Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirish Shoʻba
bosh mutaxassisi lavozim
YOʻRIQNOMASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish
va raqamlashtirish Shoʻba bosh mutaxassisining (keyingi oʻrinlarda — Bosh mutaxassis)
lavozim majburiyatlari, huquqlari va javobgarliklarini belgilab beradi.
2. Bosh mutaxassis Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarma boshligʻining (keyingi
oʻrinlarda — Boshqarma boshligʻiga) buyrugʻi bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod
etiladi.
Bosh
mutaxassis
Axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini
joriy
etish
va
raqamlashtirish Shoʻba boshligʻiga boʻysunadi, oʻz faoliyatini Shoʻba ish rejasi asosida amalga
oshiradi.
3. Bosh mutaxassis Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga,
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarorlari va farmoyishlariga, vazirlikning hayʼati qarorlari, vazirning buyruqlariga hamda
boshqarma boshligʻi koʻrsatmalariga (bundan buyon matnda Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti va Hukumati hamda vazirlikning hujjatlari), “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha
va maktab taʼlimi vazirligi Markaziy apparatida ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat qilish
toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma” hamda mazkur yoʻriqnomaga amal qilgan holda faoliyatini olib
boradi.