|
-bob. Bosh metodistning huquqlari Pdf ko'rish
|
bet | 140/322 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 3,57 Mb. | | #239820 |
Bog'liq lavozim yoʻriqnomalari3-bob. Bosh metodistning huquqlari
6. Bosh metodist quyidagi huquqlarga ega:
Oʻziga belgilangan vazifa va funksiyalarini bajarish uchun zarur boʻlgan maʼlumotni
Boshqarmaning tegishli boʻlimlari va hududiy idoraviy mansub tashkilotlaridan belgilangan
tartibda soʻrab oladi va ular bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Oʻziga yuklatilgan vazifalar yuzasidan maktabdan tashqari taʼlimni rivojlantirish boʻyicha
takliflarni Boshqarma boshligʻiga kiritadi;
oʼz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha metodik materiallar va tavsiyalar ishlab
chiqadi;
oʻz vakolati doirasida “Barkamol avlod” bolala maktablari, “Bolalar kutubxonalari” va
taʼlim muassasalari faoliyatini belgilangan tartibda oʻrganadi va ularga amaliy-metodik
yordamlar koʻrsatadi;
zarur hollarda Boshqarma mablagʻlari hisobidan malaka oshirish kurslarida tahsil oladi,
chet tillarini oʻrganadi;
Bosh metodist qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarni amalga oshiradi.
4-bob. Bosh metodistning javobgarligi
7. Metodist quyidagilar uchun javobgar:
zimmasiga yuklangan lavozim vazifalarining toʻlaqonli bajarilishi;
foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy
texnikadan oqilona foydalanilishi hamda ularni but saqlanishi va oʻzi ish olib boradigan xonada
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishi;
yurituvidagi hujjatlarni belgilangan tartibda saqlanishi;
jamoa va mehnat shartnomalari shartlariga hamda ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza
qilish, xavfsizlik texnikasi, odob-axloq va korrupsiyaga qarshi kurashish qoidalari talablariga
rioya etish;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va
maxfiy axborotlar bilan ishlashda belgilangan talablarga rioya qilish, foydalanilishi cheklangan
maʼlumotlarni oshkor qilmaslik, Boshqarmaning obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin
boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik.
|
| |