Taʼlim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha Shoʻbasi
metodistining lavozim
Yoʻriqnomasi
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi Taʼlim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarni
muvofiqlashtirish Shoʻbasi metodisti (keyingi oʻrinlarda – metodist) ning boshqa topshiriqlarini
oʻz vaqtida va sifatli ijro etadi.
2. Metodist Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasining (bundan buyon matnda –
Boshqarma boshligʻi) buyrugʻiga koʻra lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
3. Metodist Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari,
qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari
va farmoyishlariga, vazirlikning hayʼati qarorlari, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirning
buyruq va farmoyishlariga hamda Boshqarma boshligʻi koʻrsatmalari (bundan buyon matnda —
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hamda vazirlikning hujjatlari), Boshqarma
Nizomiga hamda mazkur yoʻriqnomaga amal qilgan holda faoliyatini olib boradi.