Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish shoʻbasi boshligʻining lavozim
Yoʻriqnomasi
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish shoʻbasi
(keyingi oʻrinlarda
— shoʻba) boshligʻining lavozim majburiyatlari, huquqlari
va javobgarliklarini belgilab beradi.
2. Shoʻba boshligʻi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri,
Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda
Hududiy boshqarma) boshligʻi buyrugʻiga koʻra lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod
etiladi.
Shoʻba boshligʻi bevosita boshliqqa boʻysunadi va oʻz faoliyatini boshqarma rahbariyati
tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida amalga oshiradi.
3. Shoʻba boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari
va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va
farmoyishlariga, vazirlikning hayʼati qarorlari, vazirning buyruqlariga hamda boshqarma
boshligʻi koʻrsatmalariga (bundan buyon matnda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va
Hukumati hamda vazirlikning hujjatlari), “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab
taʼlimi vazirligi Markaziy apparatida ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat qilish toʻgʻrisidagi
Yoʻriqnoma” hamda mazkur yoʻriqnomaga amal qilgan holda faoliyatini olib boradi.