-bob. Bosh mutaxassisning lavozim majburiyatlari




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/322
Sana17.05.2024
Hajmi3,57 Mb.
#239820
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   322
Bog'liq
lavozim yoʻriqnomalari

2-bob. Bosh mutaxassisning lavozim majburiyatlari
3. Bosh mutaxassis quyidagilarni amalga oshiradi: 
ichki mehnat tartib qoidalariga rioya qiladi; 
moliyaviy-iqtisodiy masalalarga doir hududiy boshqarmaning qarorlari, buyruqlari va shu 
kabi boshqa hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi; 
Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab olingan muassasa va 
tashkilotlarning xarajatlar smetasi, shtatlar jadvallari va tarifikatsiya roʻyxatlariga kiritiladigan 
oʻzgartirish va qoʻshimchalarni tahlil qilib boradi; 
Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab olingan muassasa va 
tashkilotlarning xarajatlar smetasi, shtatlar jadvallari va tarifikatsiya roʻyxatlarini tuzish uchun 
tegishli boʻlgan koʻrsatkichlar oʻzgarishini tahlil qilib boradi; 
taqsimlangan Hududiy boshqarma, tasarrufidagi muassasa va tashkilotlar, shuningdek, 
Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab olingan muassasa va 
tashkilotlar boʻyicha ortiqcha rejalashtirilganligi aniqlangan mablagʻlar, shtat birliklari 
toʻldirilmaganligi, shuningdek, tarmoq, shtatlar va kontingentlar boʻyicha reja bajarilmaganligi 
natijasida boʻshab qoladigan mablagʻlarni chegirish boʻyicha doimiy tahlil qilib boradi, 
chegiriladigan mablagʻlar toʻgʻrisida Moliya boʻlimi boshligʻiga axborot kiritadi; 
moliyaviy xato va kamchiliklarni oldini olish maqsadida taqsimlangan Hududiy 
boshqarma, tasarrufidagi muassasa va tashkilotlar, Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya 
xizmati tomonidan qamrab olingan muassasa va tashkilotlar boʻyicha xarajatlar smetasi, shtatlar 
jadvallari va tarifikatsiya roʻyxatlari, ularni tuzish uchun tegishli koʻrsatkichlar oʻzgarishi 
hisobiga kiritilgan va kiritilayotgan oʻzgartirishlarni, shuningdek, xodimlarga amalga 
oshirilayotgan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻgʻri toʻlab borilayotganligini 
doimiy ravishda tahlil qilib boradi; 
tegishli hudud boʻyicha Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tomonidan 
qamrab olingan, respublika budjetidan moliyalashtiriladigan umumtaʼlim muassasalarining 
homiladorlik va tugʻish nafaqalarini belgilangan muddatlarda jamlaydi, qoʻshimcha talab 
etiladigan mablagʻlar boʻyicha tegishli hisob-kitoblarni tahlil qilib boradi va jamlangan holda 
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga yuborishga tayyorlaydi; 
Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tomonidan qamrab olingan, respublika 
budjetidan moliyalashtiriladigan taʼlim muassasalarning birinchi va ikkinchi guruhlar boʻyicha 
tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari tomonidan yuborilgan shtatlar 
jadvalini qabul qiladi va jamlangan holda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga yuborishga 
tayyorlaydi; 


Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tomonidan qamrab olingan, respublika 
budjetidan moliyalashtiriladigan umumtaʼlim muassasalarning birinchi va ikkinchi guruhlar 
boʻyicha tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari tomonidan yuborilgan 
xarajatlar smetalarini qabul qiladi va jamlangan holda Maktabgacha va maktab taʼlimi 
vazirligiga yuborishga tayyorlaydi; 
Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tomonidan qamrab olingan, respublika 
budjetidan moliyalashtiriladigan umumtaʼlim muassasalarining ish haqi toʻlovlari boʻyicha 
tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari tomonidan yuborilgan qoʻshimcha 
mablagʻ ajratish uchun buyurtmanomalarni qabul qiladi va jamlangan holda Maktabgacha va 
maktab taʼlimi vazirligiga yuborishga tayyorlaydi; 
Hududiy boshqarma tasarrufidagi tashkilot va muassasalarning budjetdan tashqari 
jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirilishini (daromadlarini oshirishni) tahlil qilib boradi hamda 
xarajatlarni optimallashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi; 
tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari va boshqa taʼlim 
muassasalarining kiritiladigan lavozimlar boʻyicha ish haqi toʻlovlari, ustama haq va boshqa 
qoʻshimcha toʻlovlar belgilanishi yuzasidan tushunmovchiliklar yuzaga kelgan holatlarda 
metodik yordam koʻrsatadi;
taqsimlangan Hududiy boshqarma, tasarrufidagi tashkilot va muassasalar, shuningdek, 
Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab olingan muassasa va 
tashkilotlar boʻyicha xarajatlar smetasida rejalashtirilgan mablagʻlarni oʻz vaqtida oʻzlashtirib 
borish holatlarini tahlil qiladi; 
moliyaviy masalalarga oid oʻquv-treninglarda ishtirok etadi; 
hududiy va respublika miqyosida seminarlar, kengash yigʻilishlari, oʻquvlar, anjumanlar 
va boshqa tadbirlarni tashkil qiladi, shuningdek boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan 
shunga oʻxshash tadbirlarda ishtirok etadi; 
Davlat budjetidan ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli, samarali va oqilona 
foydalanish, mablagʻlarning maqsadsiz sarflanishini nazorat qilish, moliyaviy xato va 
kamchiliklar kelib chiqishi mumkin boʻlgan holatlarni oldini olish, budjet intizomiga rioya 
etishni tahlil qiladi; 
tashkilot va muassasalar, korxonalar va fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqadi, ular 
yuzasidan hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi; 
“Yuridik va jismoniy shaxslarni murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan tartibda 
fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarga javob xatlari tayyorlaydi va boʻlim boshligʻiga kiritadi; 
lavozim majburiyatiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirilishi yuzasidan Moliya 
boʻlimi

Download 3,57 Mb.
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   322




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. Bosh mutaxassisning lavozim majburiyatlari

Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish