Nazorat-tahlil, ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash shoʻbasi yetakchi mutaxassisining
lavozim yoʻriqnomasi
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi Nazorat-tahlil, ijro intizomi va murojaatlar bilan
ishlash shoʻbasi yetakchi mutaxassisi
(bundan buyon matnda – yetakchi mutaxassis)ning
lavozim majburiyatlari, huquqlari va javobgarliklarini belgilab beradi.
2. Yetakchi mutaxassis Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi
vaziri, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari (keyingi
oʻrinlarda Hududiy boshqarma) buyrugʻiga koʻra lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod
etiladi.
Yetakchi mutaxassis bevosita boshqarma boshligʻi va shoʻba boshligʻiga boʻysunadi va
oʻz faoliyatini boshqarma rahbariyati tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida amalga oshiradi.
3. Yetakchi mutaxassis Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga,
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarorlari va farmoyishlariga, vazirlikning hayʼati qarorlari, vazirning buyruqlariga hamda
boshqarma boshligʻi koʻrsatmalariga (bundan buyon matnda Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti va Hukumati hamda vazirlikning hujjatlari), “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha
va maktab taʼlimi vazirligi Markaziy apparatida ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat qilish
toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma” hamda mazkur yoʻriqnomaga amal qilgan holda faoliyatini olib
boradi.