|
Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish shoʻbasi metodistining lavozimBog'liq lavozim yoʻriqnomalariXorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish shoʻbasi metodistining lavozim
YOʻRIQNOMASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish shoʻbasi
metodisti (keyingi oʻrinlarda — shoʻba metodisti) ning lavozim majburiyatlari, huquqlari
va javobgarliklarini belgilab beradi.
2. Shoʻba metodisti Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri,
Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda
Hududiy boshqarma deb yuritiladi) boshligʻi buyrugʻiga koʻra lavozimga tayinlanadi va
lavozimdan ozod etiladi.
Shoʻba metodisti bevosita boshqarma boshligʻi va shoʻba boshligʻiga boʻysunadi va oʻz
faoliyatini boshqarma rahbariyati tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida amalga oshiradi.
3. Shoʻba metodisti Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari
va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va
farmoyishlariga, vazirlikning hayʼati qarorlari, vazirning buyruqlariga hamda boshqarma
boshligʻi koʻrsatmalariga (bundan buyon matnda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va
Hukumati hamda vazirlikning hujjatlari), “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab
taʼlimi vazirligi Markaziy apparatida ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat qilish toʻgʻrisidagi
Yoʻriqnoma” hamda mazkur yoʻriqnomaga amal qilgan holda faoliyatini olib boradi.
2-bob. Metodistning lavozim majburiyatlari
4. Metodist:
Oʻzbekiston
Respublikasi
Maktabgacha
va
maktab
taʼlimi
vazirligi
va
Boshqarma(Vazirlik)ning hujjatlarida zimmasiga yuklatilgan vazifalarni hamda shoʻba
boshligʻining boshqa topshiriqlarini oʻz vaqtida va sifatli ijro etadi;
Shoʻbaning faoliyatini samarali tashkil etish va takomillashtirish boʻyicha shoʻba
boshligʻiga taklif kiritadi;
umumiy oʻrta taʼlim siyosati sohasida zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda
davlat boshqaruv organlarining tegishli boshqarmalari bilan samarali amaliy hamkorlikni
taʼminlashda shoʻba boshligʻiga koʻmaklashadi;
shoʻbaning yillik, yarim yillik va choraklik ish rejasi loyihasini ishlab chiqishda ishtirok
etadi;
vakolatlari doirasida seminarlar oʻtkazadi, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan
tashkil etilgan shunga oʻxshash tadbirlarda ishtirok etadi;
xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirishning dolzarb masalalariga bagʻishlangan
seminar-kengashlar, anjumanlar va boshqa tadbirlarni tashkil qiladi va boshqa tashkilotlar
tomonidan tashkil qilingan shunga oʻxshash tadbirlarda ishtirok etadi;
sohaga oid hisobotlarni toʻplaydi, tahlil qiladi, rahbariyatga taqdim qilishni tashkil etadi;
jamoa va mehnat shartnomalari shartlariga hamda ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza
qilish, xavfsizlik texnikasi, odob-axloq va korrupsiyaga qarshi kurashish qoidalari talablariga
rioya qiladi;
Boshqarma(Vazirlik)ning ish rejasi, shuningdek, Boshqarma (Vazirlik) rahbariyati
topshirigʻiga asosan xizmat safarlariga boradi;
Boshqarma(Vazirlik)ning obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan
maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan
ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qiladi;
faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʻz
vaqtida koʻrib chiqadi;
5. Metodistga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.
|
| |