• Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish Shoʻba si metodisti lavozim yoʻriqnomasi 1-bob. Umumiy qoidalar
  • Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari




    Download 3,57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet91/322
    Sana17.05.2024
    Hajmi3,57 Mb.
    #239820
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   322
    Bog'liq
    lavozim yoʻriqnomalari

    4-bob. Shoʻba boshligʻining
    javobgarligi 
    11. Shoʻba boshligʻi oʻz lavozim majburiyatlari hamda nizomga muvofiq yuklatilgan 
    vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi uchun javob beradi.
    12. Shoʻba boshligʻi faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishilishi 
    uchun javob beradi. 
    13. Foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy 
    texnikadan oqilona foydalanilishi hamda ularning but saqlanishini va oʻzi ish olib boradigan 
    xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlaydi. 
    14. Shoʻba boshligʻi hujjatlar bilan ishlash, ularni belgilangan tartibda saqlanishini 
    taʼminlashga shaxsan javob beradi. 
    15. Shoʻba boshligʻi imzo qoʻygan hujjatlarning va oʻzi bergan xulosalarning 
    qonunchilikka muvofiqligi uchun javob beradi. 
    16. Shoʻba boshligʻi mazkur lavozim yoʻriqnomasi va boshqa qonun hujjatlariga asosan 
    zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun 


    Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tegishli tartibda intizomiy va moddiy 
    javobgardir. 


    Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish
    Shoʻba si metodisti lavozim yoʻriqnomasi 
    1-bob. Umumiy qoidalar
    1. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari faoliyatini 
    muvofiqlashtirish shoʻbasi metodisti
     
    (bundan buyon matnda – metodist)ning lavozim 
    majburiyatlari, huquqlari va javobgarliklarini belgilab beradi. 
    2. Metodist Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri, 
    Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda 
    Hududiy boshqarma deb yuritiladi) boshligʻi buyrugʻiga koʻra lavozimga tayinlanadi va 
    lavozimdan ozod etiladi. 
    Metodist bevosita boshliqqa boʻysunadi va oʻz faoliyatini boshqarma rahbariyati 
    tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida amalga oshiradi. 
    3. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi 
    Oliy 
    Majlisi 
    qarorlariga, 
    Oʻzbekiston 
    Respublikasi 
    Prezidentining 
    2022-yil
    14-apreldagi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi 
    ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar 
    tarmogʻini kengaytirish toʻgʻrisida 106-sonli farmoni, 2019-yil 9-sentyabrdagi PQ-4444-son 
    “Oʻzbekiston Respublikasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni 
    rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” hamda 2021-yil 19-
    iyuldagi PQ-5188-son “Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada 
    takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” qarorlariga, Oʻzbekiston 
    Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, vazirlikning Hayʼati 
    qarorlari, vazirning buyruq va farmoyishlariga, vazirlikning hujjatlari hamda koʻrsatmalariga, 
    boshqarmaning Hayʼati qarorlari, boshliq buyruqlari va topshiriqlari bilan yuklangan 
    vazifalarning oʻz vaqtida ijro etilishini taʼminlagan holda faoliyatini olib boradi. 

    Download 3,57 Mb.
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   322




    Download 3,57 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari

    Download 3,57 Mb.
    Pdf ko'rish