|
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirishBog'liq lavozim yoʻriqnomalariIxtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish
Shoʻbasi boshligʻi lavozim yoʻriqnomasi
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari faoliyatini
muvofiqlashtirish shoʻbasi boshligʻi
(bundan buyon matnda – shoʻba boshligʻi)ning lavozim
majburiyatlari, huquqlari va javobgarliklarini belgilab beradi.
2. Shoʻba boshligʻi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri,
Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda
Hududiy boshqarma) boshligʻi buyrugʻiga koʻra lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod
etiladi.
Shoʻba boshligʻi bevosita boshliqqa boʻysunadi va oʻz faoliyatini boshqarma rahbariyati
tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida amalga oshiradi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy
Majlisi
qarorlariga,
Oʻzbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2022-yil
14-apreldagi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi
ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar
tarmogʻini kengaytirish toʻgʻrisida 106-sonli farmoni, 2019-yil 9-sentyabrdagi PQ-4444-son
“Oʻzbekiston Respublikasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni
rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” hamda 2021-yil 19-
iyuldagi PQ-5188-son “Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada
takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” qarorlariga, Oʻzbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, vazirlikning Hayʼati
qarorlari, vazirning buyruq va farmoyishlariga, vazirlikning hujjatlari hamda koʻrsatmalariga,
boshqarmaning Hayʼati qarorlari, boshliq buyruqlari va topshiriqlari bilan yuklangan
vazifalarning oʻz vaqtida ijro etilishini taʼminlagan holda faoliyatini olib boradi.
|
| |