|
Referat Akmeologik treninglar
|
Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 58,29 Kb. | | #146812 | Turi | Referat |
Bog'liq Nozimova Dilaro\'z akmeologik treninglar
Nozimova Dilafro’z
Referat
Akmeologik treninglar
Akmeologik treninglar
Bugungi kunda hamma uchun umumiy qabul qilingan “trening” tushunchasi yo‘q, shuning uchun bo‘lsa kerak, pedagog-psixologlar amaliyotida uning ma’nosini anglatuvchi ko‘plab metod, shakl va uni tushuntirib beruvchi manba hamda vositalar kabi tushunchalar kelib chiqadi. Trening termini (ingliz tilidan kelib chiqqan bo‘lib, train, training) ko‘plab ma’nolarga ya’ni: «^qitmoq, tarbiyalamoq, (trenirovka) mashq qilmoq kabi ma’nolarga ega. Xuddi shunday ko‘p ma’nolilik treningning ilmiy talqiniga ham mos keladi. Trening insonlarda mavjud boMgan xulq-atvori va faoliyatini boshqamv modelini qayta dasturlash vositasidir. Trening, shuningdek, tashkilotni rejalashtirilgan faolligini oshirish uchun, kasbiy bilimlarini oshimvchi, ko‘nikmalarini yaxshilashga yo‘naltirilgan yoki tashkilotning maqsadli faoliyati talablariga mos keluvchi modifikatsiyasi va jamoatning ijtimoiy xulq-atvorini tuzatish uchun zamrdir. Psixologiya tarixida trening o ‘qitishning eng keng tarqalgan shakli faol ijtimoiy-psixologik treninglardir. L.A.Petrovskaya ijtimoiy pedagogik treningga ta’rif berar ekan, uni quyidagicha izohlaydi: «Trening - shaxslararo munosabatlardagi bilimlar, ijtimoiy ustanovkalar, ko‘nikma va tajribalami rivojlantirishga qaratilgandir», shuningdek «Muloqotda kompetentlikni rivojlantirish vositasi hamdir». G.A.Kovalev ijtimoiy-pedagogik treningni ijtimoiy-didaktik faol yo‘nalishdir deb hisoblaydi. B.D.Paibigin gumhiy maslahatlar metodlari haqida shunday deydi: Ulardan gumhiy maslahatlar, metodlarini faol o‘qitish uchun foydalaniladi. Hayotiy ko‘nikmalami, muloqotchanlik sohasida bilim berishni, kasbiy faoliyat sohasida maslahatlardan tortib to yangi ijtimoiy hayotdagi rollami, «Men» yo'nalishini korreksiya qilishni, o‘z-o‘ziga baho berish tizimini kuchayishini ta’minlaydi. K.Levin shogirdlarining omadli faoliyatlari natijasida AQShda treningning milliy laboratoriyasiga asos solindi. Bu laboratoriyada ko‘plab ko‘nikmaviy treninglar yaratildi va shu tariqa pedagogikpsixologik treninglar jahon amaliyotida keng tarqaldi.
Pedagogik treninglar quyidagi tamoyillarga asoslanadi: Faollik tamoyilL Bu tamoyil ko‘proq eksperimental psixologiya asosida quyidagi g‘oyaga bo‘ysunadi: inson eshitganlarining 10% ini, ko‘rganlarining 50% ini, aytib berganlarining 70% ini va nihoyat o‘zi qilganlarining 90% ini o‘zlashtiradi. Ijodiylik tamoyilL Bu tamoyilning asosiy mohiyati shundan iboratki, trening davomida ishtirokchilar guruhi psixologiyada aniq boMgan, kashf etib ulgurilgan g‘oyalar, qonuniyatlami topadilar, kashf qiladilar, eng asosiysi esa o‘zlarining shaxsiy resurslarini, imkoniyat va sifatlarini anglab yetadilar. Xulq-atvor ob’ektivlashishi (anglabyetilishi) tamoyilL Mashqlar davomida ishtirokchilar xulq-atvori impulsivlikdan ob’ektivlik darajasiga oMadi va trening davomida o‘zgarishlar kiritish imkonini beradi. Xulq-atvor ob’ektivligining universal vositasi sifatida 10 aks aloqa hisoblanadi. Guruhdagi aks aloqani yuzaga kelishini ta’minlash treneming mas’uliyatidir. Sheriklik (Sub’ekt-sub’ektlik) muloqoti tamoyilL Sheriklik yoki sub’ekt-sub’ektlik muloqoti boshqalar manfaati, ular hissiyotlari, his-tuyg‘ulari, qayg‘ulari, boshqa insonning shaxsiy qadrqimmati deb tan olinadi. Ushbuning qoMlanilishi guruhda ishonch, ochiqlik iqlimini yaratadi. Yuqoridagi tamoyillardan tashqari, treningning samarali bo‘lishi ma’lum bir jihatdan treneming o‘ziga xos prinsiplariga ham bog‘liqdir. Trener har doim trening o‘tkazishga kirishishdan aw al o‘ziga: «Men qanday maqsadga erishmoqchiman? Men nima uchun shu maqsadga erishmoqchiman? Men qanday vositalar bilan unga erishmoqchiman?» kabi savollarini berishi lozim. Bu savollarga javobni trenerga gumh bilan ishlash davomida diagnostik tadqiqotlar ochib beradi. Trener ish rejasining mundarijasi, guruhning rivojlanish va inoqlik darajasi, munosabatlar xarakteri, guruhdagi har bir ishtirokchining holati, uning o‘ziga va boshqalarga nisbatan munosabati, treningga nisbatan munosabati, treneming o‘zining munosabati kabilar diagnostika ob’ekti bo‘lib hisoblanadi. Topshiriqning amalga oshirilishida birinchi qadam metodik (qadam) qoMlanmaning to‘g‘ri tanlanishidir. Eng ko‘p qo‘llaniladigani, gumhiy diskussiyalar, rolli o‘yinlar, psixodramma va uning modifikatsiyasi hisoblanadi. Metodik qo’llanmalarning tanlanishi quyidagi omUlarga bog ‘liqdir:
Shu bois, akmeologiyaning predmeti individ, shaxs individual faoliyatining barcha sohalarida erishgan maksimal yetukligi bo‘lmog‘i lozim (A.A.Bodalyov, N.V.Kuzmina, A.A.Derkach va boshq)* 1, degan qat'iy konsepsiya yuzftga keldi. Maksimal yetuklik individ, shaxs rivojining cho‘qqisi va individual faoliyat bilan bog ‘liq ekan, demak and shu cho‘qqi yunonchada «akme» deyiladi va bu soha akmeologiya deb yuritiladi. Shu bilan birga, «akme»da insonning faoliyati bilan bog ‘liq holatlar ham nazarda tutiladi. Jumladan, shaxsning «yulduzli» onlari yoki shunga yaqin jarayonlar, y a ’ni biror-bir sohada crishgan oliy yutuqlari (N. VKuzmina). Zamonaviy ilm-fanda insoniy yuksakliklaming «akme» kategoriyasi bilan bog‘liq bir necha talqinlari mavjud. Jumladan, birinchi, «akme» — bu qisqagina hayot kesimini qamrab olsada, ko ‘p qirrali holat bo ‘lib, insonning har doim jamiyatda qanchalik o ‘z o ‘miga ega ekanligi, uning biror-bir soha mutaxassisi sifatida olib borayotgan salmoqli faoliyati, shaxs sifatida esa uni o ‘rab turnanlar bilan olib borgan ijtimoiy aloqasida qanchalik boy yoki qashshoqligi, turmush o'rtoq va ota-ona sifatida tayyorlik darajasi hilan bir qatorda yaxshi tomonga o ‘zgara olish darajasi va eng yashirin ezgu qobiliyatlarini ham k o ‘rsata olish darajasiga ham hogjiqdir2. Yunonlar, insonning nimagaki qodir bo ‘Isa, qobiliyati va imkoniyati qirralarini ko ‘rsatishga xizmat qiladigan barcha yetuklik hclgilari namoyon bo‘lgan umrining shu qismini «akme» deb ulaganlar. Akme — yunoncha («yuksalish», «cho‘qqi») kamolot, yuksalish, yetuklik ma 'nolarini anglatadi. Akmeolog mutaxassislar shaxsning yuksak professionalizmi va ijodiy mahorati niuammolarini oqilona yechishni muhim inson resurslaridan foydalanishda deb bilmoqdalar. Bu degani, ulami integrativ kompleks o ‘rganish muhimlik g ‘oyasini ilgari suradilar. Bizning flkrimizcha, faqatgina kasbiy yuksaklikka erishish g ‘oyasi bilan chegaralanish muammoning yechimiga olib kelishi mushkul. Yetakchi faylasuf olim Xatima Shayxova bu borada: «Akmeologiya — zamonaviy yangi fan. Uning muhim vazifasi muayyan kasb-korlikning yuksak pog‘onaga ko ‘tarilishidagi turli jihatlarini o ‘rganishdir. Akmeologiyaning mazmun-mohiyati — insonning har bir kasb-hunarni bilim orqali chuqur egallashi, uning jamiyat rivoji, millat ravnaqi, turmush farovonligi hamda ijtimoiy taraqqiyotning iqtisodiy, siyosiy, ma 'naviy-huquqiy jihatlariga ijobiy ta 'sirini kuchaytirishga xizmat qilishini chuqur anglashi, o ‘z ijodiy faoliyatini, kasb-hunar sohasidagi burch va mas'uliyatini ado etishga sarflash maqsadida mukammallik va kamolotga erishishni o ‘rganishdan iborat»l, deydi. Bizningcha esa, akmeologiya tabiiy, umumjamoa va insoniy qoidalar asosida nafaqat kasbiy mahoratning yuksak muvaffaqiyatga erishishi, balki insonning yetuklik bosqichida ham ruhan, ham ijtimoiy rivojlanish qonunlari va mexanizmlari, ijtimoiy, ruhiy yuksaklikka erishish darajalari fenomenologiyasini o‘rganish haqidagi fandir. Bunda biz Sharq allomalarining «komil inson», muhtaram Yurtboshimiz Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan «Barkamol inson» g ‘oyalarini akmeologiyaning obyekti «akmeshaxs» tushunchasi bilan bir qatorda tadqiq etgan holda, ushbu fanning fundamenti Markaziy Osiyo mutafakkirlarining qo ‘lyozmalarida o ‘z ifodasini topgan va bugungi kunda bizning mamlakatimizda keng foydalanilmoqda, desak, aslo adashmaymiz. Yuqoridagi xulosalardan kelib chiqqan holda, «akme» tushunchasini albatta yuksak cho‘qqi, avj nuqta, eng oliy hissiyotlar (A.Maslou), deyish mumkin. Akmeologiyadagi asosiy iboralardan biri «akmeologik moyillik» iborasi bo‘lib, ushbu tushuncha shaxsning intiluvchanlik xossasini anglatadi. Akmeshaxs — akmeologiyaning asosiy predmeti bo‘lib, uning mazmun-mohiyati — insonning har bir kasb-hunami ilm-bilim orqali chuqur egallashi, uning jamiyat rivoji, millat ravnaqi, turmush jarovonligi hamda ijtimoiy taraqqiyotning iqtisodiy, siyosiy, ma ’naviy-huquqiy jihatlariga ijobiy ta 'sirini kuchaytirishga xizmat qilishini chuqur anglashi, o ‘z ijodiy faoliyatini, kasb-hunar sohasidagi burch va mas'uliyatini ado etishga sarflash maqsadida mukammallik va kamolotga erishishi jihatlarini fanlar bilan uyg‘unlikda o ‘rganishdan iborat bo‘lib, u insonning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy dunyosida yuksakroq cho‘qqilarga, kasbiy kamolotda mukammallik bosqichiga erishish muammolarini o ‘rganadi1. Rivojlangan mamlakatlaming asosiy takomillashuv mexanizmi raqobat bo ‘lib, u insonni doimo yuksaklik, komillikka, barkamollikka undaydi. Bu jihat akmeologiyada milliylik va umuminsoniylikning o ‘zaro dialektik munosabatlarinimn shakllanishiga olib keladi. Akmeologiya inson kasbiy faoliyati doirasidagi professionallik va ijodiylikning akme shaklining rivojlanishi uchun zarur qonuniyatlami o ‘rganuvchi fan bo ‘Igani uchun «akmeologiya» atamasining mazmuni, mohiyati insonshunos olimlar tomonidan lurli bahs va munozaralami keltirib chiqarmoqda. Buning boisi, birinchidan, akmeologiya sohasida ilk davrlarda usosan pedagoglar, psixologlar tomonidan chop etilgan ilmiy asarlar, etika ixtisosligi bo ‘yicha olib borilgan tadqiqot ishlari fanning ii yoki bu jihatlarinigina qamrab olganligi sababli ayrim tushunmovchiliklami keltirib chiqardi. Izoh. Bugungi kungacha akmeologiya sohasida olib borilgan l;idqiqot ishlari shaxsning psixologik xaritasi, uning xarakter xuxusiyatlarini aniqlash hamda uning u yoki bu sohaga qiziqishini nlohida o‘rganishga qaratilgan. Ikkinchidan, akmeologiyaning tabiiy, umumjamoa va insoniy qoidalar asosida kasbiy mahoratning yuksak takomiliga erishishi, insonning yetuklik bosqichida rivojlanish qonunlari va mexanizmi liamda bundanda yuksakroq darajalami egallash fenomenologiyasini o ‘rganishi, y a ’ni biron kasbga, sohaga astoydil mehr qoyib, hilim va tajribaga tayanib, maqsad sari intilib yashashini bildirishi hamda akmeologiyadagi asosiy iboralardan biri «akmeologik moyillik
iborasi ekanligining fanlar integratsiyasi kesimida kompleks o ‘rganilmaganligidadir. Shu bois ham fikrimizcha, akmeologiyani faqat shaxs kasbiy faoliyatining psixologik va pedagogik jihatlarini tadqiq etish inson resurslarining barcha imkoniyatlarini kompleks tarzda o ‘rganish yo'lida yetarli emasligini alohida qayd etish maqsadga muvofiq, deb o ‘ylaymiz. Umuman olganda, hozirgi globallashuv davrida jamiyatimiz o ‘zining yuksak rivojlanish nuqtasi, fuqarolik jamiyatini barpo etishga yaqinlashmoqda. Bu esa ayni paytda akmeologiyaning asosiy kategoriyalaridan mukammallik, yuksaklik, oliy daraja kabi tushunchalar kundalik turmushda ishlatilib kelingan bo‘lsa-da, ijtimoiy-falsafly va axloqiy nuqtayi nazardan maxsus ilmiytadqiqot sifatida to ‘la o ‘rganilmagan. «Akmeologiya», agar ularni hududga moslashtirilsa, insonshunoslikdagi barcha tajribalardan o ‘zining yuqori samaradorligi va ta ’lim berishdagi ayrim qulayliklari bilan ajralib, o ‘quv jarayonining sifatini pedagogik mahoratdan ozod qiladi va ta ’lim-tarbiya jarayonining faqat yaxshi va a ’lo darajada bo ‘lishligini kafolatlashi bilan birga, uni qaytadan tiklash imkonini beradi. Akmeologiya quyidagi tamoyiJlardan kelib chiqadi. Birinchisi, mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo qilishda barkamol avlod tarbiyasi katta ahamiyat kasb etadi. Kelajagimiz poydevori bo'lgan yoshlarni tarbiyalashda sog‘lom ijtimoiy-axloqiy muhitni yaratish, ta’limtarbiya tizimini tubdan isloh qilish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tiklash va e’zozlash, axloqan pok, intellektual yetuk, yuksak professional mutaxassis, ilg‘or fikrli, salohiyatli, bilimli, jahon standartlariga javob beradigan yuksak g‘oyali kadrlami tayyorlash hozirgi paytda ustuvor vazifalardan bo‘lmog‘i lozim. Ikkinchisi, zamonaviy tafakkur rivojida akmeshaxs qiyofasiga axloqiy munosabat zarur. Zero, yurt ravnaqi, millat rivoji, barqarorligini akmeshaxslarsiz tasawur qilib bo‘lmaydi. Demak, 0 ‘zbekistonda barkamol avlod tarbiyasida jismoniy, aqhy, ma’- naviy jihatlar kabi uch asosiy jihatga e’tibor berish o‘ta muhim va dolzarb masala bo‘lib, ijtimoiy jarayonlaming faol kechishida muhim omillardan hisoblanar ekan, shaxsning intellektual boy, yuksak m a’naviyatli akmeshaxs bo‘lib yetishishi «vaqt o‘zagi» elagidan o‘tgan ma’naviy merosga bog‘liqligi yoshlar ongiga singdirib borilishi lozim. Uchinchisi, respublikamizda yangilanish va taraqqiyot jadal clavom etayotgan bir davrda jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar bilan bir qatorda yoshlar muammosini respublika oldidagi umumiy vazifalardan ayri holda ko‘rib chiqish mumkin emas. Shu bois, yoshlar shaxsining shakllanishi, kamol topishi muammosini o‘rganishda akmeologik bilimlardan foydalanish usuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmog‘i lozim. Umuman olganda, B.G.Ananyevning fikriga ko‘ra, «lnsonning ruhiy bilish rivoji markazida dastlabki va so‘nggi ontogenez, «chetroqda» esa insonning ko‘proq ijodiyroq, samaraliroq ijtimoiy-faol hayot fazasi bo‘lishi mumkin»*. Va bulaming barchasi, shaxsning individual-ruhiy rivoji haqidagi yagona ilmiy-nazariy g‘oyaning maxsus fundamental ishlab ehiqarilgan, o‘smirlik va yetuklikning yosh psixologiyasi qismisiz mavjud bo‘la olmaydi. Shu bois, akmeologiyaning predmeti individ, shaxs individual faoliyatining barcha sohalarida erishgan maksimal yetukligi bo‘lmog‘i lozim.
Yetuklik holati insonda kutilmaganda va birdaniga paydo bo ‘Imaydi. Unga va uning qandayligi uchun insonni barcha o ‘ychan hayoti «ishlab beradi», faqat tabiatdan berilgani uchun emas, balki insonni yetuklik bosqichiga qanday jismoniy mustahkamlik zaxirasi bilan yaqinlashuvi ko ‘proq yashab o ‘tilgan turmush tarzi bilan bog ‘liq bo ‘ladi. Ushbu bosqichdan turib inson cho‘qqiga chiqish va tushib ketishlarini, qanchadan-qancha kechinmalarni boshidan o ‘tkazishini unutish kerak emas. Bu uning sihat-salomatligi, shaxs sifatida va o ‘zini turli faoliyatlarda ifodalashiga ham bog‘liq. Inson yetukligining qandaydir vaqt kesmasiga to‘g ‘ri keladigan rivojlanishining eng yuqori darajasi, uning cho‘qqisi «akme»ning o ‘zginasidir. 1. Uning akmeologiya erishuvidagi faoliyatining natijalari bundan dalolat beradi. 2. Uning qay darajada mazmunan k o ‘p qirraligi, boy ijtimoiy buyukligi, tashabbuskor va originalligi. 3. Ushbu professional cho‘qqining qaysi balandligini egallaganligidan dalolat beradi. Albatta, insonning akmesiga ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ijtimoiy-psixologik vaziyatlar orqali hayot yo ‘lining xususiyatlari ham bog‘liq bojadi, ko ‘tarilgan yetuklik bosqichiga u ko ‘p jihatdan uning akmesining miqdor-sifat ko ‘rsatkichlari, qanday qilib dunyoqarashi tashkil topganligi, umumiy va maxsus intellektining shakllangani, axloqli yadrosi tuzilganligi va ijodkorlik qohiliyatlarining rivoj topganligi bilan belgilanadi. Insonlar noxush holatlarga qarshi turishlari va ularga qaramasdan o ‘z. fikrlarini amalga oshirishlari bilan bir-birlaridan farqlanadilar. Ulaming akmelari paydo bo ‘lishini konkret sharoitlarini hisobga olib baholash, har doim individ, shaxs, faoliyat subyekti sifatida nimaga qodir ekanligini ko ‘rsatadi. Aytib o‘tilganlar akmeologiya yechadigan vazifalaming quyidagi guruhini ochib beradi. Unga shaxs akmesining miqdor-sifat tavsiflni belgilaydigan omillarning harakatini kuzatish, turli insonlardagi umumiyhk va farqlami ilmiy yoritish kabi masalalar kiradi. Yuqoridagi masalaning birinchisi inson tomonidan to‘laqonli akmega erishishda va haqiqatan sodir bo‘lishda qonuniyatlar va mexanizmlar ochib berishning muhimligini anglatadi. Inson yadrosining qanday qadriyatli yo ‘nalishlar va munosabatlar tashkil etishi hamda qanday qobiliyatlari va bilim, o ‘quv, k o ‘nikmalarining qanday zaxirasi katta bo‘Iganda uning faoliyat subyekti sifatida tavsiflab berilishiga ham bogliqdir. Akmeologiya makro, mezo, mikromuhitlar (davlat, jamiyat ta'lim va mehnat tamoyillari, oila va boshqalar bilan) hamda tashqi sharoitlarning insonga ta 'sirining mexanizmlari va natijalarini qadamma-qadam kuzatib boradi. Akmeologiya inson rivojida o ‘tadigan eng muhim bosqichning xususiyatlarini har tomonlama yoritib beradi. Yetuklikning induvidual kartinasining turli omillari, o ‘ziga xos harakatini tushuntirar ekan, insonlardagi o ‘xshashliklar va farqlanishlarni ham belgilaydi. Yetuklik bosqichida insonning individ, shaxsiy, subyektiv xususiyatlarining paydo bo ‘lishi darajasini oddiy va mo ‘tadil deb bo ‘lmaydi. Ushbu akmeologik jarayonda «jismoniy», «ruhiy», «intellektual» xususiyatlaming o ‘zaro ta ’sirini kuzatish muhim ahamiyat kasb etadi. Insonning ontogenezidagi rivojlanish xususidagi fanning bir bo ‘lagini ilmiy jamoatchilik «akme» termini bilan bog'laydi. Yetuklik yoshidagi inson taraqqiyotini kompleks o ‘rganadigan fan esa akmeologiya deb ataladi. 0 ‘tmishdagi uzoq tarixiy madaniyatimizga nazar tashlar ekanmiz, o‘zbek xalqi insoniyatning ajralmas bir qismi ekanini, ushbu zaminda ko‘plab allomalar yetishib, bu allomalarimizning ilmiy asarlarini tadqiq etar ekanmiz, ular akmeologiya tushuncha yaqin iboralami qo‘llaganlarining guvohi bo’lamiz.
Ayrim tadqiqotchilar shaxsni fuqaro, umr yo‘ldoshi, ota-ona va ma'lum konkret sohaning mutaxassisi sifatida shakllanganiga qarab «katta yoshdagi»lik tushunchasini «yetuklik» tushunchasining sinonimi sifatida tahlil etadilar. Bu esa, turli tarmoq olimlarining ilmiy munozaralariga sabab bo‘lmoqda. Avstriyalik shifokor Frans Iosif Gayll (1758—1828) inson xarakteri va uning intellektual qobihyatlarini bosh suyak chanog‘i (frenos)dagi bo‘rtiqlar va botiqlar joylashuvi hamda turmush tarzining kechishi bilan chambarchas bog‘liq, deb hisoblaydi1. Olhnning fikriga ko‘ra, insonning ilk yoshlik davrida mavjud frenologik xarita turmush tarzi ta’sirida o‘zgarishi mumkin2. Buni quyidagi 2-slayddagi suratdan ko‘rib, olimning g‘oyasini qo‘llab-quwatlash mumkin. Pedagog kompyuterdan inson xarakteri va uning inteUektual qobUiyatlarining turmush tarzining kechishi bilan chambarchas bog‘liqligi haqidagi Frans Iosif GayU nazariyasini PowerPoint slaydi ko‘rinishida namoyish etadi. Endi biroz yozamiz. Akmeologiyada yetuklik tmhunchasi ko‘plab obyektiv va subyektiv jarayonlar va holatlaming o ‘zaro murakkab aloqadorlik natijasi bolib, insonning shaxsiy hayoti, ijodkorligi, ishbilarmonlik qobiliyati, novatorlik xususiyatlarini ham qamrab oladi. Akmeshaxsning yetuklik darajasi, mohiyati tabiiy, ijtimoiy, gumanitar va texnikaviy fanlar bilan yaqin aloqadorlikda kompleks ochib beriladi.
Umuman olganda, hozirgi globallashuv davrida jamiyatimiz o ‘zining yuksak rivojlanish nuqtasi, fuqarolik jamiyatini barpo etishga yaqinlashmoqda. Bu esa ayni paytda akmeologiyaning asosiy kategoriyalaridan mukammallik, yuksaklik, oliy daraja kabi tushunchalar kundalik turmushda ishlatilib kelingan bo‘lsa-da, ijtimoiy-falsafiy va axloqiy nuqtayi nazardan maxsus ilmiytadqiqot sifatida to‘la o ‘rganilmagan. Xulosa o ‘rnida shuni e'tirof etish lozimki, insoniyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida yuksaklik va mukammallikka intilish kishini sog ‘lom turmush tarzi yojaklaridan o ‘tishga undaydi. Zero, sog‘lom turmush tarzi muvaffaqiyatlar va yutuqlar asnosida maydonga keladi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, akmeologiyaning asosiy mazmun-mohiyati — insonning har bir kasb-hunarni ilm-bilim orqali chuqur egallashi, uning jamiyat rivoji, millat ravnaqi, turmush farovonligi hamda ijtimoiy taraqqiyotning iqtisodiy, siyosiy, m a’naviy-huquqiy jihatlariga ijobiy ta’sirini kuchaytirishga xizmat qilishini chuqur anglashi, o’z ijodiy faoliyatini, kasb-hunar sohasidagi burch va mas’uliyatini ado etishga kutubxonasi sarflash maqsadida mukammallik va kamolotga erishish jihatlarini fanlar hilan uyg‘unlikda o‘rganishdan iborat bo‘lib, u insonning ijtimoiy-iqtisodiy, m a’naviy dunyosida yuksakroq cho‘qqilarga, kasbiy kamolotda mukammallik bosqichiga erishish muammolarini 0 ‘rganadi1, deya olamiz. Akmeolog mutaxassislar shaxsning yuksak professionalizmi va ijodiy mahorati muammolarining oqilona yechimini muhim inson resurslaridan foydalanishda deb bilmoqdalar. Bu degani, ular integrativ-kompleks o ‘rganish muhimlik g ‘oyasini ilgari suradilar2. Bizjiing fikrimizcha, faqatgina kasbiy yuksaklikka erishish g ‘oyasi bilan chegaralanish muammoning yechimiga olib kelishi mushkul. Akademik B.G.Ananyevning ilmiy maktabida inson ontogenezida uning taraqqiyotini belgilovchi vositalami yoritishda kompleks yondashuv qo ‘llaniladi. Shunga ko ‘ra bir yosh darajasidan ikkinchisiga o ‘tishda inson mhiyati va ichki dunyosida sodir bo‘layotgan o ‘zgarishlami kuzatganda ushbu o ‘zgarishlaming sabablarini chuqurroq tushuntirish uchun nafaqat psixologiya, balki ma 'naviyat, axloq, falsafa, pedagogika, fiziologiya, anatomiya kabi fanlar bilan bir qatorda, iqtisod, siyosat, huquq, sotsiologiya kabi fanlami kompleks qo’llash maqsadga muvofiq bo ‘ladi.
Foydalanilgan manbalar:
1.Http\\ziyouz.com
2.Azkurs.org
3.G.Tillayevaning “Akmeologiya asoslari” kitobi .
4.Wikipedia.uz
5.Akmeologik treninglar
|
| |