bosh metodist vaqtincha ishda boʻlmaganda (mehnat taʼtili,
vaqtincha mehnatga
layoqatsizlik, xizmat safari va boshqa sabablarga koʻra) yoki mazkur lavozim boʻsh (vakant)
boʻlganda uning vazifasini metodist amalga oshiradi.
metodist qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarni amalga oshiradi.
4-bob. Metodistning javobgarligi
7. Metodist oʻz lavozim majburiyatlari hamda Shoʻba
nizomiga muvofiq zimmasiga
yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun javob beradi;
foydalanish uchun oʻziga
topshirilgan mebel, xona jihozlari,
tashkiliy va maishiy
texnikadan oqilona foydalanilishi hamda ularning sifatli saqlanishini va oʻzi ish olib boradigan
xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlaydi;
metodist uning yurituvidagi hujjatlarni belgilangan tartibda saqlanishiga javob beradi.
mazkur lavozim yoʻriqnomasi va boshqa qonun hujjatlariga asosan zimmasiga yuklatilgan
majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun Oʻzbekiston
Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tegishli tartibda intizomiy va moddiy javobgar
hisoblanadi.