• 1. Tarbiyachi va uning jamiyatda tutgan o‘rni. 2. Tarbiyachi kompetensiyasi. 3. O’qituvchilik kasbining tarixiy taraqqiyoti va uning jamiyatda tutgan o’rni.
  • Taklif va tavsiyalar
  • Tarbiyachi va pedagoglarning jamiyatda tutgan о‘mi Reja




    Download 36.14 Kb.
    bet1/2
    Sana25.05.2023
    Hajmi36.14 Kb.
    #64319
      1   2
    Bog'liq
    ESSE Abdullayeva
    1628429159 (1)

    Xalqaro Nordik Universiteti

    ESSE
    Tarbiyachi va pedagoglarning
    jamiyatda tutgan о‘mi

    Bajardi: 623-guruh talabasi Abdullayeva Mohigul Shovkatovna


    Tekshirdi: D. Halilova

    Tarbiyachi va pedagoglarning jamiyatda tutgan о‘mi
    Reja:

    1. Asosiy qism:

    1. Tarbiyachi va uning jamiyatda tutgan o‘rni.
    2. Tarbiyachi kompetensiyasi.
    3. O’qituvchilik kasbining tarixiy taraqqiyoti va uning jamiyatda tutgan o’rni.
    4. O’qituvchi shaxsining insonparvarligi.

    1. Xulosa.

    2. Foydalanilgan adabiyotlar.

    3. Taklif va tavsiyalar

    Tarbiyachi yosh avlodimizni xalqimizning munosib farzandlari qilib tayyorlashdek muhim, faxrli ish bilan birga mas’uliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq hamda jamiyat oldidagi o‘z mas’uliyatini anglashga, ta’lim-tarbiya vazifalarini ijodiy yondashishga, o‘z mahoratini doimo takomillashtirib borish va ishdagi o‘rtoqlarini o‘sishiga yordam beradi.
    Demak, tarbiyachi avvalo, bilimli bo‘lishi, o‘zi yashab turgan ulkan hayotini bilishi, tabiat va jamiyatning qonuniyatlarini tushunishi, ijtimoy faol bo‘lishi, umumiy va maktabgacha tarbiya pedagogikasini, bolalar ruhiyati va fiziologiyasini egallashi va bolalarning yosh xususiyatlarini bilishi kerak. Shuningdek, pedagogik tarbiyachining hodisalarni tahlil qilishga ilmiy nuqtai nazardan yondashuvi bolani har tomonlama rivojlantirish muvaffaqiyatini amalga oshirishga imkon beradi. Mustaqillik munosabati bilan respublikamiz rahbariyati tarbiyachilarning faoliyatini yuqori baholamoqda. Yosh avlodni komil inson qilib, kamolot sari yetaklashdagi erishgan yutuqlari uchun va tarbiyachilar, metodist, katta, metodist tarbiyachi va boshqa shunga o‘xshash unvonlar bilan taqdirlanadilar. Ularga respublika miqyosidagi unvonlar beriladi. Xalq ta’limi xodimlari orasidan respublika, viloyat, tuman kengashlariga deputatlar saylanish, ularga bo‘lgan chuqur hurmat va ehtiromni bildiradi. Respublikamizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar bugungi kunda bog‘chada, akademik litsey va kasb-hunar kolleji hamda oliy o‘quv yurtlarida shakllanayotgan avlod ijobiy xulq-atvor me’yorlari va qoidalarini, ilmiy bilim asoslarini, kasb-hunar malaka va ko‘nikmalarini har tomonlama puxta egallab borishini talab qiladi. Buning uchun o‘sib kelayotgan yosh avlodni bilimlar bilan qurollantirish milliy qadriyatlarimiz, ma’naviyatimizni tiklash jahon madaniyati, milliy madaniyatimiz durdonalari bilan tanishtirish, ularni jismoniy sog‘lom ma’naviy yetuk qilib tarbiyalashdek vazifalar qo‘yildi. Davlat ahamiyatiga molik bunday vazifani amalga oshirishda umumta’lim maktablari bilan bir qatorda xalq ta’limining boshlang‘ich bo‘limi bo‘lgan bolalar bog‘chalari muhim rol o‘ynaydi. Buning uchun har bir tarbiyachi o‘zini talab va nazorat qila bilishi davlatimiz maktabgacha tarbiya muassasalari oldiga qo‘ygan talablarni amalga oshirishning garovidir.
    Bunga quyidagilar kiradi:

    • Bolaning sog‘lig‘ini saqlash va mustaqkamlash.

    • Aqliy qobiliyatini o‘stirish.

    • Milliy qadriyatimiz va ma’naviyatimizning g‘oyaviy-aqliy tamoyillariga mos keluvchi e’tiqod va qarashlarini tarkib toptirish.

    • Ona vatanga muhabbatini, ijtimoiy faollikni shakllantirish.

    • Yosh avlodda o‘rtoqlik, do‘stlik hissini halollik va mehnatsevarlikni tarkib toptirish.

    Demak, yuqorida keltirilgan sifatlarni tarkib toptirish o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash vazifasining hamma tomonlarini qamrab ololmaydi. Lekin tarbiyachi ishlarga asoslanib, bolalarni mustaqil hayotga va mehnatga tayyorlash ishini ma’lum bir maqsad bilan samaraliroq amalga oshirish mumkin. Mustaqillik munosabati bilan va tarbiyachilarning ma’naviy o‘sishlariga va moddiy ahamiyat berilmoqda. Masalan, Respublikamizda 1992 yil 1 oktabrni murabbiylar kuni deb nomlanishi hamda xalq maorifi xodimlarining maoshlari oshirilib, turmushlari yaxshilanib bormoqda. Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov o‘zining “Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati” nomli risolasida shunday yozadi: “Tarbiyachi — ustoz bo‘lish uchun boshqalarning aql-idrokini o‘stirish, ma’rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining o‘zi ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo‘lishi kerak”. Demak, bola shaxsini shakllantirishda tarbiyachi alohida ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, har bir bolaning shaxs sifatida shakllanishida javobgar ekanligini taqozo etadi. Shunga ko‘ra tarbiyachi bolalarga kundalik hayotda, o‘yinlarda, mashg‘ulotlarda, birgalikdagi mehnat faoliyatida, ular bilan bo‘ladigan muomalada, muloqotda ibrat, namuna bo‘lishi bolani har tomonlama diqqat bilan o‘rganishi, uning shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini bilishi, pedogogik nazokatini namoyon qilishi, bolalarning xulq-atvori ish natijalarini haqqoniy baholashi va ularga o‘z vaqtida yordam ko‘rsata olishi hamda oilaviy ahvoli bilan qiziqishi zarur hisoblanadi. Demak, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish respublika ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar muvaffaqiyatini ta’minlash ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan tarbiyachi murabbiylarning ma’naviy qiyofasi hamda kasbiy mahoratlariga ham bog‘likdir. Bolani tarbiyalash nihoyatda qiyin va murakkab jarayon bo‘lib, juda qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk kishilari jalb etilgandir. Xususan, qadimgi Gretsiya va Rim tarixidan yaxshi bilamizki, miloddan avvalgi davrlarda ham yosh avlod tarbiyasi o‘zining ma’naviy qiyofasi va aqliy qobiliyati bilan jamiyat a’zolari o‘rtasida yuksak hurmat ehtiromga sazovor bo‘lgan kishilar, ya’ni donishmandlar zimmasiga ishonib topshirilgandir. Ushbu holat yosh avlod tarbiyasi uning tashkil etilishi mazmunini faqat shaxs kamolotini emas, balki jamiyat taraqqiyotini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi. O‘zbekiston Respublikasida ham tarbiyachi-murabbiy kadrlarni ma’naviy qiyofasi, aqli salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo‘yilmoqda.
    Ayniqsa, bu borada O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 9-sessiyasida (1997 yil 29 avgust) so‘zlagan nutqida shunday fikrlarni bildiradi, ularga, albatta, diqqatni qaratish maqsadga muvofiqdir. “Tarbiyachilarning o‘ziga zamonaviy bilim berish, ularning ma’lumotini oshirish kabi paysalga solib bo‘lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz... tarbiyachi bolalarimizga zamonaviy bilim berishi uchun avvalo, murabbiyning ana shunday bilimga ega bo‘lishi kerak”. Yuqoridagi qayd etilgan fikrlardan bugungi kun tarbiyachisi shaxsiga nisbatan qo‘yilayotgan talablarning naqadar muhimligini anglash lozim. Demak, tarbiyachi-maxsus pedagogik, psixologik va mutaxassisligi bo‘yicha yetuk bilimli va yuksak fazilatli shaxs sanaladi. Shuning uchun zamonaviy tarbiyachi murabbiy qiyofasida quyidagi fazilatlarni namoyon eta olishi kerak. Zamonaviy murabbiy o‘zini mutaxassisligi bo‘yicha chuqur puxta bilimga ega bo‘lish, o‘z ustida tinimsiz ishlashi kerak. Tarbiyachi maktabgacha tarbiya pedagogikasi va psixologiya, fiziologiya fanlarining asoslarini bilish, ta’lim-tarbiya jarayonida bolalarning yoshi va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda faoliyatni tashkil etishi kerak. Tarbiyachi ta’lim-tarbiya jarayonida samarali shakl, metod va vositalaridan unumli foydalana olish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
    Tarbiyachi yuksak darajadagi pedagogik mahoratga, chunonchi kommunikativlik layoqatiga ega bo‘lish, pedagogik texnika, nutq, yuz, qo‘l, oyoq va gavda harakatlari, mimika, jest, pantomimika) qonuniyatlarini chuqur o‘zlashtirib olish lozim. Tarbiyachi bolalarni ko‘zata oladigan, ularni xulqi, xatti-harakati sabablarini to‘g‘ri tahlil qilib, unga ta’sir etuvchi vositalarni qo‘llay oladigan bo‘lishi kerak.
    Yosh avlodni kerakli bilim, malaka, ko‘nikmalardan xabardor qilish uchun tarbiyachi nutq madaniyatiga ega bo‘lishi va uning nutqi quyidagi xususiyatlarda aks ettira olishi kerak.
    Nutqning aniqligi. Nutqning irodaviyligi.
    Nutqning sofligi (uning turli sheva so‘zlaridan xoli bo‘lib), faqat adabiy tilda ifoda etish, jargon (muayyan kasb yoki soha mutaxassislarga xos so‘zlar), varvarizm (muayyan millat tilida bayon etiladigan nutqqa o‘zga millatlarga xos so‘zlarning o‘rinsiz qo‘llanilishi), vulgarizm (harakat qilish, so‘kishda qo‘llaniladigan so‘zlar) hamda konselyarizm (o‘rinli bo‘lmagan vaziyatlarda rasmiy nutqda so‘zlash) so‘zlaridan xoli bo‘lishi va pedagogning nutqi sodda, ravon va tushunarli bo‘lishi kerak.
    “Kompetentlik” tushunchasi ta’lim sohasiga psixologik izlanishlar natijasida kirib kelgan. Shu sababli kompetentlik “noan’anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o‘zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o‘zaro munosabatlarda yangi yo‘l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to‘la ma’lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik”ni anglatadi.
    Kasbiy kompetentlik – mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo‘llay olinishidir.
    Ijtimoiy kompetentlik – ijtimoiy munosabatlarda faollik ko‘rsatish ko‘nikma, malakalariga egalik, kasbiy faoliyatda subyektlar bilan muloqotga kirisha olish.
    Maxsus kompetentlik–kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga tayyorlanish, kasbiy-pedagogik vazifalarni oqilona hal qilish, faoliyati natijalarini real baholash, BKMni izchil rivojlantirib borish bo‘lib, ushbu kompetentlik negizida psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion va kommunikativ kompetentlik ko‘zga tashlanadi. Ular o‘zida quyidagi mazmunni ifodalaydi:
    Psixologik kompetentlik–pedagogik jarayonda sog‘lom psixologik muhitni yarata olish, talabalar va ta’lim jarayonining boshqa ishtirokchilari bilan ijobiy muloqotni tashkil etish, turli salbiy psixologik ziddiyatlarni o‘z vaqtida anglay olish va bartaraf eta olish;
    metodik kompetentlik– pedagogik jarayonni metodik jihatdan oqilona tashkil etish, ta’lim yoki tarbiyaviy faoliyat shakllarini to‘g‘ri belgilash, metod va vositalarni maqsadga muvofiq tanlay olish, metodlarni samarali qo‘llay olish, vositalarni muvaffaqiyatli qo‘llash;
    informatsion kompetentlik – axborot muhitida zarur, muhim, kerakli, foydali ma’lumotlarni izlash, yig‘ish, saralash, qayta ishlash va ulardan maqsadli, o‘rinli, samarali foydalanish;
    kreativ kompetentlik – pedagogik faoliyatga tanqidiy, ijodiy yondashish, o‘zining ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta olish;
    innovatsion kompetentlik–pedagogik jarayonni takomillashtirish, ta’lim sifatini yaxshilash, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga doir yangi g‘oyalarni ilgari surish, ularni amaliyotga samarali tatbiq etish;
    kommunikativ kompetentlik – ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari, jumladan, talabalar bilan samimiy muloqotda bo‘lish, ularni tinglay bilish, ularga ijobiy ta’sir ko‘rsata olish.
    Shaxsiy kompetentlik – izchil ravishda kasbiy o‘sishga erishish, malaka darajasini oshirib borish, kasbiy faoliyatda o‘z ichki imkoniyatlarini namoyon qilish.
    Texnologik kompetentlik – kasbiy-pedagogik BKMni boyitadigan ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirish, zamonaviy vosita, texnika va texnologiyalardan foydalana olish.
    Ektremal kompetentlik – favqulotda vaziyatlar (tabiiy ofatlar, texnologik jarayon ishdan chiqqan)da, pedagogik nizolar yuzaga kelganda oqilona qaror qabul qilish, to‘g‘ri harakatlanish malakasiga egalik.
    Kasbiy-pedagogik kompetentlikka ega bo‘lishda o‘z ustida ishlash, o‘zo‘zini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. O‘z-o‘zini rivojlantirish vazifalari o‘zini o‘zi tahlil qilish va o‘zini o‘zi baholash orqali aniqlanadi. O‘z ustida ishlash – pedagogning izchil ravishda o‘zining kasbiy BKM va shaxsiy sifatlarini rivojlantirib borish yo‘lida amaliy harakatlarni tashkil etishi.
    O‘z ustida ishlash quyidagilarda ko‘rinadi:
    kasbiy BKMni takomillashtirib borish;
    faoliyatga tanqidiy va ijodiy yondashish;
    kasbiy va ijodiy hamkorlikka erishish;
    ishchanlik qobiliyatini rivojlantirish;
    salbiy odatlarni bartaraf etib borish; ijobiy sifatlarni o‘zlashtirish.
    Pedagogning mutaxassis sifatida:
    aniq maqsad, intilish asosida pedagogik jarayonni takomillashtirish;
    -pedagogik jarayon samaradorligini, o‘zining ishchanlik faolligini oshirish;
    -izchil ravishda yangilanib borayotgan pedagogik bilimlarni o‘zlashtirish;
    -ilg‘or texnologiya, metod hamda vositalardan xabardor bo‘lish;
    -faoliyatiga fan-texnikaning so‘nggi yangiliklarini samarali tatbiq etish;
    kasbiy va malakalarini takomillashtirish;
    ko‘nikma salbiy pedagogik nizolarning oldini olish, bartaraf etish choralarini izlash yo‘lida olib boradigan amaliy harakati uning o‘z ustida ishlashini ifodalaydi.
    Pedagoglarning o‘z ustilarida izchil, samarali ishlashlarida faoliyatga loyihali yondasha olishlari qo‘l keladi. Ularning loyihali yondashuv asosida quyidagi modelni shakllantira olishlari maqsadga muvofiqdir.
    Pedagogning kasbiy kompetentlikka ega bo‘lishida o‘zini tahlil qila olishi ham ahamiyatli sanaladi. O‘zini o‘zi tahlil qilish pedagog tomonidan kasbiy faoliyatda tashkil etayotgan o‘z amaliy harakatlari mohiyatining o‘rganilishidir. O‘zini o‘zi tahlil qilish orqali pedagog o‘zini o‘zi obyektiv baholash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Zero, pedagoglarning kasbiy kompetentlik sifatlariga ega bo‘lishida ularning o‘z-o‘zini baholash malakalariga egaligi ham muhimdir. O‘zini o‘zi baholash (O‘O‘B) – shaxsning o‘z-o‘zini tahlil qilishi orqali o‘ziga baho berishi. O‘zini o‘zi baholash subyekt uchun shaxsiy imkoniyatlarini hisob-kitob qilish, o‘ziga obyektiv baho berish, o‘zidan qoniqishni ta’minlaydi. O‘z-o‘zini baholash shaxsning qobiliyatini o‘z kuchi bilan yuzaga chiqishiga yordamlashishi zarur. O‘z-o‘zini baholash qiyin, lekin shaxsni bunga bevosita tayyorlash mumkin. Har qanday mutaxassisda bo‘lgani kabi pedagogning ham o‘zini o‘zi samarali baholay olishiga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi.
    Pedagoglik kasbining shakllanishi kishilik taraqqiyoti tarixi bilan uzviy bog’liq. Terib-termachlab kun kechirgan ibtidoiy davr kishilari bolalarni o’zlari bilan ergashtirib yurib, ularga ov qilish, turli daraxt mevalarini terish, o’simliklarning ildizi kovlab olish, suv manbalarini izlab topish kabi harakatlarni amalga oshirishni o’rgatganlar. Bunday harakatlar qabila (urug’)ning tajribali kishilari yoki keksalar tomonidan amalga oshirilgan. Oddiy kundalik ehtiyojlarni qondirish yo’lida olib borilayotgan xatti-harakatlar asosida yoshlarga mavjud tajribalar asosida ma’lumotlarni berib, ularda amaliy ko’nikmalarni shakllantirganlar. Turli tovushlarni chiqarish yordamida atrofdagilarni yaqinlashayotgan xavfdan ogoh qilishni bolalar kattalarning namunalari asosida o’zlashtirganlar. Nutq va yozuv paydo bo’lgunga qadar bu kabi harakatlar imo-ishoralar asosida amalga oshirilgan. Kishilik tarixida tub inqilobni sodir etgan nutq va yozuvning paydo bo’lishi, shuningdek, urug’ jamoasi tomonidan bajariladigan mehnat faoliyatining turli sohalarga ajralishi yoshlarga nisbatan munosabatning ilg’or (progressiv) xarakter kasb etishiga imkon berdi.
    Turli tabiiy ofatlar ta’siridan himoyalanish, kishilar hayotiga xavf solayotgan kasalliklarni davolash, hayot kechirish uchun yetarli oziq-ovqatlarni jamlab olishga bo’lgan tabiiy ehtiyoj yoshlarga hayotiy tajribalarni ma’lum mehnat faoliyati yo’nalishida yetarlicha bilimga ega bo’lgan kishilar tomonidan berilishi maqsadga muvofiq ekanligini ko’rsatdi. Natijada bolalarga hayot tajribalarini o’rgatuvchi kishilar guruhi shakllandi hamda bolalarga ma’lum yo’nalishlar bo’yicha bilimlarni berish maxsus ajratilgan joylarda tashkil etila boshlandi.
    Dastlabki maktablar qadimgi SHarqda (Vavilon, Misr, Hindistonda paydo bo’lib, ularda bolalarga ma’muriy-xo’jalik boshqaruvi asoslari o’rgatilgan.
    Antik davrda maktablar Sparta, Afina va Rim tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismi sifatida faoliyat olib borganlar.
    Qadimgi Yunonistonda bunday joylar akademiya deb nomlangan. «Akademiya» so’zi afsonaviy qahramon Akadema nomidan kelib chiqqan. Eramizdan avvalgi IV asrda Afina yaqinidagi Akadema nomi bilan nomlanuvchi joyda Platon o’z shogirdlariga ma’ruzalar o’qigan bo’lib, keyinchalik ta’lim tashkil etiluvchi maskan ham shunday nom bilan atala boshlagan. qadimgi Rim va YUnonistonda bolalarga bilim berish faylasuflar zimmasiga yuklatilgan.
    Jamiyatning tabaqalanishi natijasida qudorlik tuzumida bolalarni ta’lim maskanlariga olib borish va olib kelish vazifasini qullar bajarishgan va ular «pedagog» deb nomlanganlar. Ushbu tushunchaning ma’nosi «bola yetaklovchi» demakdir.
    Tarixiy taraqqiyotning keyingi bosqichlarida bolalarga tizimli bilimlarni berish bilan doimiy shug’ullanuvchi kishilar aynan shu nom bilan atala boshlaganlar.
    Feodalizm davrida aksariyat maktablar masjid (musulmon mamlakatlarida) yoki ibodatxonalar (Hindiston) qoshida tashkil etilgan. Bunday maktablarda yoshlarga diniy bilimlar bilan birga dunyoviy bilimlar ham o’rgatilgan.
    O’rta asrlar davrida SHarqda akademiya ko’rinishidagi ta’lim muassasalari ham faoliyat yuritgan bo’lib, ular «Donishmandlar uyi» (IX asr, Bag’dod), «Ma’mun akademiyasi» (XI ar boshlari, Xorazm), observatoriyalar qoshidagi jamiyatlar (XV asr, Samarqand) tarzida nomlangan. Akademiyalarga turli fan yo’nalishlari bo’yicha kuchli bilimga ega bo’lgan qomusiy olimlar jalb etilgan bo’lib, ular tomonidan matematika, geodeziya, mineralogiya, meditsina, astronomiya kabi yo’nalishlarda keng ko’lamli tadqiqotlar olib borilgan.
    O’rta asrlar hamda kapital ishlab chiqarishiga asoslangan jamiyatlarda akademiya (SHarqda madrasa)lar ko’rinishidagi maktablarda ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk, turli sohalar bo’yicha mukammal bilimga ega pedagoglarning faoliyat yuritishlariga alohida ahamiyat qaratilgan. CHunonchi, Muhammad Tarag’ay Ulug’bek tomonidan barpo etilgan madrasalarda o’z davrining taniqli olimlari – Ali qushchi, Taftazoniy, qozizoda Rumiy, Mavlono Muhammad, /iyosiddin Jamshid Koshiy, Muiniddin Koshiy hamda Mansur Koshiylar talabalarga ta’lim berganlar. XIX asr oxiri hamda XX asr boshlarida yuzaga kelgan jadidizm harakatining asoschilari, taniqli ma’rifatparvarlar – Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvar qori, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulla Avloniy, Abduqodir SHakuriy, Ismatulla Raxmatullayev, Abdurauf Fitrat, Isohxon Ibrat va boshqalar aholi orasida nafaqat murabbiy, balki ma’naviy yetuk inson sifatida ham nom qozondilar.
    O’qituvchining asosiy vazifalari va uning shaxsiga qo’yiladigan talablar. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g’oyalarini amaliyotga tadbiq etish Respublika ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar muvaffaqiyatini ta’minlash, ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan o’qituvchi, tarbiyachi, ishlab chiqarish ustalarining ma’naviy qiyofasi hamda kasbiy mahoratlariga ham bog’liqdir.
    Shaxsni tarbiyalash ishi nihoyatda murakkab faoliyat jarayoni bo’lib, juda qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk kishilari jalb etilgandir. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uning tashkil etilishi mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi.
    Yuqorida qayd etilgan fikrlardan bugungi kun o’qituvchisi shaxsiga nisbatan qo’yilayotgan talablar mazmuni anglaniladi. Zamonaviy o’qituvchi qanday bo’lishi zarur?
    O’qituvchi (pedagog) pedagogik, psixologik va mutaxassislik yo’nalishlari bo’yicha maxsus ma’lumot, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarga ega hamda ta’lim muassasalarida faoliyat ko’rsatuvchi shaxs sanaladi.
    O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonunining 5-moddasi 3-bandiga muvofiq ta’lim muassasalarida sudlangan shaxslarning pedagogik faoliyat bilan shug’ullanishlariga yo’l qo’yilmaydi.
    Bizning nazarimizda, zamonaviy o’qituvchi-bakalavr qiyofasida quyidagi fazilatlar namoyon bo’la olishi kerak (so’z yuritilayotgan sifatlar mohiyatan o’qituvchi-bakalavr tomonidan amalga oshirilishi zarur bo’lgan vazifa, burch va mas’uliyatlarini ifodalaydi):
    1. O’qituvchi jamiyat ijtimoiy hayotida ro’y berayotgan o’zgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab yetishi hamda bu borada o’quvchilarga to’g’ri, asosli ma’lumotlarni bera olishi lozim.
    2. Zamonaviy o’qituvchining ilm-fan, texnika va texnologiya yangiliklari va yutuqlaridan xabardor bo’lishi talab etiladi.
    3. O’qituvchi o’z mutaxassisligi bo’yicha chuqur, puxta bilimga ega bo’lishi, o’z ustida tinimsiz izlanishi lozim.
    4. O’qituvchi pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini puxta bilish, ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda faoliyat tashkil etishi kerak.
    5. O’qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida eng samarali shakl, metod va vositalardan unumli foydalana olish imkoniyatiga ega bo’lmog’i lozim.
    6. O’qituvchi ijodkor, tashabbuskor va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo’lishi shart.
    7. O’qituvchi yuksak darajadagi pedagogik mahorat, chunonchi, kommunikativlik layoqati, pedagogik texnika (nutq, yuz, qo’l-oyoq va gavda harakatlari, mimika, pantomimika, jest) qoidalari chuqur o’zlashtirib olishga erishishlari lozim.
    8. O’qituvchi nutq madaniyatiga ega bo’lishi zarur, uning nutqi quyidagi xususiyatlarni o’zida aks ettira olishi kerak:
    a) nutqning to’g’riligi;
    b) nutqning aniqligi;
    v) nutqning ifodaviyligi;
    g) nutqning sofligi (uning turli sheva so’zlaridan holi bo’lib, faqat abadiy tilda ifoda etilishi); jargon (muayyan kasb yoki soha mutaxassisliklariga xos so’zlar); varvarizm (muayyan millat tilida bayon etilayotgan nutqda o’zga millatlarga xos so’zlarni noo’rin qo’llanilishi); vulgarizm (haqorat qilish, so’kishda qo’llaniladigan so’zlar) hamda konselyarizm (o’rni bo’lmagan vaziyatlarda rasmiy so’zlardan foydalanish) so’zlardan holi bo’lishi, o’qituvchining nutqi sodda, ravon va tushunarli bo’lishi kerak;
    d) nutqning ravonligi;
    j) nutqning boyligi (hikmatli so’zlar, ibora va maqollar, matallar hamda ko’chirma gaplardan o’rinli va samarali foydalana olish).
    9. O’qituvchi kiyinish madaniyati (sodda, ozoda, bejirim kiyinishi), ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchining diqqatini tez jalb etuvchi turli xil bezaklar (oltin, kumush taqinchoqlar)dan foydalanmasligi, fasl, yosh, gavda tuzilishi, yuz qiyofasi, hatto, soch rangi va turmagiga muvofiq ravishda kiyinishni o’zlashtirishga erishishi.
    10. O’qituvchi shaxsiy hayotda pok, atrofdagilarga o’rnak bo’la olishi lozim.
    O’qituvchi pedagogik muloqot jarayonining faol ishtirokchisi sifatida o’zida bir qator sifatlarning tarkib topishiga erishishi zarur. Chunonchi, u eng avvalo, mulohazali, bosiq, vaziyatni to’g’ri baholay oladigan, mavjud ziddiyatlarni barataraf etishning uddasidan chiqa olishi zarur. O’quvchi, ota-onalar hamda hamkasblari bilan mulohot jarayonida fikrini aniq va to’la bayon etilishiga ahamiyat qaratishi maqsadga muvofiq. Ular bilan munosabat jarayonida so’zni salbiy holatlar haqidagi dalillarni keltirishdan emas, aksincha, o’quvchi (yoki hamkasbi, ota-onalar)ning muvaffaqiyatlarini e’tirof etishi, ularning yanada boyishiga ishonch bildirishi u bilan tillasha olishiga imkon beradi. Muloqot jarayonida o’qituvchining so’zlaridan suhbatdoshiga nisbatan xayrihohlik, samimiylik, do’stona munosabat sezilib turishi, shuningdek, imkon qadar ko’tarinki kayfiyatda bo’lishi zarur.
    O’qituvchi shaxsining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyofasi uning o’quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar o’rtasida obro’-e’tibor qozonishini ta’minlaydi.

    Download 36.14 Kb.
      1   2




    Download 36.14 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tarbiyachi va pedagoglarning jamiyatda tutgan о‘mi Reja

    Download 36.14 Kb.