-bob. Shoʻba boshligʻining huquqlari




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/322
Sana17.05.2024
Hajmi3,57 Mb.
#239820
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   322
Bog'liq
lavozim yoʻriqnomalari

3-bob. Shoʻba boshligʻining huquqlari 
6. Shoʻba boshligʻi quyidagi huquqlarga ega: 
oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning oʻziga xos xususiyati va murakkabligiga, 
bajarilgan ishlarning miqdori hamda sifatiga muvofiq oʻz vaqtida va toʻliq hajmda ish haqi olish; 
kasbiy kompetensiyalari va alohida xizmatlari uchun ragʻbatlantirilish; 
davlat organining mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar 
hisobidan muntazam ravishda malakasini oshirib borish; 
mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda hamda shartlarda mehnat 
shartnomasiga oʻzgartishlar kiritish va shartnomani bekor qilish; 
oʻz mansab vakolatlarini, xizmat majburiyatlarini va javobgarligini belgilovchi lavozim 
yoʻriqnomasi va boshqa hujjatlar bilan tanishish; 
mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiq boʻlgan ish oʻrniga ega boʻlish; 
ish vaqti davomiyligining chegarasini, ayrim davlat fuqarolik xizmatchilari uchun 
qisqartirilgan ish vaqtini belgilash, har haftalik dam olish kunlari, ishlanmaydigan bayram 
kunlari, shuningdek yillik mehnat taʼtillari berish orqali taʼminlanadigan tarzda dam olish; 
qonunchilikka muvofiq huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilinish, shuningdek davlat 
pensiya taʼminotini olish; 
davlat organining qonunga xilof qarorlari va uning mansabdor shaxslarining qonunga 
xilof harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish; 
davlat organi rahbariyatining noqonuniy topshiriq va talablarini bajarishdan bosh 
tortish; 
davlat fuqarolik xizmatidagi korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar faktlari toʻgʻrisida 
xabar bergan taqdirda, davlat himoyasi bilan taʼminlanish; 
xizmatga oid masalalar yuzasidan davlat organining rahbariyatiga oʻz fikrini bildirish, 
oʻzi davlat fuqarolik xizmatini oʻtayotgan davlat organining faoliyatini takomillashtirish 
boʻyicha takliflar kiritish; 
oʻzining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsi davlat organining rahbariyati hamda 
boshqa mansabdor shaxslar tomonidan hurmat qilinishi; 
davlat organi tomonidan qayta tayyorlash va malaka oshirishga yuborilgan taqdirda, 
shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda davlat fuqarolik xizmati 
lavozimining va ish haqining saqlanib qolishi; 
qonunchilikda belgilangan tartibda davlat fuqarolik xizmatini oʻtash vaqtida yetkazilgan 
moddiy zararning oʻrni qoplanishi va maʼnaviy ziyonning kompensatsiya qilinishi; 
oʻzining mehnat huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini qonunda 
taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilish; 
davlat fuqarolik xizmati masalalari yuzasidan maxsus vakolatli davlat organiga 
murojaat qilish; 
oʻzining shaxsiy hujjatlari toʻplami bilan tanishish. 


shoʻba
 
faoliyatiga yakka boshchilik asosida umumiy rahbarlikni amalga oshirish, 
boʻysunuvidagi xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirish, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi va 
funksional vazifalar, aniq topshiriqlarning bajarilishi uchun har bir xodimning javobgarlik 
doirasini belgilash; 
shoʻba
 
zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan 
maʼlumotlar, xulosalar va boshqa hujjatlarni boshqarma xodimlari va tuman (shahar) boʻlimlari, 
tasarrufdagi tashkilotlar shuningdek boshqarma rahbariyati bilan kelishilgan holda boshqa davlat 
va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan belgilangan tartibda soʻrab olish va ular bilan oʻzaro 
hamkorlik qilish; 
shoʻba zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun boshqarma rahbariyati va 
rahbari bilan kelishgan holda boshqarma tarkibiy boʻlinmalari, tasarrufdagi tashkilotlar tuman 
(shahar) boʻlimlaridan xodimlarini jalb etish, shuningdek boshqa tashkilotlarning mutaxassislari 
va malakali ekspertlarini, shu jumladan, fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida jalb etilishi 
boʻyicha boshqarma boshligʻiga taklif kiritish; 
shoʻba vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha boshqarma tarkibiy boʻlinmalari, tuman 
(shahar) boʻlimlari va tasarrufdagi tashkilotlar faoliyatini oʻrganish, tahlil qilish va 
kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha taklif tayyorlash; 
xizmat majburiyatlari doirasida xizmat aloqasi, davlatlararo va shaharlararo aloqa, 
elektron pochta, internet tarmogʻidan tekin foydalanish; 
mehnat qonunchiligi asosida shoʻba xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan 
ozod etish, shuningdek, alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni ragʻbatlantirish yuzasidan 
boshqarma boshligʻiga takliflar kiritish; 
oʻz yoʻnalishi boʻyicha, shuningdek, shaxsiy rivojlanishga qaratilgan malakasini 
oshirish va qayta tayyorlash kurslarida ishtirok etish; 
7. Shoʻba boshligʻi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi 
mumkin. 

Download 3,57 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   322




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish