• Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor: I.Zokirov
  • CamScanner




    Download 16,58 Kb.
    Sana12.02.2024
    Hajmi16,58 Kb.
    #155100
    Bog'liq
    Тавсифнома 1





    Fargʻona davlat universiteti oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi oʻrinbosari Joʻrayev Vohid Tojimamatovichga
    TAVSIFNOMA


    Joʻrayev Vohid Tojimamatovich 1986 yil 27-dekabrda Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida tug’ilgan. 2009-yilda Fargʻona davlat universiteti Fizika-matematika fakultetini tamomlagan. 2011-yilda Fargʻona davlat universiteti Differensial tenglamalar ixtisosligi boʻycha magistraturani muvaffaqiyatli tamomlagan va 2011 yildan Fargʻona davlat universiteti amaliy matematika va informatika kafedrasida ish faoliyatini boshlagan. Bilimdon mutaxassis, tajribali pedagog, talabchan ustoz sifatida qisqa vaqt ichida e‘tibor qozondi, tirishqoqligi va mehnatsevarligi bilan ajralib turadi. O‘z kasbini sevganligi, yoshlarni kasbga oʻgatish ma‘suliyatini chuqur xis qilganligi sababli oʻqituvchilar jamoasida va talabalar o‘rtasida xurmatga sazovor inson. O‘z zimmasidagi vazifalarni a‘lo darajada uddalash bilan bir qatorda universitetni ma‘naviy-marifiy va jamoat ishlarida faol ishtirok etadi. Talabalar bilan yakka tartibda shugʻullanib, qo‘shimcha mashg’ulotlar tashkil qilib kelmoqda.
    Universitet obodonlashtirish ishlarida ham faol ishtirok etadi. Umuman, universitet hayotining biror sohasi yo‘q-ki, u kishi faollik ko‘rsatmasa. Joʻrayev Vohid Tojimamatovich ajoyib do‘st, talabchan murabbiy, ma‘naviy yetuk inson, xaqiqiy vatanparvar va fidoiy pedagog.
    2021-yil Elektron ta’lim muhitida pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish mavzuda dissertatsiyasini tugatib, muvoffaqqiyatli himoya qilgan. Hozirda “Ta’limni raqamlashtirish sharoitida talabalarni boshqaruv faoliyatiga tayyorlash asosida ijtimoiy-madaniy kompetentligini rivojlantirish” mavzusi yuzasidan yuzasidan shu kunga qadar 8 ta maqola va 6 ta tezislari ilmiy jurnallarda chop etilgan.
    Ishonamizki Joʻrayev Vohid Tojimamatovichga kelgusida vatanimizga xizmat qiluvchi, o‘zining kasb mahorati bilan O‘zbekistonimiz rivojiga xalol mehnati bilan o‘z xissasini qo‘shishi bilamiz.
    Joʻrayev Vohid Tojimamatovich Ta’limni raqamlashtirish sharoitida talabalarni boshqaruv faoliyatiga tayyorlash asosida ijtimoiy-madaniy kompetentligini rivojlantirish mavzusida ilmiy izlashlar olib borishi bilan bir qatorda shu kunga qadar ilmiy va amaliy konferensiyalarda oʻz doklatlari bilan ishtirok etmoqda. Shu kunga qadar koʻplab maqola va tezislar muallifi, oʻz kasbining mohiri boʻlganligi sabab oʻz talabalariga bilim berish bilan birga ko‘plab iqtidorli talabalar ustozi xisoblanadi.


    Ilmiy ishlar va innovatsiyalar
    bo‘yicha prorektor: I.Zokirov


    Download 16,58 Kb.




    Download 16,58 Kb.