Tadbirnomasi




Download 77 Kb.
bet2/2
Sana12.06.2021
Hajmi77 Kb.
#14965
1   2
S E N A R I Y S I

Tadbirni o’tkazishdan maqsad: Konstitutsiya haqida o’quvchilarga yanada chuqurroq ma’lumot berish va uni o’quvchilar ongiga singdirish,o’quvchilarning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi haqidagi bilimlarini mustahkamlash, Vatanga,Konstitutsiyamizga bo’lgan hurmatni oshirish.

Tadbir o’tkaziladigan joy: Faollar zali,bayramona bezatilgan, Konstitutsiyaga bag’ishlangan shiorlar chiqarilgan bo’ladi.

Tadbirni ikkita boshlovchi olib boradi.Musiqa sadolari ostida boshlovchilar sahnaga chiqib keladilar.

1-Boshlovchi: Assalomu alaykum xurmatli ustozlar, bilimga chanqoq o’quvchilar!

2-Boshlovchi: Assalomu alaykum hurmatli ota-onalar va mehmonlar!

1-Boshlovchi:Mana bugun O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 23-yilligi Respublikamizning barcha joylarida keng nishonlanmoqda.

2-Boshlovchi:” Konstitutsiyasi”so’zi aslida lotincha so’z bo’lib, qoida,nizom, tuzatish degan ma’nolarni anglatadi.

1-Boshlovchi: “Konstitutsiyasi” tarixiga nazar tashlasak Qadimgi Rimda paydo bo’lgan,keyinchalik 1787-yilda ilk bor dunyo bo’yicha AQSh da bo’lgan va Ispaniya,Germaniya,Fransiya,Rossiyada tarqalgan.

2-Boshlovchi: Darhaqiqat O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Qonun ustuvorligi bo’lgan joyda adolat bo’ladi” deb bejiz aytmagan.

1-Boshlovchi: Bizda esa 1992-yil, 8-dekabrda qabul qilingan bo’lib, 6 bo’lim, 26 bob,128 moddadan iborat.

2-Boshlovchi:Keling yaxshisi bu haqda maktabimizning 9A-sinf o’quvchilarining Konstitutsiyamizning 24-yilligiga bag’ishlab “Konstitutsiya baxtimiz poydevori” mavzusida tayyorlab kelgan tadbirni tomosha qilsak

1-Boshlovchi:Avvalo tadbirni ochib berish uchun so’zni maktabimizning ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari M.Atayevaga bersak……..

2-Boshlovchi:Azizlar endi bugungi tadbirimiz shartlari bilan tanishtirib o’taman,ishtirokchilarimiz quyidagi shartlar bo’yicha o’zlarining chiqishlarini namoyon qiladi.

1-shart:Kirish

2-shart:Savol-javob

3-shart:Sahna ko’rinishi

4-shart:Ijodiy ishlar

5-shart: Erkin mavzu

1-Boshlovchi:1-shartda ishtirokchilar Konstitutsiya haqida to’liqroq ma’lumotlar berib o’tishlari kerak.

2-Boshlovchi:2-shartda tadbir ishtirokchilariga 10 tadan tezkor savol beriladi ular 1daqiqa ichida javob berishlari kerak bo’ladi.

1-Boshlovchi:3-shartda ishtirokchilar hozirgi davrda eng katta muammolarni ya’ni, odam savdosi, sodir qilinayotgan o’g’irlik va boshqa jinoiy ishlarni ko’tarib chiqishlari kerak.

2-Boshlovchi: 4-shart “Ijodiy ishlar ” sharti bo’lib, bunda o’quvchilar Konstitutsiyaga bag’ishlb tayyorlab kelgan devoriy gazetalar,insholarini,albomlarini ko’rsatadilar.

1-Boshlovchi: 5-shartda ishtirokchilar o’zlari erkin holda tayyorlab kelgan chiqishlarini namoyish qiladilar,ya’ni bunda kuy,qo’shiq, raqs,sahna ko’rinishi,sherlar bo’lishi mumkin.

Har bir shart hakamlar hay’ati tomonidan baholanib boriladi.Tadbir so’ngida umumiy baholar e’lon qilinib g’olib guruh aniqlanadi.Tadbirda ishtirok etgan ishtirokchilar maktab ma’muriyati tomonidan esdalik sovg’alar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadilar.

44-umumiy o’rta ta’lim maktabida 2015-yil,7-dekabr kuni,9A,B,V-sinf o’quvchilari hamda maktabning “Kamolot”YIH bilan hamkorlikda “Konstitutsiya baxtimiz poydevori ” mavzusida o’tkazilgan tadbir natijalari.



T/R

Tadbir shartlari

9”A”-sinf

9”B”-sinf

9”V”-sinf






1

Kirish











2

Savol-javob











3

Sahna ko’rinishi











4

Ijodiy ishlar











5

Erkin mavzu











Jami














Hakamlar hay’ati rayisi: M.Atayeva

A’zolari:

Maktabning “Kamolot”YIH

bosh yetakchisi: D.Jumaniyozova

Tarix fani o’qituvchisi: R.Abdrimov

Huquq fani o’qituvchisi: G.Ro’zmetova

Maktabning xotin-qizlar

qo’mitasi raisi: G.Bobojonova

Yig’ilish bayonnomasi:

44-umumiy o’rta ta’lim maktanbida 2015-yil, 7- dekabr kuni

9A,B,V-sinf o’quvchilari hamda maktabning “Kamolot” YIH

bilan hamkorlikda “Konstitutsiya baxtimiz poydevori” mavzusida o’tkazilgan

tadbirga bag’ishlab yig’ilish bo’lib o’tdi.

Yig’ilishda maktabning “Kamolot” YIH barcha pedagog a’zolari hamda

barcha fan o’qitivchilari qatnashdilar.

Yig’ilish raisi: M.Atayeva

Kotiba: D.Jumaniyozova

Kun tartibida:

1.9-sinf o’qituvchilari hamda maktabning “Kamolot” YIH bilan hamkorlikda “Konstitutsiya baxtimiz poydevori!” mavzusida o’tkazilgan tadbirning mihokamasi

Eshitildi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan yig;ilish raisi maktabning ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari M.Atayeva so’z oldi:” Hurmatli ustozlar! Mana bugun Konstitutsiyamizning 23 yilligiga bag’ishlangan tadbirni tomosha qildik.Tadbirga o’quvchilar juda katta tayyorgarlik ko’rganliklari ko’rinib turibdi.Tadbirda o’quvchilar juda yaxshi she’rlar, qo’shiqlar ijro etishdi,maroqli dam oldik.Kelajakda mana shu o’quvchilarimiz ichidan turli kasb egalari, qonun himoyachilari yetishib chiqishiga tilakdoshmiz.Tadbir juda yaxshi o’tdi.

Maktabning “Kamolot” YIH bosh yetakchisi D.Jumaniyozova so’zi:”Bugungi tadbirni ko’rib o’quvchilar chiqargan sahna ko’rinishlarida rollarni juda maromiga yetkazib ijro etganiga qoyil qolmasdan ilojimiz yo’q.Barcha o’quvchilarimizga kelajakdagi o’qish va ishlariga rivoj tilayman,menimcha ham tadbir yaxshi o’tdi.”

Maktabning MAvaMIG’ fani o’qituvchisi G.Ro’zmetov so’zi:”Mana bugun konstitutsiyaga bag’ishlangan tadbirni tomosha qildik,tadbirga o’quvchilar rosa tayyorgarlik ko’ribdilar, mehnat qilibdilar,ayniqsa 9-b sinfdagi Rajabova Mahliyo va Azatov Akmallarni sahna ko’rinishdagi rollarini juda maromiga yetkazib o’ynaganlari juda menga yoqdi. Tadbir juda yaxshi o’tdi.”

Yig’ilishda yana boshqa fan o’qituvchilri ham o’zlarining ijobiy fikr va mulohazalarini bildirib o’tdilar.

Yuqoridagi masala yuzasidan yig’ilish qaror qildi:

1.Maktabning ma’naviy va ma’rifiy ishlari bo’ycha direktor o’rinbosari M.Atayevaning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2.9-sinf o’quvchilari bilan o’tkazilgan “Konstitutsiya baxtimiz poydevori” mavzusida o’tkazilgan tadbir “yaxshi” deb topilsin.

Yig’ilish raisi: / / M.Atayeva

Kotiba: / / D.Jumaniyozova

Yig’ilish bayonnomasi:

44-umumiy o’rta ta’lim maktanbida 2016-yil, 7- dekabr kuni

9A-sinf o’quvchilari hamda maktabning “Kamolot” YIH

bilan hamkorlikda “Konstitutsiya baxtimiz poydevori” mavzusida o’tkazilgan

tadbirga bag’ishlab yig’ilish bo’lib o’tdi.

Yig’ilishda maktabning “Kamolot” YIH barcha pedagog a’zolari hamda

barcha fan o’qitivchilari qatnashdilar.

Yig’ilish raisi: M.Atayeva

Kotiba: D.Jumaniyozova

Kun tartibida:

1.9A-sinf o’qituvchilari hamda maktabning “Kamolot” YIH bilan hamkorlikda “Konstitutsiya baxtimiz poydevori!” mavzusida o’tkazilgan tadbirning mihokamasi

Eshitildi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan yig;ilish raisi maktabning ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari M.Atayeva so’z oldi:” Hurmatli ustozlar! Mana bugun Konstitutsiyamizning 24 yilligiga bag’ishlangan tadbirni tomosha qildik.Tadbirga o’quvchilar juda katta tayyorgarlik ko’rganliklari ko’rinib turibdi.Tadbirda o’quvchilar juda yaxshi she’rlar, qo’shiqlar ijro etishdi,maroqli dam oldik.Kelajakda mana shu o’quvchilarimiz ichidan turli kasb egalari, qonun himoyachilari yetishib chiqishiga tilakdoshmiz.Tadbir juda yaxshi o’tdi.

Maktabning “Kamolot” YIH bosh yetakchisi D.Jumaniyozova so’zi:”Bugungi tadbirni ko’rib o’quvchilar chiqargan sahna ko’rinishlarida rollarni juda maromiga yetkazib ijro etganiga qoyil qolmasdan ilojimiz yo’q.Barcha o’quvchilarimizga kelajakdagi o’qish va ishlariga rivoj tilayman,menimcha ham tadbir yaxshi o’tdi.”

Maktabning MAvaMIG’ fani o’qituvchisi G.Ro’zmetov so’zi:”Mana bugun konstitutsiyaga bag’ishlangan tadbirni tomosha qildik,tadbirga o’quvchilar rosa tayyorgarlik ko’ribdilar, mehnat qilibdilar,ayniqsa bu sinfdagi Xaitova Guli,Ibragimov Jamshid, O’razmetova Yaqutjonlarni sahna ko’rinishdagi rollarini juda maromiga yetkazib o’ynaganlari juda menga yoqdi. Tadbir juda yaxshi o’tdi.”

Yig’ilishda yana boshqa fan o’qituvchilri ham o’zlarining ijobiy fikr va mulohazalarini bildirib o’tdilar.

Yuqoridagi masala yuzasidan yig’ilish qaror qildi:

1.Maktabning ma’naviy va ma’rifiy ishlari bo’ycha direktor o’rinbosari M.Atayevaning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2.9A-sinf o’quvchilari bilan o’tkazilgan “Konstitutsiya baxtimiz poydevori” mavzusida o’tkazilgan tadbir “yaxshi” deb topilsin.

Yig’ilish raisi: / / M.Atayeva



Kotiba: / / D.Jumaniyozova

Download 77 Kb.
1   2




Download 77 Kb.