10. Foydalanish uchun oʻziga
topshirilgan mebel, xona jihozlari,
tashkiliy va maishiy
texnikadan oqilona foydalanilishi hamda ularning but saqlanishini va oʻzi ish olib boradigan
xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlaydi.
11. Shoʻba
hujjatlari bilan ishlash, ularni belgilangan tartibda saqlanishini taʼminlashga
shaxsan javob beradi.
12. Bosh metodisti imzo qoʻygan hujjatlarning va oʻzi bergan xulosalarning qonunchilikka
muvofiqligi uchun javob beradi.
13. Bosh metodist mazkur lavozim yoʻriqnomasi va boshqa qonun hujjatlariga asosan
zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tegishli tartibda
intizomiy va moddiy
javobgardir.
Oʻquvchilarning bilimi hamda koʻnikmalarini baholash shoʻbasi metodistining
lavozim Yoʻriqnomasi
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi Oʻquvchilar va
pedagoglarning bilimi hamda
koʻnikmalarini baholash Shoʻba si metodisti
(bundan buyon matnda –metodist)ning
lavozim
majburiyatlari, huquqlari va javobgarliklarini belgilab beradi.
2.
U oʻz faoliyatini boshqarma rahbariyati tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida
amalga oshiradi.
3. Metodist Oʻzbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari
va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qarorlari va
farmoyishlariga, vazirlikning hayʼati qarorlari, vazirning buyruqlariga
hamda boshqarma
boshligʻi koʻrsatmalariga (bundan buyon matnda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va
Hukumati hamda vazirlikning hujjatlari) amal qilgan holda faoliyatini olib boradi.