tuman boʻlimlarining xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish yoʻnalishidagi faoliyati
toʻgʻrisida rahbariyatga axborot va takliflar kiritadi;
sohaga oid hisobotlarni toʻplaydi, tahlil qiladi, rahbariyat va boshqa vakolatli yuqori
turuvchi organlarga taqdim qilishni tashkil etadi;
sohaga oid qabul-qilinayotgan yangi meʼyoriy-huquqiy hujjatlar talablarini oʻrganib
boradi;
jamoa va mehnat shartnomalari shartlariga hamda ichki mehnat tartibi, mehnatni
muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, odob-axloq va korrupsiyaga qarshi kurashish qoidalari
talablariga rioya etadi, shuningdek, shoʻba metodistining ushbu qoidalarga rioya etishlarini
nazorat qiladi;
Boshqarma(Vazirlik)ning ish rejasi, shuningdek, vazirlik rahbariyati topshirigʻiga asosan
xizmat safarlariga boradi;
Boshqarma(vazirlik)ning obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan
maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan
ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qiladi;
faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini
oʻz vaqtida koʻrib chiqadi.
5. Shoʻba boshligʻiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalar ham yuklatilishi
mumkin.