umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarining Bolalar musiqa va sanʼat maktablariga jalb
qilinishini monitoring qiladi va muvofiqlashtiradi;
oʻziga tegishli boʻlgan yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun
Boshqarma boshligʻiga kiritadi;
jamoa va mehnat shartnomalari shartlariga hamda ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza
qilish, xavfsizlik texnikasi, odob-axloq va korrupsiyaga qarshi kurashish qoidalari talablariga
rioya etadi;
Boshqarmaning obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni
tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda
qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qiladi;
faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning, murojaatlarini
oʻz vaqtida koʻrib chiqadi, sayyor qabullar tashkil etadi;
murojaatlarda koʻtarilgan dolzarb masalalarni hal etish boʻyicha Boshqarma boshligʻiga
tegishli takliflar kiritadi;
Metodistga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.
5. qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.