xizmati tomonidan qamrab olingan muassasa va tashkilotlar boʻyicha xarajatlar smetasi, shtatlar
jadvallari va tarifikatsiya roʻyxatlari, ularni tuzish uchun tegishli koʻrsatkichlar oʻzgarishi
hisobiga kiritilgan va kiritilayotgan oʻzgartirishlarni, shuningdek,
xodimlarga amalga
oshirilayotgan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻgʻri toʻlab borilayotganligini
doimiy ravishda tahlil qilib boradi;
tegishli hudud boʻyicha Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tomonidan
qamrab olingan, respublika budjetidan moliyalashtiriladigan davlat maktabgacha taʼlim
tashkilotlarning homiladorlik va tugʻish nafaqalarini belgilangan muddatlarda jamlaydi,
qoʻshimcha talab etiladigan mablagʻlar boʻyicha tegishli hisob-kitoblarni tahlil qilib boradi va
jamlangan holda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga yuborishga tayyorlaydi;
Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tomonidan qamrab olingan,
respublika
budjetidan moliyalashtiriladigan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining birinchi va ikkinchi
guruhlar boʻyicha tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari tomonidan
yuborilgan shtatlar jadvalini qabul qiladi va jamlangan holda Maktabgacha va maktab taʼlimi
vazirligiga yuborishga tayyorlaydi;
Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tomonidan qamrab olingan, respublika
budjetidan moliyalashtiriladigan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining ish haqi toʻlovlari
boʻyicha tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari tomonidan yuborilgan
qoʻshimcha mablagʻ ajratish uchun buyurtmanomalarni qabul qiladi va jamlangan holda
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga yuborishga tayyorlaydi;
moliyaviy masalalarga oid oʻquv-treninglarda ishtirok etadi;
hududiy va respublika miqyosida seminarlar, kengash yigʻilishlari, oʻquvlar, anjumanlar va
boshqa
tadbirlarni tashkil qiladi, shuningdek boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan
shunga oʻxshash tadbirlarda ishtirok etadi
Davlat budjetidan ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli, samarali va oqilona foydalanish,
mablagʻlarning maqsadsiz sarflanishini nazorat qilish, moliyaviy xato va kamchiliklar kelib
chiqishi mumkin boʻlgan holatlarni oldini olish, budjet intizomiga rioya etishni tahlil qiladi;
tashkilot va muassasalar, korxonalar va fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqadi, ular
yuzasidan hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi;
“Yuridik va jismoniy shaxslarni murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan tartibda
fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarga javob xatlari tayyorlaydi va boʻlim boshligʻiga kiritadi;
lavozim majburiyatiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirilishi yuzasidan Moliya boʻlimi
boshligʻiga axborot kiritib boradi.