Oʻziga yuklatilgan vazifalar yuzasidan maktabdan tashqari taʼlimni rivojlantirish
boʻyicha takliflarni Boshqarma boshligʻiga kiritadi;
oʼz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha metodik materiallar
va tavsiyalar ishlab
chiqadi;
oʻz vakolati doirasida “Barkamol avlod” bolala maktablari, “Bolalar kutubxonalari” va
taʼlim muassasalari faoliyatini belgilangan tartibda oʻrganadi
va ularga amaliy-metodik
yordamlar koʻrsatadi;
zarur hollarda Boshqarma mablagʻlari hisobidan malaka oshirish kurslarida tahsil oladi,
chet tillarini oʻrganadi;
Metodist qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarni amalga oshiradi.
4-bob. Metodistning javobgarligi
7. Metodist quyidagilar uchun javobgar:
zimmasiga yuklangan lavozim vazifalarining toʻlaqonli bajarilishi;
foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel,
xona jihozlari, tashkiliy va maishiy
texnikadan oqilona foydalanilishi hamda ularni but saqlanishi va oʻzi ish olib boradigan xonada
yongʻin xavfsizligi
talablariga rioya qilinishi;
yurituvidagi hujjatlarni belgilangan tartibda saqlanishi;
jamoa va mehnat shartnomalari shartlariga
hamda ichki mehnat tartibi, mehnatni
muhofaza qilish,
xavfsizlik texnikasi, odob-axloq va korrupsiyaga qarshi kurashish qoidalari
talablariga rioya etish;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va
maxfiy axborotlar bilan ishlashda belgilangan
talablarga rioya qilish, foydalanilishi cheklangan
maʼlumotlarni
oshkor qilmaslik, Boshqarmaning obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin
boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik.