Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirish Shoʻba si
yetakchi mutaxassisining lavozim
YOʻRIQNOMASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish
va raqamlashtirish Shoʻba yetakchi mutaxassisining (keyingi oʻrinlarda — yetakchi mutaxassis)
lavozim majburiyatlari, huquqlari va javobgarliklarini belgilab beradi.
2. Yetakchi mutaxassis Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi
boshqarma boshligʻining buyrugʻiga koʻra lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.
Yetakchi mutaxassis bevosita Shoʻba boshligʻiga boʻysunadi, oʻz faoliyatini Shoʻba ish
rejasi asosida amalga oshiradi.
3. Yetakchi mutaxassis Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga,
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarorlari va farmoyishlariga, vazirlikning hayʼati qarorlari, vazirning buyruqlariga hamda
boshqarma boshligʻi koʻrsatmalariga (bundan buyon matnda Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti va Hukumati hamda vazirlikning hujjatlari), “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha
va maktab taʼlimi vazirligi Markaziy apparatida ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat qilish
toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma” hamda mazkur yoʻriqnomaga amal qilgan holda faoliyatini olib
boradi.