3-bob. Metodistning huquqlari
8. Metodist quyidagi huquqlarga ega:
vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha hududdagi ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini
oʻrganib borish va ularga amaliy yordam koʻrsatishga tegishli idora va tashkilotlarni jalb etish;
zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun tasarrufidagi tashkilot va
muassasalardan tegishli maʼlumotlar olish;
davlat va jamoat tashkilotlar bilan oʻz vakolati doirasida ish yuritish va oʻzaro
yozishmalar olib borish;
oʻz vakolatlari doirasida anjumanlar, seminarlar, simpoziumlar, koʻrgazmalar,
yarmarkalar oʻtkazish, shuningdek boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan shunga
oʻxshash tadbirlarda ishtirok etish;
Boshqarmaning yigʻilishlarida, majlislarida va boshqa tadbirlarida qatnashish;
zamonaviy talablarni hisobga olgan holda ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini tashkil
etish toʻgʻrisidagi huquqiy-meʼyoriy hujjatlarni takomillashtirish, shuningdek, undan keyingi
taʼlim bilan uzviy aloqadorligini taʼminlash boʻyicha tegishli takliflar tayyorlash;
tegishliligi boʻyicha davlat hokimiyati ixtisoslashtirilgan maktablarni tashkil etish, ularda
taʼlim-tarbiya jarayoni bilan bogʻliq tegishli hujjatlarni olish, vazirlik va idoralar bilan kelishgan
xolda oʻz vakolati doirasidagi masalalarni koʻrib chiqish uchun ularni taklif qilish va
axborotlarini tinglash;
ish hajmi koʻpaygan holatlarda rahbariyat bilan kelishgan holda tashkilot va muassasalar
xodimlarini ularning roziligi bilan jamoatchilik asosida vaqtincha ishlash uchun jalb etish;
ixtisoslashtirilgan maktablarda taʼlim-tarbiyaviy va maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning ahvolini
oʻrganish, maʼlumotlari va hisobotlarini muhokama qilish, rahbariyatga tegishli takliflar kiritish
huquqlariga ega.
4-bob. Metodistning
javobgarligi
9. Metodist oʻz lavozim majburiyatlari hamda nizomga muvofiq yuklatilgan vazifalar va
funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi uchun javob beradi.
10. Metodist faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishilishi uchun
javob beradi.
11. Foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy
texnikadan oqilona foydalanilishi hamda ularning but saqlanishini va oʻzi ish olib boradigan
xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlaydi.
12. Metodist hujjatlar bilan ishlash, ularni belgilangan tartibda saqlanishini taʼminlashga
shaxsan javob beradi.
13. Metodist imzo qoʻygan hujjatlarning va oʻzi bergan xulosalarning qonunchilikka
muvofiqligi uchun javob beradi.
14. Metodist mazkur lavozim yoʻriqnomasi va boshqa qonun hujjatlariga asosan
zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tegishli tartibda intizomiy va moddiy
javobgardir.
|