3-bob. Bosh mutaxassisining huquqlari
9. Shoʻba boshligʻi quyidagi huquqlarga ega:
xususiy sherikdan har chorakda bitim shartlarini bajarish jarayoni toʻgʻrisida hisobot
olishga davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim talablariga va shartlarini bajarish jarayoni
ustidan monitoring oʻtkazishga va davlat-xususiy sheriklik loyihalarining samaradorlik
koʻrsatgichlarini baholashga;
davlat-xususiy sheriklik obyektda xususiy sherik aybi bilan yuzaga kelgan zararlar
qoplanishini talab qilishga;
Shoʻba boshligʻi yoʻlga qoʻyish siyosatini takomillashtirishga doir takliflarni,
Boshqarma faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha normativ hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish
uchun Boshqarma boshligʻiga kiritadi.
oʻz vakolatlari doirasida maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi faoliyati bilan bogʻliq
material va hujjatlar bilan tanishish;
xizmat majburiyatlari doirasida xizmat aloqasi, davlatlararo va shaharlararo aloqa,
elektron pochta, internet tarmogʻidan bepul foydalanish;
taʼlimni rivojlantirish sohasida huquqiy va meʼyoriy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish
uchun zarur boʻlgan maʼlumot, hujjat va materiallarni belgilangan tartibda olish;
Boshqarma mablagʻlari hisobidan malaka oshirish kurslarida va oʻquv seminarlarda
ishtirok etish;
chet tillarini oʻrganish;
Boshqarma vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha tashkil etiladigan yigʻilish, majlis
va seminarlarda ishtirok etish.
Shoʻba boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, Oʻzbekiston
Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Nizomi hamda Boshqarmaning
Nizomiga zid boʻlmagan boshqa huquqlarga ega.
4-bob. Bosh mutaxassisining javobgarligi
10. Shoʻba boshligʻi quyidagilar uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka
tortiladi:
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik va meʼyoriy hujjatlari talablarini buzish,
Vazirlikning buyruq va farmoyishlarini bajarmaslik;
mazkur Yoʻriqnomada bayon etilgan oʻz lavozim majburiyatlarini bajarmaslik;
Boshqarma boshligʻiga oʻz vaqtida hisobot, maʼlumot, hujjatlar va materiallarni taqdim
etmaslik;
mehnat shartnomasi, mehnat intizomi va ichki mehnat tartibi shartlarini bajarmaslik;
oʻz lavozim majburiyatlariga sovuqqonlik bilan yondashish, xizmat va lavozim
vakolatlarini shaxsiy maqsadlarda suiisteʼmol qilish;
tarkibida davlat yoki tijorat maxfiyligiga ega maʼlumot, hujjat va materiallarni hamda
boshqarma obroʻsi va nomiga salbiy taʼsir etishi mumkin boʻlgan axborotlarni tarqatish;
texnika xavfsizligi, mehnat muhofazasi, yongʻin xavfsizligi va sanitariya qoidalariga
amal qilmaslik;
ish vaqtidan unumli foydalanmaslik;
moddiy boyliklarni but-butun saqlamaslik;
|