aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga
nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarning
ishlab chiqilishida
ishtirok etadi;
qonunchilik hujjatlari bilan boshqarma zimmasiga yuklatilgan korrupsiyaga qarshi
kurashish boʻyicha vazifalarga muvofiq xorijiy davlatlarning vakolatli organlariga zarur
axborotni taqdim etish toʻgʻrisida soʻrovlar yuboradi va ularning soʻrovlariga javob berishda
ishtirok etadi;
Boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarini takomillashtirish
yuzasidan xorijiy mutaxassislarni jalb etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
korrupsiyaviy xatti-harakatlarni bartaraf qilish yoki korrupsiyaviy
jinoyatlarni tergov
qilish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan
hamkorlik qiladi;
oʻqituvchining kasbiy faoliyatiga ota-onalar, vakolatga ega boʻlmagan idora va
tashkilotlarning aralashish huquqiga ega emasliklari, shuningdek, oʻqituvchilik
faoliyatining
erkinligi va kafolatlari toʻgʻrisida qonunchilikdagi mustahkamlangan normalarni targʻib qiladi;
huquqbuzarlik sodir etilganida oʻqituvchining maʼmuriy huquqbuzarlik yuzasidan sudga
ariza bilan murojaat qilish huquqi boʻyicha profilaktika tadbirlari oʻtkazadi;
oʻqituvchining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki oʻqituvchining
xizmat vazifalarini bajarishga toʻsqinlik qilish holatlarini oʻrganadi va tegishli chora-tadbirlar
belgilaydi;
pedagog xodimni lavozim majburiyati va kasbiy faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan
ishlarga, yigʻilishlar va boshqa tadbirlarga jalb qilish holatlarini aniqlaydi;
pedagog xodimlar va oʻquvchilarni majburiy mehnatga, shu jumladan tuman va shaharlar
hududlarini obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish ishlari, mavsumiy qishloq xoʻjaligi
ishlari, metall chiqindilari va makulatura yigʻish, shuningdek, boshqa turdagi mavsumiy ishlarga
jalb qilish holatlarini oldini olish choralarini koʻradi;
Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog
xodimlarning qonuniy huquqlarini himoya qiladi;
oʻqituvchilarning huquqlari, shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini himoya qilish
masalasida va mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari
ustidan sudga murojaat qiladi;
korrupsiyaga
qarshi
kurashish
sohasida
boshqarma
boʻlimlari
faoliyatini
muvofiqlashtiradi, nazorat qiladi va uslubiy koʻmaklashadi;
jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qiladi;
ish yurituviga berilgan ariza, shikoyat va takliflarni har tomonlama xolisona koʻrib
chiqilishini taʼminlaydi;
xodimlarning ariza, shikoyat va takliflarini koʻrib chiqish bilan bogʻliq faoliyatini
oʻrganishda ishtirok etadi, bu yoʻnalishdagi ishlarni takomillashtirish boʻyicha takliflarni kiritadi.
6. Boshqarma qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga
oshiradi.
Tuzilma Nizomi va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan yuklatilgan funksiyalarni zarur
darajada va samarali bajarish;
qonunchilik hujjatlari talablariga qatʼiy rioya qilish va oʻz
vakolat doirasidan chetga
chiqmaslik;
Tizimida jinoyat alomatlari, xususan korrupsiya holatlari aniqlanganligi toʻgʻrisida
zudlik bilan toʻgʻridan-toʻgʻri Vazirlikka va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar
berish;
Boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, odob-axloq qoidalarining
korrupsiyaga oid qismining buzilganligi fakti yuzasidan maʼlumotnomalar kiritish;
har chorakda, keyingi chorak birinchi oyining birinchi besh kunligida korrupsiyaga qarshi
kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar va chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi choraklik hisobotni
Vazirlikning