Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/322
Sana17.05.2024
Hajmi3,57 Mb.
#239820
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   322
Bog'liq
lavozim yoʻriqnomalari

4-bob. Shoʻba boshligʻining
javobgarligi 
8. Shoʻba boshligʻi oʻz lavozim majburiyatlari hamda boʻlim nizomiga muvofiq boʻlimga 
yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi uchun javob beradi.
9. Shoʻba faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishilishi uchun javob 
beradi. 
10. Foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy 
texnikadan oqilona foydalanilishi hamda ularning but saqlanishini va oʻzi ish olib boradigan 
xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlaydi. 
11. Shoʻbada hujjatlar bilan ishlash, ularni belgilangan tartibda saqlanishini taʼminlashga 
shaxsan javob beradi. 
12. Shoʻba boshligʻi imzo qoʻygan hujjatlarning va oʻzi bergan xulosalarning 
qonunchilikka muvofiqligi uchun javob beradi. 
13. Shoʻba boshligʻi mazkur lavozim yoʻriqnomasi va boshqa qonun hujjatlariga asosan 
zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun 
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tegishli tartibda intizomiy va moddiy 
javobgardir. 


 
Darsliklar bilan taʼminlash va kutubxonalar faoliyatini rivojlantirish shoʻbasi metodisti 
lavozim
YOʻRIQNOMASI 
1-bob. Umumiy qoidalar 
1. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi maktabgacha va maktab 
taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi 
boshqarmalarining (keyingi oʻrinlarda hududiy boshqarmalar) Darsliklar bilan taʼminlash va 
kutubxonalar faoliyatini rivojlantirish Shoʻba metodisti (bundan buyon matnda – shoʻba 
metodisti) ning lavozim majburiyatlari, huquqlari va javobgarliklarini belgilab beradi; 
2. Shoʻba metodisti
 
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi 
bilan kelishilgan holda Hududiy boshqarmalari boshligʻi tomonidan lavozimga tayinlanadi va 
lavozimidan ozod etiladi; 
Shoʻba metodisti bevosita boshliqqa boʻysunadi va oʻz faoliyatini boshqarma rahbariyati 
tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida amalga oshiradi. 
3. Shoʻba metodisti Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari 
va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va 
farmoyishlariga, vazirlikning hayʼati qarorlari, vazirning buyruqlariga hamda boshqarma 
boshligʻi koʻrsatmalariga (bundan buyon matnda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va 
Hukumati hamda vazirlikning hujjatlari), “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab 
taʼlimi vazirligi Markaziy apparatida ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat qilish toʻgʻrisidagi 
Yoʻriqnoma” hamda mazkur yoʻriqnomaga amal qilgan holda faoliyatini olib boradi. 

Download 3,57 Mb.
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   322




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari

Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish