amaldagi qonunchilik va oʻz huquqlari doirasida faoliyatni amalga oshiradi, buyruq va
boshqa meʼyoriy hujjatlar loyihasini tayyorlaydi;
Shoʻbaning yillik ish rejasini ishlab chiqadi hamda bajarilishini taʼminlaydi;
umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standarti, oʻquv reja va oʻquv dasturlarini uzluksiz
takomillashtirib borish, taʼlim-tarbiya jarayoniga oʻqitishning zamonaviy ilgʻor shakllarini,
innovatsion pedagogik texnologiyalarini joriy etilishida ishtirok etadi;
Shoʻbaning yuqori tashkilotlar bilan ishlarini muvofiqlashtiradi, boshqarmaning boshqa
boʻlim va Shoʻba lari bilan faoliyat uzviyligini taʼminlaydi;
taʼlim tizimida metodik xizmatning sifati bilan bogʻliq boʻlgan turli tadbirlar, koʻrik-
tanlovlar oʻtkazishni muvofiqlashtiradi;
Shoʻba faoliyatining barcha yoʻnalishlari boʻyicha tegishli axborotlarni yigʻadi, tahlil etadi
va hisobotlar tayyorlaydi
Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazlaridagi Metodik xizmat
koʻrsatish boʻlimi va tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlaridan Shoʻba
faoliyatiga oid maʼlumotlarni qabul qiladi va umumlashtiradi;
Shoʻba faoliyati bilan bogʻliq statistik maʼlumotlarni yigʻadi, umumlashtiradi;
umumiy oʻrta taʼlim maktablaridagi tajriba-sinov ishlarining samarali tashkil etilishini
muvofiqlashtirib boradi;
Shoʻbaning yillik, yarim yillik va choraklik ish rejasi loyihasini ishlab chiqishda ishtirok
etadi;
boshqarmaning ish rejasi, shuningdek, boshqarma rahbariyati topshirigʻiga asosan xizmat
safarlariga boradi;
faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʻz
vaqtida koʻrib chiqadi;
metodistga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.
5. Shoʻba boshligʻi quyidagilarni bajarishi shart:
ichki mehnat tartibi qoidalari, jamoa va mehnat shartnomalarining talablari va shartlari,
mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalari va meʼyorlariga amal qilishi;
Boshqarma boshligʻi buyruqlarida yuklatilgan tegishli topshiriqlarni oʻz vaqtida va sifatli
bajarishni taʼminlashi;
bajarilgan ishlar toʻgʻrisida Boshqarma boshligʻi oldida hisobot berishi.