I bob. Psixologik xizmat xonasining asosiy vazifalari Psixologik xizmat xonasiga qoʻyiladigan talablar




Download 169.75 Kb.
bet1/2
Sana10.11.2023
Hajmi169.75 Kb.
#96985
  1   2
Bog'liq
I bob psixologik xizmat xonasining asosiy vazifalari
И. Убайдуллаев. ГЕОИҚТИСОДИЙ ТАФАККУР..., Imom G\'azzoliy Ihyou ulumid din, Саудия Арабистони қироли ўзбек дипломати қатл этилгани учун СССР билан алоқаларни узган эдими, Толибон, МАДАНИЯТШУНОСЛИК (ДАРСЛИК ). doc, Олмония, Тилла, Bildirish (2), Kompyuterning fizik asoslari-fayllar.org, 1231321313123

I BOB. Psixologik xizmat xonasining asosiy vazifalari

    1. Psixologik xizmat xonasiga qoʻyiladigan talablar

Oʻquvchilar, oʻqituvchilar va ota-onalarga psixologik maslahat berish, psixologik tashxis, psixologik korreksiyaga oid tadbirlarni oʻtkazish, tarbiya va axloq masalalarida oʻqituvchilar va murabbiylar bilan hamkorlikda kechalar, davra suhbatlari, koʻrik – tanlovlar, korreksion-rivojlantiruvchi mashgʻulotlar, psixologik treninglar va oʻquvchilar orasida tushuntirish ishlarini tashkil etish, shaxs va jamoaga faol ruhiy taʼsir oʻtkazishga oid ruhiy muvozanatlashtirish treninglarini olib borish, oʻquvchilarning layoqati, qiziqishi va qobiliyatlarini tashxis qilish hamda ularning qobiliyatlariga mos kasb-hunarlarni ongli tanlashlariga koʻmaklashish uchun qulay sharoit yaratish.
Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida psixologik xizmat xonasining tashkil etilishi, oʻquvchilarning individual-psixologik xususiyatlarini oʻrganish bilan shaxsning har tomonlama kamol topishi, maʼnaviy hamda aqliy rivojlanishi, oʻzligini anglashi va qobiliyatlarini namoyon etishlari uchun tegishli sharoitlar yaratishga imkon beradi.
Psixologik xizmat xonasining faoliyatiga quyidagi yoʻnalishlar doirasida talablar qoʻyiladi.
1. Pedagogik talablar.
2. Psixologik-fiziologik talablar.
3. Texnika xavfsizligi va gigiyenik talablar.
4. Estetik talablar.
Pedagogik talablar
Psixologik xizmat xonasida korreksion-rivojlantiruvchi mashgʻulotlar, psixologik tashxis, psixotreninglar, individual suhbat, psixologik maslahatlar bilan bir qatorda turli psixologik oʻquvlar oʻtkaziladi, psixologik va kasb-hunarga yoʻnaltiruvchi bilimlar beriladi. Yuqoridagi vazifalardan kelib chiqib, psixologik xizmat xonasining jihozlanishida pedagogik muhit yaratish, shaxsning ruhiyatiga xonaning ijobiy pedagogik taʼsir oʻtkazishi inobatga olinib, u barcha pedagogik mezonlar va meʼyorlarga mos kelishi kerak.
Psixologik-fiziologik talablar
Psixologik xizmat xonasini jihozlashda xonaning taʼmirlanishi, jihozlari va materiallarining barchasi psixologik-fiziologik qonuniyatlarga amal qilingan, qoʻllashda qulay boʻlishi, ulardan foydalanganda oʻqituvchi va oʻquvchilarda qanoatlanish hissiyotlarini uygʻotishi nazarda tutiladi.
Texnika xavfsizligi va gigenik talablar
Xonaga oʻrnatilgan barcha elektrotexnika jihozlari, jumladan, shaxsiy kompyuterning elektr tarmoqlariga ulanishi texnika xavfsizligi qoidalariga javob berishi kerak;
psixologik xizmat xonasini yoritgichlar bilan taʼminlashda ularning zamonaviyligiga, butun xonani meʼyorida yoritishiga va xavfsizligiga eʼtibor qaratiladi;
psixologik trening mashgʻulotlari, psixologik tashxis qilish va individual suhbat oʻtkazish jarayonlarida texnika vositalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga toʻliq rioya qilinishi lozim.
Estetik talablar
Psixologik xizmat xonasidagi jihozlar, axborot beruvchi vosita va materiallarning umumiy koʻrinishi estetik talablarga mos kelishi, did bilan jihozlanishi hamda ularning zamonaviy boʻlishiga eʼtibor qaratilishi, bu oʻquvchilarning goʻzallikka boʻlgan ijobiy intilishini tarbiyalashiga ahamiyat berilishi lozim.


Download 169.75 Kb.
  1   2




Download 169.75 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I bob. Psixologik xizmat xonasining asosiy vazifalari Psixologik xizmat xonasiga qoʻyiladigan talablar

Download 169.75 Kb.