davlat organining qonunga xilof qarorlari va uning mansabdor shaxslarining qonunga xilof
harakatlari (harakatsizligi)
ustidan shikoyat qilish;
davlat organi rahbariyatining noqonuniy topshiriq va talablarini bajarishdan bosh tortish;
davlat fuqarolik xizmatidagi korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar faktlari toʻgʻrisida xabar
bergan taqdirda, davlat himoyasi bilan taʼminlanish;
xizmatga oid masalalar yuzasidan davlat organining rahbariyatiga oʻz fikrini bildirish, oʻzi
davlat fuqarolik xizmatini oʻtayotgan davlat organining faoliyatini takomillashtirish boʻyicha
takliflar
kiritish;
oʻzining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsi davlat organining rahbariyati hamda
boshqa mansabdor shaxslar tomonidan hurmat qilinishi;
davlat organi tomonidan qayta tayyorlash va malaka oshirishga yuborilgan taqdirda,
shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda
davlat fuqarolik xizmati
lavozimining va ish haqining saqlanib qolishi;
qonunchilikda belgilangan tartibda davlat fuqarolik xizmatini oʻtash vaqtida yetkazilgan
moddiy zararning oʻrni qoplanishi va maʼnaviy ziyonning kompensatsiya qilinishi;
oʻzining mehnat huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini
qonunda taqiqlanmagan
barcha usullar bilan himoya qilish;
davlat fuqarolik xizmati masalalari yuzasidan maxsus vakolatli davlat organiga murojaat
qilish;
oʻzining shaxsiy hujjatlari toʻplami bilan tanishish.
zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun boshqarma rahbarlari bilan kelishgan
holda boshqarma tarkibiy boʻlinmalari, tasarrufdagi tashkilotlar tuman (shahar) boʻlimlaridan
xodimlarini
jalb etish, shuningdek boshqa tashkilotlarning mutaxassislari va malakali
ekspertlarini, shu jumladan, fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida jalb etilishi boʻyicha
boshqarma boshligʻiga taklif kiritish;
xizmat majburiyatlari doirasida xizmat aloqasi, davlatlararo va shaharlararo aloqa, elektron
pochta, internet tarmogʻidan
tekin foydalanish;
oʻz yoʻnalishi boʻyicha, shuningdek, shaxsiy rivojlanishga qaratilgan malakasini oshirish
va qayta tayyorlash kurslarida ishtirok etish;
7. Shoʻba boshligʻi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi
mumkin.