogʻliq. Suvda eriydigan fosforli oʻgʻitlar kukuni va 
    dona dor holda limon kislota va ammoniy nitratda eriydiganlari kukun holida, qiyin 
    eriydiganlari juda mayda kukun holida qoʻllaniladi. Sugʻorma dehqonchilik 
    zonalarida, odatda, suvda eriydigan fosforli oʻgʻitlar qoʻllaniladi. Ularning barchasi 
    nam tortmaydi, mostlashib qolmaydi. 
    Survoha tuproqlarda fosforli oʻgʻitlar tarkibidagi fosfor, azot va kaliy nisbatlari 
    1:0,7:0,3; oʻtloqi voha tuproqlarda 1:0,8:0,5 qilib qoʻllanganda yaxshi samara 
    beradi. Fosfor suvda kam eriganligi sababli yuvilib ketmay tuproqning yuqori 
    qatlamida toʻplanadi. Tuproqqa solingan fosforli oʻgʻitlar tarkibidagi fosforning 
    20—25% solingan yili, 40— 60% 2—3 yil oʻsimliklar tomonidan oʻzlashtiriladi. 
    Fosforli oʻgʻitlar oʻsimlik rivojlanishi uchun zarur oʻgʻitdir. Fosforli oʻgʻitlar 
    ta’sirida hosil pishishi tezlashadi, hosildorlik ortadi, mahsulot sifati yaxshilanadi, 
    kartoshkada kraxmal, qand lavlagi tarkibidagi qand miqdori koʻpayadi fosfor 
    yetishmaganda oʻsimlik barglarining cheti qorayib quriydi, oʻsimlik nimjon boʻlib 
    oʻsadi. Fosfor hayot uchun eng muhim element boʻlganidan, azot va kaliy singari 
    katta ahamiyatga egadir. Fosfor hujayralar protoplazmasi tarkibiga, xromosoma, va 
    fermentlar tarkibiga kiradi, oʻsimlik va hayvonlar organizmida fosfor boʻladi. Fosfor 
    – hayot va tafakkur elementi deb yuritiladi. Fosfor elementi noma’lum boʻlgan 
    vaqtlarda yer goʻng va kul bilan oʻgʻitlangan, oʻsimlikning fosforga boʻlgan ehtiyoji 
    shu yoʻl bilan bir qadar ta’min etilgan.
    Fosforli oʻgʻitlar masalasini rus olimlari A.N.Engelgardt, V.V. Dokuchayev 
    P.A.Kostichev, D.N.Pryanishnikov hal qildilar va bu oʻgʻitlar mamlakatimizda keng 
    ishlatila boshladi. Qishloq xoʻjaligida quyidagi fosforli oʻgʻitlar ishlatiladi:


    45 
    “YOSH MUTAXASSISLAR” ILMIY – AMALIY JURNALI 2023-YIL 3-SON 
    1. Fosforit talqoni Ca
    3
    (PO
    4
    )
    2
    Fosforning tabiiy birikmasi fosforitning boyitilgan kukuni. Fosforit talqoni 
    suvda juda oz eriydi. Shuning uchun kislotali muhitdagi tuproqlarga solinadi. Bu 
    oʻgʻit eng arzon fosforli mineral oʻgʻit boʻlganligi uchungina boʻz va torfli 
    tuproqlarda oʻsadigan oʻsimliklarga solish uchun ishlatiladi.
    2. Oddiy superfosfat Ca(H
    2
    PO
    4
    )
    2
    CaSO
    4
    ×
    2
    H
    2
    O
    Appatit yoki fosforitga sulfat kislota taʻsir ettirish yoʻli bilan olinadi: 
    Ca
    3
    (PO
    4
    )
    2
    + 2H
    2
    SO
    4
    = Ca(H
    2
    PO
    4
    )
    2
    + CaSO
    4
    Bu fosforli mineral oʻgʻit suvda eriydi, shuning uchun ham har qanday 
    muhitdagi tuproqlarda oʻsadigan oʻsimliklar uchun qoʻllash mumkin. Oddiy 
    superfosfatni tayyorlash uchun bir necha boʻlak hayvon suyagini olib, organik 
    moddalari kuyub ketgunicha kuydiring. Kuygan, tozalangan suyakni bolgʻa bilan 
    mayda – mayda boʻlaklarga boʻling va bu boʻlaklarni xovonchada kukunga 
    aylanguncha maydalang. 50 gramm suyak kukuniga 3 – 5 gramm bor talqonini 
    aralashtiring. Aralashmani kimyoviy stakanga solib, ustiga 20 gramm 70 % li sulfat 
    kislotani sekin – asta qoʻshing. Aralashmani shisha tayoqcha bilan aralashtirib 
    turing. Sodir boʻlgan kimyoviy jarayon natijasida aralashma isib ketadi. Aralashma 
    sovuganda hosil boʻlgan kukun oddiy superfosfat ya’ni, CaSO
    4
    aralashgan 
    Ca(H
    2
    PO
    4
    )
    2
    dir.
    Oddiy superfosfat nam taʻsirida qotib qolmasligi uchun hozirgi kunda 
    grammlar, yaʻni, donador holda ishlab chiqarilmoqda. Oddiy superfosfatda 14 – 20 
    % P
    2
    O
    5
    bo‘ladi.
    3. Qoʻsh superfosfat Ca(H
    2
    PO
    4
    )
    2
    Bu oʻgʻit konsentrlangan mineral oʻgʻit hisoblanadi. Suvda yaxshi eriydi.
    Ca
    3
    (PO
    4
    )
    2
    + 4H
    3
    PO
    4
    = 3Ca(H
    2
    PO
    4
    )
    2
    Qoʻsh superfosfatda 40 – 50 % P2O5 boʻladi.
    4. Pretsipitat CaHPO
    4
    ×2H
    2
    O.
    Pretsipitat ham konsentrlangan mineral oʻgʻit boʻlib, suvda oz eriydi.
    Ca(OH)
    2
    + 2H
    2
    O = CaHPO

    + 2H
    2

    CaCO
    3
    + 2H
    2
    O = CaHPO4 + 2H2O + 2CO
    2
    Pretsipitatlarda 30 – 35 % P
    2
    O
    5
    boʻladi.
    5. Ammofos Ca(H
    2
    PO
    4
    )
    2
    , (NH
    4
    )
    2
    HPO
    4
    va NH
    4
    H
    2
    PO
    4
    lar aralashmasi.
    Bu oʻgʻit kompleks oʻgʻitlarga kirib, tarkibida azot va fosfor tutadi. Suvda 
    yaxshi eriydi. Fosforli mineral oʻgʻitlar ichida eng koʻp ishlatiladi. Fosforli oʻgʻitlar 
    tarkibidagi ozuqa elementi P
    2
    O
    5
    koʻrinishida boʻladi. 
    6. Fosforbakterin – bakterial oʻgʻit. [4]


    46 
    “YOSH MUTAXASSISLAR” ILMIY – AMALIY JURNALI 2023-YIL 3-SON 
    Tarkibida fosfor organik birikmalarni oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan shaklga 
    oʻtkazish qobiliyatiga ega boʻlgan mikroorganizmlar sporasi bor. Fosforbakterin 
    yuqtirilgan urugʻlik bilan tuproqqa kirgan bakteriyalar oʻsimliklarning ildiz atrofida 
    rivojlanadi. Fosforbakterin suyuq yoki quruq holda boʻladi. Ekish oldidan bir gektar 
    yerga ekiladigan urugʻlikka 100 ml suyuq yoki 250 gramm kukunli fosforbakterin 
    sarflanadi.Fosfororganik birikmalar tarkibidagi fosfor atomi uglerod atomiga 
    bevosita yoki geteratom – kislorod, azot, oltingugurt orqali birikkan organik 
    birikmalar sinfi.Fosfordan P
    2
    O
    5
    , H
    3
    PO
    4
    olishda, organik sintezlarda, gugurt ishlab 
    chiqarishda foydalaniladi. Qizil fosfor, surma (III)-sulfid, temir surigi (kvars 
    aralashgan tabiiy temir (III)-oksid va yelimdan aralashma tayyorlab, gugurt 
    qutisining yon sirtlariga surtiladi. Gugurt kallagi asosan bertole tuzi, maydalangan 
    shisha, oltingugurt va yelimdan tarkib topgan boʻladi. P, As, Sb, Bi qotishmalar 
    tarkibiga kiradi.Fosfor birikmalari yuvuvchi vositalar (fosfatlar va polifos-fatlar), 
    biologik faollikka ega boʻlgan elementorganik birikmalar sintez qilish uchun (PCl
    3

    PCl
    5
    , POCl
    3
    , PH
    3
    ), fosforli oʻgʻitlar: fosforit talqoni - Ca
    3
    (PO
    4
    )
    2
    (tabiiy), bu 
    suyaklarni kuydirib ham olinadi, oddiy superfosfat - Ca(H
    2
    PO
    4
    )
    2
    + 2CaSO
    4
    , qoʻsh 
    superfosfat Ca(H
    2
    PO
    4
    )
    2
    , presipitat - CaHPO
    4
    ×2H
    2
    O, ammofos - NH
    4
    H
    2
    PO
    4

    (NH
    4
    )
    2
    HPO
    4
    .
    Soʻngi yillarda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo 
    instituti olimlari tomonidan fosfor organik birikmalar asosida yangi murakkab 
    oʻgʻitlar, defoliantlar va oʻstiruvchi moddalar sintez qilindi. Fosfat kislota bilan 
    monoetanolamin suvdagi eritmasining oʻzaro kimyoviy ta’siri natijasida olingan 
    yangi modda etanolamin fosfat stimulyatori shular jumlasidandir.Mineral oʻgʻitlar 
    ishlab chiqarish tarmogʻi kimyo sanoatining asosiy sohalaridan biri hisoblanadi. 
    Respublikamiz paxta yetishtiruvchi asosiy mintaqa boʻlgani sababli, mineral 
    oʻgʻitlarning paxtachilikdagi roli juda katta. Hosildorlikni oshirishda asosiy 
    omillardan biri hisoblanadi. Umuman, qishloq xoʻjaligini yalpisiga 
    kimyolashtirishda asosiy rol oʻynaydi. [3] Ma’lumki oʻsimlik tarkibi, asosan 10 ta 
    elementdan tashkil topgan boʻlib azot, fosfor, kislorod, kaliy, magniy, temir, 
    oltingugurt, kalsiy, uglerod, vodorod ularning 90 % ini uglerod, vodorod, kislorod 
    tashkil qiladi. Oʻsimlik oʻsish davrida bu elementlarni havodan va yerdan qabul 
    qiladi. Shu sababli hosildorlik yuqori boʻlishi uchun shu elementlarning yerdagi 
    miqdori yetarli boʻlishi kerak. Bu elementlardan ayniqsa kerakligi azot, fosfor va 
    kaliy hisoblanadi, shu sababli bu elementlarni ozuqa moddasi yoki mineral oʻgʻitlar 
    deb ataladi. Deyarli barcha mineral oʻgʻitlar agronomik rudalardan kimyo sanoatida 


    47 
    “YOSH MUTAXASSISLAR” ILMIY – AMALIY JURNALI 2023-YIL 3-SON 
    ishlab chiqariladi. Shuningdek, tabiiy tuzlar, natriyli selitra chili selitrasi, sanoat 
    chiqindilari ham ishlatiladi.
    Mineral o‘g‘itlar XIX-asrdan tarqalaboshlagan. XX-asr oʻrtalaridan mineral 
    o‘g‘tlarni ishlab chiqarish va qoʻllash tez oʻsdi. Shungacha oʻgʻit sifatida, asosan, 
    goʻng, kul va boshqa chiqindilar ishlatilgan. Mineral o‘g‘itlar tuproqqa uning fizik, 
    kimyoviy va biologik xususiyatlariga kuchli ta’sir qiluvchi vositadir; ular tuproqni 
    oziq elementlari bilan boyitadi, tuproq eritmasi reaksiyasini oʻzgartiradi, 
    mikrobiologik jarayonlarga ta‘sir etadi va h.k. [2] Oʻsimliklar, asosan, ildizi orqali 
    oziqlanishi tufayli mineral oʻgʻitlar tuproqqa solinganda oʻsimliklarning oʻsishi va 
    rivojlanishiga, binobarin, dalalar, utloqlarning umumiy mahsuldorligiga fa’ol ta’sir 
    qiladi. Mineral o‘g‘tlar ekin hosilini oshiradi, sifatini yaxshilaydi: paxta, kanop, zigir 
    va lub tolali ekinlari tolasining texnologik xususiyatlarini, qand lavlagi, uzum 
    tarkibidagi qand, kartoshkadagi kraxmal, dondagi oqsil miqdorini koʻpaytiradi. 
    Mineral o‘g‘itlar organik oʻgʻitlar bilan qoʻshib ishlatilsa, yanada yaxshi natija 
    beradi. Agronomik maqsadlarga koʻra mineral o‘g‘itlar bevosita va bilvosita 
    ishlatiladigan oʻgʻitlarga boʻlinadi. Bevosita ishlatiladigan oʻgʻitlar tarkibida 
    oʻsimliklar oziqlanishi uchun zarur azot, fosfor, kaliy, shuningdek, magniy, bor, rux, 
    mis, molibden, marganets, oltingugurt kabi elementlar boʻladi. Bu guruhga 
    kiradigan oʻgʻitlar, asosan, bir oziq elementli, mas, azotli, fosforli yoki kaliyli va 
    kompleks, yaʻni aralash va murakkab oʻgʻitlardan iborat. Aralash mineral o‘g‘itlar 
    zavodda yoki xoʻjalikning oʻzida bir necha xil oʻgʻitni aralashtirib, murakkab 
    oʻgʻitlar esa zavodda tayyorlanadi.
    Bevosita ishlatiladigan mineral o‘g‘itlar (ohakli oʻgʻitlar, gips va boshqalar) 
    asosan, tuproqning agrokimyoviy va fizik-kimyoviy xususiyatlarini yaxshilashda 
    qoʻllaniladi, mineral o‘g‘itlar qattiq, yaʻni kukunsimon, donador hamda suyuq — 
    ammiakli suv, suyuq ammiak, ammiakatlar holida ishlab chiqariladi. Shunday qilib 
    mineral oʻgʻitlarni 3 gruppaga boʻlish mumkin: fosforli, azotli va kaliy oʻgʻitlar. 
    Oʻsimlik hayoti uchun zarur boʻlgan (ozgina miqdorda boʻlsa ham) elementlar (Mn, 
    Ni, Co, Br, Zn) bor oʻgʻitlar mikro oʻgʻitlar deb ataladi. Qishloq xoʻjaligida mineral 
    oʻgʻitlar bilan bir qatorda organik oʻgʻitlar ham qoʻllaniladi. Qishloq xoʻjalik 
    zararkunandalari bilan kurashuvchi moddalar pestitsidlar deb ataladi. Yovvoyi oʻtlar 
    bilan kurashuvchi moddalar esa gerbitsidlar deb ataladi.Fosfor oʻsimlik uchun 
    asosiy ozuqa moddalaridan biri hisoblanadi. Fosfor oʻsimlik hayoti uchun zarur 
    boʻlgan moddalar tarkibiga kiradi (fermentlar, vitaminlar va boshqalar). Ayniqsa 
    oʻsimlik donida, urugʻida oqsil-nukleoprotein sifatida 1,6 % ga qadar P
    2
    O
    5
    uchraydi. 
    Fosfor bilan muntazam oziqlantirilgan donli oʻsimliklar hosildorligi oshadi, kraxmal 


    48 
    “YOSH MUTAXASSISLAR” ILMIY – AMALIY JURNALI 2023-YIL 3-SON 
    va qand miqdori koʻpayadi. Respublikamizda, asosan suvda eruvchan oʻgʻitlar 
    qoʻllaniladi, bular jumlasiga oddiy va qoʻshsuperfosfat kiradi. Fosforli oʻgʻitlar 
    tabiiy minerallar - fosforit va apatitdan olinadi. Markaziy Osiyo mamlakatlarida 
    fosforitlar Janubiy Qozogʻistonda Kara-Tau konida uchraydi. Shu kunlarda 
    Oʻzbekistonning Qizilqum fosforit konlaridan ham foydalanilmoqda. Hozirgi kunda 
    deyarli hamma zavodlar fosforli oʻgʻitlarni Kara-Tau fosforitlaridan ishlab 
    chiqarmoqdalar. Oddiy superfosfat kulrang, mayda kukun yoki donalar holida 
    boʻlib, tarkibida 14-18 % P
    2
    O
    5
    ega boʻlgan suvda eruvchan oʻgʻitlardir. Oddiy 
    superfosfat ishlab chiqarish texnologiyasi oʻzining oddiyligi va arzonligi bilan farq 
    qiladi. Ishlab chiqarish jarayoni tabiatdagi fosforitlarni sulfat kislota bilan qayta 
    ishlashga asoslangan: [1]
    Ca
    3
    (PO
    4
    )
    2
    + 2H
    2
    SO
    4
    = Ca(H
    2
    PO
    4
    )
    2
    + 2CaSO
    4
    Hosil boʻlgan aralashma, yaʻni monokalsiy fosfat va gipsdan tashkil topgan 
    mahsulot oddiy superfosfat deb ataladi. Tabiatdagi fosforit tarkibida qator 
    aralashmalar boʻlishi mumkin.
    Xulosa qilib aytganda; Organik va Noorganik kimyo sohasida oʻgʻitlar ishlab 
    chiqarishda keng koʻlamda ishlar olib borilmoqda. Hozirgi kunda yangi-yangi 
    zavodlar qurilib yuksak darajali kaliyli, azotli, fosforli va meniral oʻgʻitlar ishlab 
    chiqarilmoqda yangi texnalogiyalar asosida ishlab chiqarilayotgan bunday oʻgʻitlar 
    oʻta sifatlidir. Shuni aytib oʻtish kerakki fosforli oʻgʻitlar ham juda katta ahamiyatga 
    ega bo‘lib qishloq xoʻjaligi uchun juda ham zarur boʻlgan oʻgʻit hisoblanadi. Oʻz 
    vaqtida kerakli joy oʻgʻitlansa tuproq unumdorligi oshib moʻl hosil olishga va 
    hosilni tez yetilishiga zamin yaratiladi. Ammo bunday oʻgʻitlarni keragidan ortiq 
    yerga berish yaramaydi. Meyoridan ortiqcha solingan oʻgit yerni meniral holatini 
    buzibgina qolmay balki hosildorlikni anchagina pasaytiradi. Agar tuproq 
    unumdorligi past joylarga 1-gektar joyga 40-60 kg gacha berilsa bunday yerlar oʻz 
    samarasini bermasdan qolmaydi. Oʻsimliklar fosforlarni qabul qilish harorat omiliga 
    bogʻliq. Tuproqning haroratini pasayishi bilan fosforning sabzavotlarni yemishi 
    kamayadi. Ular 10-12 ° C darajasida etishmasligidan azob chekmoqda. Fosfor past 
    haroratlarda ildizlar tomonidan soʻralishi mumkin, ammo yuqori joylarga koʻchib 
    oʻtmaydi va har bir madaniyat uchun normal harorat darajasiga singib ketmaydi. 
    Agar havo harorati tuproqning haroratidan yuqori boʻlsa, unda fosfor ildizdan 
    tashqari oziqlantirishda oʻsimliklar tomonidan yaxshiroq soʻriladi. Olingan 
    hosildorlik bilan turli sabzavotlar fosforga uncha taʻsir qilmaydi. Uning pomidoriga 
    0,8, bodring - 0,7, karam - 0,9, sabzi - 1,0, kartoshka - 1 kg. Foydalanilgan xlorli 
    o'g'itlar sabzavotlarda fosforni kamaytiradi. Osimliklardagi normal hayot faoliyati 


    49 
    “YOSH MUTAXASSISLAR” ILMIY – AMALIY JURNALI 2023-YIL 3-SON 
    davomida ildizlar va havo qismlari oʻrtasida fosforli birikmalarning jadal 
    almashinuvi doimo yuz berishi kerak. Aks holda, to'xtashi va boshqa o'sish buzilishi 
    muqarrar. Shu asosda tuproqdagi doimiy fosforli o'g'itlar kontsentratsiyasini saqlab 
    qolish ulardan foydalanishning eng yaxshi shartidir. 

    Download 191.46 Kb.
      1   2




    Download 191.46 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “Yosh mutaxassislar” ilmiy – amaliy jurnali 2023-yil 3-son

    Download 191.46 Kb.
    Pdf ko'rish