Tadbirnomasi




Download 77 Kb.
bet1/2
Sana12.06.2021
Hajmi77 Kb.
#14965
  1   2

44-umumiy o’rta ta’lim maktabida 2016-yil 30-sentabr kuni

9A-sinf o’quvchilari hamda maktabning KYIH bilan hamkorlikda 1-oktabr “Oqituvchi va murabbiylar “ kuni munosabati bilan

“Bayramingiz muborak aziz ustozlar!”mavzusida o’tkaziladigan
TADBIRNOMASI

Tadbirni o’tkazishdan maqsad: Ustozlarni ulug’lash,ularni hayot bostonining bog’boni,avlodlar yo’lining charog’boni ekanliklarini yanada qadirlashdir.

Tadbir o’tkaziladigan zalning sahnasi yoki foye bayram ruhiga mos tarzda bezatiladi.

Tantanaga taklif qilingan mehmonlar hurmat ehtirom bilan karnay sunray sadolari ostida kutib olinadi.Mehmonlar minnatdorlik shu bilan birga,hech qanday boylik bilan o’lchab ado qilib bo’lmaydigan qarzdorlik xissi paydo boladi.

Xalqimizning bir naqlida; ’’Odamlarga bir yil yaxshilik qilmoqchi bo’lsang bug’doy ek,o’n yil yaxshilik qilmoqchi bo’sang,bog’ qil,umr bo’yi yaxshilik qilmoqchi bo’lsang,o’qituvchilik qil’’

deyilgani bejiz emas.Zero o’qituvchilik dunyodagi eng oliyjanob mashaqqatki kasblardan biridir.

Shu bois prezidentimiz farmoniga binoan 1997-yildan buyon yurtimizda 1-oktabr –O’qituvchilar va murabbiylar kuni umumxalq bayrami keng nishonlanadi.

Mustaqillik yillarida zamonaviy pedagogic texnologiyalar asosida ta’lim-tarbiya berish, mashg’ulotlarga puxta hozirlik ko’rib o’z ustida ishlash uchun o’ituvchilarga barcha shart-sharoitlar yaratildi. Keyin tabrik uchun so’z maktabimizning o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari R.Sadullayevaga berildi.

Boshlovchi; Darhaqiqat-ustoz buyuk zot. Zero,Abu-Nasr Farobiy,Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi allomalar ham ilm olamidagi ilk qadamlarini,ustoz ko’magida tashlagan, O’qituvchi-mash’al,o’zi yonib ,o’zgalar yo’lini yoritishga umrini bag’ishlagan inson.

Endi navbat Po’lat Mo’min so’zi,xalq kuyi asosida yaratilgan “Ustozlar ” qo’shig’iga marhamat ! …

Boshlovchi; Aziz ustozlar,sizni e’zozlagan shoir,tariflamagan shogird bo’lmasa kerak.Sizni yulduzlarga qiyos etgim keladi.Negaki,yulduz qorong’u kechani yoritsa,siz chuqur bilimingiz bilan shogirtlar qalbini yiritasiz.Fursatdan foydalanib,barchangizni 1-oktabr-O’qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami bilan chin dildan tabriklaymiz!Ta’lim tizimidagi yangiliklarni o’quv jarayoniga izchil tadbiq etish hamda yosh avlodni Vatanga muhabbat xalqqa sadoqat ruxida tarbiyalashdagi sermashaqqat va sharafli kasbingizda omad va hamda zafarlar tilaymiz!

Ta’lim bergan ustozi yashagan uy oldidan

Shogirdi podsho bo’sa ham tushib o’tar otidan.

Bunday ibrat topilmas tarixlar bisotidan,

Ey millat muallimi,zaki va donishmand zot,

Sizdan drs olib o’sar ozod va erkin avlod.

Keyin ustozlarga bag’ishlangan kichkina sahna ko’rinishi namoyishetiladi.

Shundan so’ng tadbir yanada qiziqarli bo’lishi uchun tadbir ishtirokchilariga tarqatma xazil savollari,hamda maqollarni davom qildirishdek topshiriqlar berilib sovg’alar bilan tagdirlanadilar.

Keyin navbat sho’x kuy va musiqaga berildi.

Boshlovchi: Shu yerda muhtarama Prezidentimizning ustozlar haqidagi gaplarini aytib o’tmoqchiman:”Ustozlar-aziz yurtning eng aziz,eng ulug’ va mo’tabar kishilaridir”

Abu Nasr Farobiy:”Bilim,ma’rifat yaxshi axloq bilan bezanmog’i lozim”

Imom al-Buxoriy:”Dunyoda ilmdan boshqa najot yo’q va bo’lmagay.”

Abdurahmon Jomiy:”Jahonda bo’lmasa muallim agar,

Hayot ham bo’lmasdi go’zal bu qadar.”

Abdulla Avloniy:”Har narsa ko’paysa,arzon bo’lur,

Bilim ko’paysa,qadrli bo’lur.”

Abdulla Oripov:”Sizdan boshlanadi asli tafakkur,

Munis muallimlar,sizga tashakkur.”

Aziz ustozlar!Bayramingiz yana bir bor muborak bo’lsin!Shuning bilan bugungi tantanali dasturimiz nihoyasiga yetdi.Bayramona kayfiyat doimo hamrohingiz bo’lsin!

Yig’ilish bayonnomasi

44-umumiy o’rta ta’lim maktanbida 2016-yil 30-sentabr kuni o’tkazilgan

“Ustoz va murabbiylar” kuni munosabati bilan “Bayramingiz muborak aziz ustozlar!”

mavzusidagi tadbirga bag’ishlab yig’ilish bo’lib o’tdi.

Yig’ilishda maktabning “Kamolot” YIH barcha pedagog a’zolari hamda

barcha fan o’qitivchilari qatnashdilar.

Yig’ilish raisi: M.Atayeva

Kotib: D. Jumaniyozova

Kun tartibida:

1.9A-sinf o’qituvchilari hamda maktabning “Kamolot” YIH bilan hamkorlikda “Bayramingiz muborak aziz ustozlar!” mavzusida o’tkazilgan tadbirning mihokamasi

Eshitildi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan yig;ilish raisi maktabning ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari M.Atayeva so’z oldi:” Hurmatli ustozlar! Ustozlarimizni qanchalik qadrlasak ham oz,ularga bo’lgan e’tibor bugungi kunda shunday kuchayganki,hatto mana 1-oktabr kuni ham hurmatli 1-Prezidentimiz I.Karimov tomonidan “Ustoz va murabbiylar kuni” deb e’lon qilingan. Mana bugun ustozlarimizga bag’ishlangan tadbirni tomosha qildik.Tadbirni o’quvchilar juda yaxshi she’rlar, qo’shiqlar ijro etishdi,maroqli dam oldik.Kelajakda mana shu o’quvchilarimiz ichidan buyuk ustozlar yetishib chiqishiga tilakdoshmiz.Tadbir juda yaxshi o’tdi.

Maktabning “Kamolot” YIH bosh yetakchisi D.Jumaniyozova so’zi:”Bugungi tadbirni ko’rib ustozlarga berilgan tariflarni eshitib,o’zimiz ham ustoz bo’lganimga yana bir bor zavqlanib quvondim.Ayniqsa o’quvchilarning chiqargan sahna ko’rinishlari,ularning rollariga kirishib gaplashishlari menda juda katta taassurot qoldirdi.”

Maktabning Matematika fani o’qituvchisi T.Ro’zmetova so’zi:”Mana bugun ustozlarga bag’ishlangan tadbirni tomosha qildik,tadbirga o’quvchilar rosa tayyorgarlik ko’ribdilar, mehnat qilibdilar,ayniqsa 9-a sinfdagi Xayitova Guli vaIbragimov Jamshid , O’razmetova Yaqutjon sahna ko’rinishdagi ustozlik rollarini juda maromiga yetkazib o’ynaganlari juda menga yoqdi. Tadbir juda yaxshi o’tdi.”

Yig’ilishda yana boshqa fan o’qituvchilri ham o’zlarining ijobiy fikr va mulohazalarini bildirib o’tdilar.

Yuqoridagi masala yuzasidan yig’ilish qaror qildi:

1.Maktabning ma’naviy va ma’rifiy ishlari bo’ycha direktor o’rinbosari M.Atayevaning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2.9A-sinf o’quvchilari bilan o’tkazilgan “Siz shunday buyuksiz,aziz muallim” mavzusida o’tkazilgan tadbir “yaxshi” deb topilsin.

Yig’ilish raisi: / / M.Atayeva

Kotib: / / D. Jumaniyozova

Xorazm viloyati Qo’shko’pir tumanidagi

44-umumiy o’rta ta’lim maktabida 2016-yil, 7- dekabr kuni 9A-sinf o’quvchilari hamda maktabning “Kamolot” YIH bilan hamkorlikda “Konstitutsiya baxtimiz poydevori” mavzusida o’tkaziladigan tadbir



Download 77 Kb.
  1   2




Download 77 Kb.