2-bob. Metodistining lavozim majburiyatlari 4. Metodist quyidagilarni amalga oshiradi:
shoʻbaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini
taʼminlash;
shoʻbaga yuklangan barcha vazifalar bajarilishini taʼminlash, taʼlim sifatini
takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va boʻlim boshligʻiga taqdim etish;
umumiy oʻrta taʼlim makatablarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning
direktor jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish tartibi va yoʻriqnoma talablari yuzasidan
tegishli masʼullar ishtirokida seminarlar tashkil etish;
ustama oladigan pedagoglar faoliyati monitoringini amalga oshirish;
boʻlimning yillik ish rejasini, taʼlim muassasalarini monitoring qilish reja-jadvali va
dasturini tuzish hamda ijrosini taʼminlash;
umumiy oʻrta taʼlim makatablarida pedagogik faoliyatni olib borish huquqini beradigan
kasbiy sertifikatlash boʻyicha ishlarni amalga oshirish;
umumiy oʻrta taʼlim makatablari pedagog kadrlariga malaka toifasini berish tartibini
takomillashtirish boʻyicha ishlarni amalga oshirish;
pedagog kadrlariga malaka toifasini berish tartibi boʻyicha seminarlar tashkil qilish;
kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muhofaza qilish,
texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;
faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʻz
vaqtida koʻrib chiqish;
jamoa va mehnat shartnomalari shartlariga hamda ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza
qilish, xavfsizlik texnikasi, odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilish.
maktabgacha va maktab taʼlimi tizimiga oid va bolalar huquqlarini muhofaza qilish
sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni;
umumiy oʻrta taʼlimga qoʻyilgan davlat taʼlim standartlari mazmunini;
umumiy oʻrta taʼlim maktablaridagi oʻquv va tarbiya sifatini oshirishning usullarini;
pedagogika, psixologiya, bolalar fiziologiyasini, jamoada qulay psixologik muhit
yaratishni;
oʻquv va tarbiya jarayonida oʻqitish texnikaviy vositalaridan foydalanish amaliyotini,
taʼlim muassasasi va oʻqituvchilar faoliyatini tahlil qila olish, muammolarini aniqlash va ularni
hal qilishning samarali yoʻllarini topishni;
5. qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.