1. Moliya / Investitsiyalar]




Download 0.63 Mb.
bet1/12
Sana29.05.2023
Hajmi0.63 Mb.
#66764
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
206 21.04.2022
kriptoamaliy12, darsxonalar, Farmasevtik tas-WPS Office12, 15 NARX HARAKATI STRATEGIYASI, dozmetrik kattaliklar, axborot, 9-mavzu, 64f32c30b016f, 2M- bir hujayralilarppt-compressed, 1697689463, 1d4aa6b6-b04c-48e4-a75b-4826a54e4828 (1), Genetikadan yangi masalalar, 2-topshiriq, Лабораторная работа №10



[OKOZ:

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablag‘ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.01.00 Investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi]

[TSZ:

1.Moliya / Investitsiyalar]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirish va davlat investitsiyalarini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmonining ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirish va amalga oshirishning shaffofligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Xalqaro valyuta jamg‘armasining Budjet masalalari bo‘yicha departamenti tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining davlat investitsiyalarini boshqarishni baholash to‘g‘risida” (PIMA) hisoboti tayyorlanganligi va hisobotda respublikamizda davlat investitsiyalarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha quyidagi tavsiyalar berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:
infratuzilma loyihalarini shakllantirishga qaratilgan tizimni yagona normativ-huquqiy hujjat orqali tartibga solish;
infratuzilma va ijtimoiy soha loyihalarini tanlab olishning aniq mezonlarini ishlab chiqish;
davlat resurslaridan moliyalashtirish uchun ko‘rib chiqilayotgan loyihalar portfelini shakllantirib borish;
davlat xususiy-sheriklik mexanizmlarini davlat budjeti va investitsiyalarini boshqarish tizimlari bilan integratsiyalash;
budjetdan mablag‘ olish va budjet tavakkalchiliklarini aniqlashni hisobga olgan holda, davlat xususiy-sheriklikni baholash bo‘yicha metodologiya ishlab chiqish;
davlat investitsiya loyihalarini boshqarish uchun avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish;
loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini talab darajasida nazorat va tahlil qilish.
2. Quyidagilar:
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirishning asosiy tamoyillari, loyihalar portfelini ishlab chiqish va tasdiqlash hamda dastur doirasida amalga oshiriladigan infratuzilma loyihalarining ochiqligini ta’minlash tartibini nazarda tutuvchi Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
shartnomalar tuzish tartibi va shartlari, tomonlarning majburiyatlari va javobgarligi, obyektlarning foydalanishga tayyor holda topshirish shartlari asosida qurilishini tashkil etish hamda obyektlar qurilishini moliyalashtirish tartibini nazarda tutuvchi Budjet tizimi budjetlari hisobidan kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
monitoring maqsadi va vazifalari, investitsiya davrida monitoring hamda investitsiyadan keyingi monitoring tartibini nazarda tutuvchi Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan obyektlar (loyihalar) amalga oshirilishini monitoring qilish to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi va “O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ bilan birgalikda:
2022-yil 1-iyunga qadar budjet tizimi budjetlarining kapital qo‘yilmalari hisobidan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlarining manzilli ro‘yxatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlashning maxsus avtomatlashtirilgan elektron tizimini yaratish va uni “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi bilan integratsiya qilish ishlarini yakunlasin;
2022-yil 1-iyulga qadar budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlarning manzilli ro‘yxatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlashning maxsus avtomatlashtirilgan elektron tizimi Davlat moliyasini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi bilan integratsiya qilinishini ta’minlasin;
2022-yil 1-avgustga qadar ishlab chiqilgan maxsus elektron tizimni tajriba tariqasida Toshkent shahar hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati IK” DUK orqali sinovdan o‘tkazsin;
2022-yil 15-avgustga qadar mazkur maxsus avtomatlashtirilgan elektron tizimning to‘liq ishga tushirilishini ta’minlasin.
4. Moliya vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Qurilish vazirligi, budjet tizimidagi budjet mablag‘laridan moliyalashtiriladigan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2022-yil 1-noyabrga qadar binolarni saqlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish uchun moliyaviy resurslarga bo‘lgan ehtiyojni hisoblash tartibini ishlab chiqsin;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda 2022-yil 1-dekabrga qadar budjet tashkilotlaridagi mavjud obyektlar, ularning joylashgan hududi, quvvati, balans qiymati va texnik holati, shuningdek, ularda amalga oshirilishi rejalashtirilgan qurish-ta’mirlash ishlarning muddatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni davlat mulki obyektlarining axborot tizimida yuritish tartibini joriy etsin.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)
5. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi:
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-sentabrga qadar loyihalar portfeliga kiritish taklif etilayotgan infratuzilma loyihasi bo‘yicha ma’lumotlarni “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimida shakllantirish hamda loyihalar portfelidan infratuzilma loyihalarini tanlash mezonlarini avtomatlashtirilgan tarzda baholash tartibini joriy qilsin;
davlat investitsiyalarini boshqarish tizimini, jumladan, mazkur qaror bilan tasdiqlangan nizomlar amaliyotga tatbiq etilishi natijasidan kelib chiqib, ularni yanada takomillashtirish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib borsin;
xalqaro moliya institutlari konsultantlarini jalb etgan holda davlat investitsiyalarini boshqarish tizimining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha doimiy ravishda o‘quv-seminarlar o‘tkazilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda 2022-yil 1-dekabrga qadar foydalanishga topshirilgan obyektlarni kafolat muddati davomida majburiy sug‘urtalash yoki tijorat banklari tomonidan kafolatlash tartibini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)
7. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 21-aprel,
206-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-apreldagi 206-son qaroriga
1-ILOVA
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini (keyingi o‘rinlarda — Dastur) shakllantirish tartibini belgilaydi.
Dastur respublika iqtisodiyotini barqaror va tadrijiy rivojlantirishga erishish, tabiiy, mineral xomashyo, moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish yo‘li bilan tarmoqlar va hududlarni tarkibiy o‘zgartirishning asosiy yo‘nalishlarini va strategik vazifalarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan hamda bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan chora-tadbirlar hisoblanadi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

Download 0.63 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 0.63 Mb.