|
Oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish va psixologik xizmat Shoʻba si metodisti lavozim Pdf ko'rish
|
bet | 145/322 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 3,57 Mb. | | #239820 |
Bog'liq lavozim yoʻriqnomalari Oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish va psixologik xizmat Shoʻba si metodisti lavozim
yoʻriqnomasi
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi Oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish va psixologik xizmat
shoʻbasi metodisti
(bundan buyon matnda – metodist)ning lavozim majburiyatlari, huquqlari va
javobgarliklarini belgilab beradi.
2. Metodist Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri,
Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda
Hududiy boshqarma) boshligʻi buyrugʻiga koʻra lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod
etiladi.
Metodist bevosita boshliqqa boʻysunadi va oʻz faoliyatini boshqarma rahbariyati
tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida amalga oshiradi.
3. Metodist Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari
va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va
farmoyishlariga, vazirlikning hayʼati qarorlari, vazirning buyruqlariga hamda boshqarma
boshligʻi koʻrsatmalariga (bundan buyon matnda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va
Hukumati hamda vazirlikning hujjatlari) amal qilgan holda faoliyatini olib boradi.
2-bob. Metodistning majburiyatlari
4. Metodist quyidagilarni amalga oshiradi:
oʻz yoʻnalishi boʻyicha umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari bilan uzluksiz
kasbga yoʻnaltirish bilan bogʻliq (1-11-sinflar) psixologik-pedagogik tashxis va korreksion
ishlar boʻyicha tadbirlarni tashkil etish;
umumiy oʻrta taʼlim maktablarida oʻquvchilarni kasbga oʻrgatish jarayonlarini tashkil etish
va muvofiqlashtirish;
umumiy oʻrta taʼlim maktablari, professional taʼlim muassasalarida “Kasb va yoshlar”
ochiq muloqot oyligi va boshqa shu kabi tadbirlarni tashkil etish;
oʻquvchilar, pedagog xodimlar, ota-onalar bilan guruh yoki yakka shakldagi suhbatlar,
maslahatlar, seminar-treninglar tashkil etish;
turli xil yigʻilishlarda maʼruzalar bilan chiqishlar, shuningdek, ommaviy axborot
vositalari orqali kasbga yoʻnaltirish boʻyicha psixologik bilimlarni berib borish;
oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish boʻyicha konferensiyalar, forumlar, seminar-
treninglar, koʻrik-tanlovlar tashkil etish;
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati va oʻsish nuqtalariga muvofiq maktab
oʻquvchilari uchun ustuvor kasblarni belgilash hamda 10- va 11-sinf oʻquvchilarini ushbu
kasblarga oʻqitishni tashkil etilishini nazoratga olish;
oʻquvchi yoshlarni kasbga yoʻnaltirish masalalari boʻyicha bandlik xizmatlari,
professional taʼlim, sogʻliqni saqlash va madaniyat muassasalari, korxona va tashkilotlar,
ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro hamkorlik qilish.
5. Metodist quyidagilarni bajarishi shart:
ichki mehnat tartibi qoidalari, jamoa va mehnat shartnomalarining talablari va shartlari,
mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalari va meʼyorlariga amal qilishi;
Boshqarma boshligʻi buyruqlarida yuklatilgan tegishli topshiriqlarni oʻz vaqtida va sifatli
bajarishni taʼminlashi;
bajarilgan ishlar toʻgʻrisida Boshqarma boshligʻi oldida hisobot berishi.
|
| |