-bob. Bosh yuriskonsultning huquqlari




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/322
Sana17.05.2024
Hajmi3,57 Mb.
#239820
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   322
Bog'liq
lavozim yoʻriqnomalari

3-bob. Bosh yuriskonsultning huquqlari
20. Bosh yuriskonsult quyidagi huquqlarga ega: 
Boshqarmaga kelib tushayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni tanishish, xizmatda 
foydalanish va ularning tizimlashtirilgan hisobini yuritish uchun birinchi navbatda olish
Boshqarma, uning huzuridagi tashkilotlar va muassasalar mansabdor shaxslaridan yuridik 
xizmatga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va 
maʼlumotlarni olish; 
Shoʻba boshligʻining topshirigʻiga asosan vazir tomonidan chaqiriladigan huquqiy 
masalalarga tegishli yigʻilishlar, kengashlar va majlislarda ishtirok etish; 
Boshqarma rahbariyatining topshirigʻiga koʻra yoki tegishli tuzilma rahbarining roziligi 
bilan ularning xodimlarini normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash 
uchun, huquqiy ishlarni amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa tadbirlarga jalb qilish
qonunchilikka zid boʻlgan, qonunchilik texnikasi talablariga javob bermaydigan normativ-
huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini ijrochilariga puxta ishlash uchun qaytarish, oʻz 
eʼtirozlarini asoslagan holda, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida huquqiy 
xulosalar berish, rahbariyat topshirigʻiga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan boshqa tuzilmalar bilan 
birgalikda ushbu loyihalarni puxta ishlanishida ishtirok etish; 
Boshqarma huzuridagi tashkilotlar va muassasalarda Boshqarma vakolatiga kiradigan 
masalalar boʻyicha qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishi masalalarini oʻrganish; 
Boshqarma, shuningdek uning huzuridagi tashkilotlar va muassasalarning qonunchilik 
hujjatlari bajarilishini taʼminlamayotgan yoxud ularni buzayotgan rahbarlari va xodimlarini 
javobgarlikka tortish haqida rahbariyatga takliflar kiritish; 
Shoʻba boshligʻining topshirigʻiga asosan Boshqarmada, shuningdek uning huzuridagi 
tashkilotlar va muassasalarda yoki Boshqarma tomonidan oʻtkaziladigan tekshirishlar, taftishlar 
va xatlovlarda, shuningdek ularning yakunlari boʻyicha hujjatlarni koʻrib chiqishda ishtirok etish 
hamda aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan huquqiy xulosalar berish; 
talabnoma-daʼvo tartibida davlat organi va tashkiloti foydasiga hal qilingan nizolar 
yuzasidan undirilgan summaning 5 foizi, biroq eng kam oylik ish haqining 50 barobardan koʻp 
boʻlmagan miqdorda mukofot olish. 
Bosh yuriskonsult qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi 
mumkin. 
21. Shoʻba boshligʻi vaqtincha ishda boʻlmaganda (mehnat taʼtili, vaqtincha mehnatga 
layoqatsizlik, xizmat safari va boshqa sabablarga koʻra) yoki mazkur lavozim boʻsh (vakant) 
boʻlganda uning vazifasini bosh yuriskonsult amalga oshiradi. 

Download 3,57 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   322




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish