• 2-bob. Metodistining lavozim majburiyatlari
  • Taʼlim tashkilotlarini akkreditatsiyalashni tashkil etish shoʻbasi




    Download 3,57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet75/322
    Sana17.05.2024
    Hajmi3,57 Mb.
    #239820
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   322
    Bog'liq
    lavozim yoʻriqnomalari

    Taʼlim tashkilotlarini akkreditatsiyalashni tashkil etish shoʻbasi 
     metodistining lavozim yoʻriqnomasi 
    1-bob. Umumiy qoidalar 
    1. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi Taʼlim tashkilotlarini akkreditatsiyalashni tashkil etish 
    Shoʻba si metodisti
     
    (bundan buyon matnda – metodist)ning lavozim majburiyatlari, huquqlari va 
    javobgarliklarini belgilab beradi. 
    2.
     
    U oʻz faoliyatini boshqarma rahbariyati tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida 
    amalga oshiradi. 
    3. Metodist Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston 
    Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari 
    va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va 
    farmoyishlariga, vazirlikning hayʼati qarorlari, vazirning buyruqlariga hamda boshqarma 
    boshligʻi koʻrsatmalariga (bundan buyon matnda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va 
    Hukumati hamda vazirlikning hujjatlari deb yuritiladi) amal qilgan holda faoliyatini olib boradi. 
    2-bob. Metodistining lavozim majburiyatlari 
    4. Metodist quyidagilarni amalga oshiradi: 
    shoʻbaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini 
    taʼminlash, taʼlim sifatini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va boʻlim 
    boshligʻiga taqdim etish;
    boʻlimning yillik ish rejasini, taʼlim muassasalarini attestatsiya va akkreditatsiyalashni 
    tashkil qilish reja-jadvali va dasturini tuzishda ishtirok etish hamda ijrosini taʼminlash;
    taʼlim muassasalarining attestatsiya va davlat akkreditatsiyalash boʻyicha amaldagi 
    baholash mezoni asosida seminarlar oʻtkazish;
    maktabgacha taʼlim muassasasi, umumiy oʻrta taʼlim maktabi va ixtisoslashgan 
    maktablarni, shuningdek, nodavlat taʼlim tashkilotlarini zamonaviy talablar asosida taʼlim 
    sifatini yangi bosqichga koʻtarish boʻyicha amaldagi tartib va yoʻriqnoma talablari asosida 
    shaffof baholashni tashkil etish; 
    taʼlim muassasalarini tasdiqlangan yillik reja-jadvali boʻyicha attestatsiya va davlat 
    akkreditatsiyalashdan oʻtkazishni tashkil qilishda ishtirok etish; 
    taʼlim muassasalarining attestatsiya va davlat akkreditatsiyalash boʻyicha amaldagi 
    baholash mezoni asosida oʻquvchilar bilimining davlat taʼlim standartlariga mosligi boʻyicha 
    nazorat ishlarini shaffof oʻtkazish; 
    taʼlim muassasalarining attestatsiya va davlat akkreditatsiyalash boʻyicha komissiya 
    aʼzolari tomonidan toʻplangan hujjatlar va hisobotlarni yuqori tashkilotlarga oʻz vaqtida 
    yetkazish; 
    taʼlim muassasalarining attestatsiya va davlat akkreditatsiyalash rejasi boʻyicha yuzaga 
    kelgan muammolarni yuqori tashkilotlarga oʻz vaqtida bildirishnomalar kiritish; 
    taʼlim muassasalarining attestatsiya va davlat akkreditatsiyalash boʻyicha xorijiy 
    tajribalarni oʻrgangan holda yuqori tashkilotlarga takliflar kiritish; 
    attestatsiya va davlat akkreditatsiyalashdan oʻtmagan taʼlim muassasalarini amaldagi 
    nizom asosida ish olib borishni taʼminlash; 
    attestatsiya va davlat akkreditatsiyalashdan oʻtgan taʼlim muassasalarining sertifikatlarini 
    hujjatlashtirgan holda yetkazish; 
    faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʻz 
    vaqtida koʻrib chiqish; 
    jamoa va mehnat shartnomalari shartlariga hamda ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza 
    qilish, xavfsizlik texnikasi, odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilish. 



    Download 3,57 Mb.
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   322




    Download 3,57 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Taʼlim tashkilotlarini akkreditatsiyalashni tashkil etish shoʻbasi

    Download 3,57 Mb.
    Pdf ko'rish