12. Yetakchi mutaxassis imzo qoʻygan hujjatlarning va oʻzi
bergan xulosalarning
qonunchilikka muvofiqligi uchun javob beradi.
13. Yetakchi mutaxassis mazkur lavozim yoʻriqnomasi va boshqa qonun hujjatlariga
asosan zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada
bajarmaganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tegishli tartibda
intizomiy va moddiy javobgardir.
Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish Shoʻba si boshligʻining lavozim
Yoʻriqnomasi
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish Shoʻba si
boshligʻi (keyingi oʻrinlarda – Shoʻba boshligʻi) ning lavozim majburiyatlari,
huquqlari va
javobgarliklarini belgilab beradi.
2. Shoʻba boshligʻi maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda –
Boshliq) tomonidan buyruq asosida tayinlanadi va ozod etiladi.
3. Shoʻba boshligʻi boshqarma boshligʻiga boʻysunadi.
2-bob. Shoʻba boshligʻining lavozim majburiyatlari
4. Ish jarayonida Shoʻba boshligʻi quyidagilarga amal qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oliy Majlis palatalarining
qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va Farmoyishlari, hukumat qarorlari;
Vazirlik qarorlari,
buyruqlari, farmoyishlari, Vazirlik Hayʼati qarorlari;
mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yongʻin
xavfsizligi qoidalari va meʼyorlari;
Boshqarma Nizomi va Shoʻba boshligʻi lavozim yoʻriqnomasi.
5. Shoʻba boshligʻi quyidagilarni bilishi shart:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining Farmon va Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, taʼlim
sohasini
muvofiqlashtiruvchi boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlar va xizmat hujjatlari;
oʻz vakolatlari doirasida ishlab chiqarish va boshqaruvni tashkillashtirish, mehnat
qonunchiligi asoslari va ichki mehnat tartibi qoidalari;
meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish, rasmiylashtirish, tasdiqlash
va joriy etish tartibi;
meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish uchun texnik topshiriq (buyurtma)larni tuzish tartibi;
Boshqarmaning ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilmasi;
Boshqarma faoliyatining asosiy jarayonlari;
ish yuritish asoslari;
shaxsiy kompyuterda ishlash asoslari va zamonaviy AKT vositalaridan foydalanish
koʻnikmalariga ega boʻlishi;
qonunchilikka asosan foydalanishi cheklangan axborot bilan ishlash tartibi.
6. Shoʻba boshligʻi quyidagilarni amalga oshiradi:
vazirlik rahbariyati hamda boshqarma boshligʻi tomonidan berilgan topshiriqlarning
ijrosini taʼminlaydi;
boshqarma ish rejasi loyihasini tayyorlashda ishtirok etish;
tuman, shahar maktabgacha va maktab taʼlimi idoralari tomonidan topshirilgan hujjat,
hisobotlarni tahlil qiladi va Boshqarma boshligʻiga taqdim etadi;
xususiy sheriklarning davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim talablariga muvofiq oʻz
majburiyatlarini bajarilishini
monitoring qilish;
hujjatlar bilan ishlash, turli axborotlar va hisobotlar tayyorlash, ish rejasida belgilangan
vazifalar hamda rahbariyat tomonidan berilgan topshiriqlarning oʻz vaqtida sifatli bajarilishini
taʼminlash, boshqarma xodimlariga oʻz lavozim vazifalarini bajarishda tashkiliy-metodik
jihatdan yordam berish;
Shoʻba boshligʻi taʼlim muassasalarining mulkidan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyish
va zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda Vazirlik tizimidagi taʼlim muassasalari,
boshqaruv
organlari, vazirlik rahbariyati topshirigʻiga asosan davlat va xoʻjalik boshqaruvi
boshqa organlari bilan samarali amaliy hamkorlikni yoʻlga qoʻyishda Boshqarma boshligʻiga
koʻmaklashadi;
boshqarmada amalga oshirilgan ishlar yuzasidan choraklik, yarim yillik va yillik
hisobotlarni tayyorlash;
vazir va uning oʻrinbosarlarining buyruq va farmoyishlarini, boshqarma boshligʻi,
boshqarma boshligʻi oʻrinbosari topshiriqlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarishni taʼminlash;
boshqarma boshligʻi oʻrinbosari yoʻqligida uning vazifasini bajarish;
bajarilgan ishlar toʻgʻrisida boshqarma boshligʻi va boshqarma boshligʻi oʻrinbosari
oldida hisobot beradi.
7. Shoʻba boshligʻi quyidagilarni bajarishi shart:
Hudud aholisining ehtiyojlaridan kelib chiqib, shu jumladan Qoraqalpogʻiston
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, fuqarolarning oʻzini
oʻzi boshqarish organlari, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan takliflarni
oʻrganish natijalari boʻyicha tanlov eʼlon qilish orqali davlat-xususiy
sheriklikning loyihasini
amalga oshirishni taklif qilish;
davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat umumtaʼlim tashkiloti faoliyatini yoʻlga
qoʻyish:
xususiy sherikka obyektni davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni belgilangan
muddatlarda, tartibda va shartlarda taqdim etishi;
xususiy sheriklarga qonunchilikda belgilangan soliq imtiyozlari va boshqa preferensiyalar
taqdim etilishida koʻmaklashishi;
davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan nodavlat umumtaʼlim tashkilotlarida
xorijiy tajribalarning oʻrganilishi, ulardan oʻrnatilgan tartibda foydalanilishi boʻyicha metodik
yordamlar uyushtirish;
Boshqarmaning ichki nazorati boʻyicha masʼullari hisoblanadi va ushbu yoʻnalishdagi
hujjatlarni yuritadi;
8. Shoʻba boshligʻi quyidagi vakolatlarga ega boʻlishi kerak:
harakatchanlikka intilish – butun kuch-gʻayrati bilan ishlash,
qisqa vaqt mobaynida reja
tuzish va rejaga asosan harakat qilishga tayyor boʻlish;
noaniqlik sharoitlarida harakat qilish qobiliyatiga ega boʻlish – oʻzgarishlarga yaxshi
moslashish, axborot yetishmasligi sharoitlarida qarorlar qabul qilishga va harakat qilishga
koʻnikmalarga ega boʻlish;
intellektual salohiyat – yaxshi intellektual qobiliyatlar, kuzatuvchanlik, oʻtkir zehnga ega
boʻlish;
tashkilotchilik qobiliyatlari – koʻrsatilgan muddatlarda qoʻyilgan vazifani bajarish uchun
barcha zarur resurslar (xodimlar, vositalar v.h.)ni yigʻa olish koʻnikmalari;
muammolarni yechish – yechim variantlarini kompleks oʻrganish orqali murakkab
masalalarni yecha olish va sezilarli natijalarga erishishga intilish qobiliyati;
yaxshi rivojlangan strategik fikrlash.