-bob. Shoʻba boshligʻining lavozim majburiyatlari




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/322
Sana17.05.2024
Hajmi3,57 Mb.
#239820
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   322
Bog'liq
lavozim yoʻriqnomalari

2-bob. Shoʻba boshligʻining lavozim majburiyatlari 
5. Shoʻba faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, xodimlar oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi 
hamda berilgan vazifalar va topshiriqlarning bajarilishi uchun xodimning javobgarlik doirasini 
belgilaydi. 
6. Shoʻba boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi 
Yuridik boʻlimi bilan muvofiqlashtirgan holda Shoʻba ishlarini olib boradi. 
7. Yuridik xizmat bilan bogʻliq ishlarni qonunchilik hujjatlariga asosan olib boradi. 
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi 
Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini 
oʻrganilishi, belgilangan tartibda javob berilishi uchun javob beradi. 
8. Boshqarma tizimidagi muassasa va tashkilotlarda xodimlarning normativ hujjatlar bilan 
taʼminlanganlik darajasini oʻrganadi va ularga amaliy yordam beradi. 
9. Shoʻba boshligʻi yuridik xizmat va maktabgacha va maktab taʼlimi sohasiga bevosita 
tegishli normativ-huquqiy hujjatlar bazasini tayyorlash yuzasidan ishlarga boshchilik qiladi va 
ushbu vazifaning bajarilishini bevosita nazorat qiladi. 
10. Quyidagilar Shoʻba boshligʻi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi: 
Boshqarmaning huquqni qoʻllash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni 
taʼminlashni tashkil etish; 
Boshqarma xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga 
qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, shu jumladan 
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazishda ishtirok etish; 
shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-daʼvo ishlarini yuritish, Boshqarmaning mulkiy va 
boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini taʼminlash. 
11. Shoʻba boshligʻi oʻz faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini bajarish uchun quyidagi 
funksiyalarni amalga oshiradi: 


1) Boshqarmaning huquqni qoʻllash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni 
taʼminlashni tashkil etish sohasida: 
a) Boshqarmada, shuningdek tegishli tuzilmalarda qonun buzilishlarini, ularning sabablari 
va shart-sharoitlarini bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritadi, ushbu chora-tadbirlarni amalga 
oshirishda ishtirok etadi; 
b) Boshqarma rahbariyatiga taqdim qilinadigan buyruqlar, shartnomalar va yuridik tusdagi 
boshqa hujjatlar loyihalarini ularning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan 
oʻtkazadi hamda ular boʻyicha eʼtiroz va takliflar boʻlmasa, viza qoʻyadi. Bunda loyihalarga 
Shoʻba boshligʻi tomonidan boshqarmaning boshqa tarkibiy tuzilmalari boshliqlari 
(xodimlari)dan keyin viza qoʻyiladi; 
d) jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini amalga oshirishga taʼsir 
etadigan boshqarmaning qarorlari yuzasidan xulosalar beradi; 
e) mustaqil ravishda yoki boshqa tuzilmalar bilan birgalikda boshqarmaning buyruqlari, 
shartnomalari va yuridik tusdagi boshqa hujjatlarini ishlab chiqish, ularga oʻzgartish
va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida 
takliflar tayyorlaydi; 
f) Boshqarmada, shuningdek tegishli tuzilmalarda huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganadi, 
tahlil qiladi va umumlashtiradi, uni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi va 
rahbariyatga kiritadi; 
g) Boshqarmaning boshqa tuzilmalari bilan birgalikda boshqarma, shuningdek uning 
huzuridagi tashkilotlar va muassasalar hamda ularning mansabdor shaxslari faoliyatida 
qonuniylikning buzilishi koʻrsatilgan arizalar, takliflar va shikoyatlarni koʻrib chiqishda ishtirok 
etadi; 
h) Boshqarmada boshqaruv tizimini takomillashtirish, boshqarma huzuridagi tashkilotlar 
va muassasalar hamda ularning mansabdor shaxslarining huquq va majburiyatlarini belgilash 
boʻyicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi; 
i) Boshqarmada mehnat haqidagi qonunchilikka rioya etilishini taʼminlashda, shu 
jumladan mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarni (mehnat shartnomasi, 
jamoa shartnomasi, jamoa bitimi va boshqalarni) ishlab chiqishda ishtirok etadi, ushbu hujjatlar 
loyihalarining qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi va huquqiy xulosa beradi; 
j) Boshqarma rahbariyatiga davlat organi va tashkiloti faoliyatida qonun ustuvorligi va 
qonuniylikni taʼminlash ahvoli yuzasidan hisobot taqdim etadi; 
k) Boshqarma xodimlarining kasaba uyushmalari va boshqa vakillik organlariga 
vakolatlarini amalga oshirishda yuridik yordam koʻrsatadi; 
3) Boshqarma xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, 
ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, shu jumladan 
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazish sohasida: 
a) Boshqarma rahbariyati uchun qonunchilik masalalari boʻyicha tahliliy materiallar 
tayyorlaydi; 
b) Boshqarma, shuningdek uning huzuridagi tashkilotlar va muassasalar xodimlarining 
huquqiy bilimlarini oshirish tadbirlarini tashkil etish toʻgʻrisida takliflar kiritadi, ushbu 
tadbirlarni oʻtkazishda ishtirok etadi; 
d) Boshqarma faoliyatiga tegishli qonunchilikni targʻib qilish ishlarini amalga oshiradi
e) zudlik bilan Boshqarma axborot xizmatiga Boshqarma veb-saytiga joylashtirish 
maqsadida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning mazmun va ahamiyati 
toʻgʻrisida maʼlumotlar kiritadi; 
f) Boshqarma xodimlarining murojaatlari boʻyicha ularga boshqarma faoliyatiga tegishli 
huquqiy hujjatlarni topishga koʻmaklashadi, zarur hollarda ularning qoidalari boʻyicha 
tushuntirishlar beradi;


g) qonunchilikka kiritilgan oʻzgartirishlar haqidagi maʼlumotlarni, sud amaliyotini, Adliya 
vazirligining huquqiy ishlarga taalluqli koʻrsatmalarini boshqarma huzuridagi tashkilotlar va 
muassasalarga yetkazadi; 
4) shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-daʼvo ishlarini yuritish, davlat organi va 
tashkilotining mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini taʼminlash sohasida: 
a) davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek fuqarolar bilan nizolar vujudga kelganda, 
mustaqil yoki boshqa tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda ularni sudgacha hal etish choralarini 
koʻradi; 
b) boshqa tuzilmalar bilan birgalikda boshqarma tomonidan shartnomalarni tayyorlash va 
tuzish ishlarida ishtirok etadi, ularning qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi hamda 
shartnomalar loyihalariga, agar eʼtiroz va takliflar boʻlmasa, viza qoʻyadi. Bunda loyihalarga 
Shoʻba boshligʻi tomonidan boshqarmaning boshqa tarkibiy tuzilmalari boshliqlaridan 
(xodimlaridan) keyin viza qoʻyiladi;
d) shartnomalarni tuzish, bajarish, oʻzgartirish va bekor qilishning belgilangan tartibiga 
rioya etilishini nazorat qiladi; 
e) Boshqarma tomonidan tuzilgan shartnomalarni zarur darajada bajarish boʻyicha takliflar 
kiritadi, shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishda 
ishtirok etadi;
f) Boshqarmaning manfaatlarini himoya qilish boʻyicha talabnomalar tayyorlashda va 
davlat organi va tashkilotiga nisbatan bildirilgan talabnomalarni koʻrib chiqishda ishtirok etadi, 
Boshqarmada talabnomalar bildirish va ularni koʻrib chiqish tartibiga rioya etilishini nazorat 
qiladi; 
g) tegishli tuzilmalar bilan birgalikda boshqarmaning debitorlik va kreditorlik qarzlari 
ahvolini oʻrganadi, ularning miqdorini kamaytirish choralarini koʻradi; 
h) shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar yuzasidan daʼvo ishlarini olib 
boradi; 
i) Boshqarmaning mulkiy va boshqa manfaatlarini huquqiy himoya qilish uchun zarur 
boʻlgan hujjatlarni tayyorlashda hamda belgilangan tartibda sud majlislarida ishtirok etadi; 
j) mulkni saqlash masalalari boʻyicha huquqiy tusdagi hujjatlar loyihalarining qonun 
hujjatlariga muvofiqligini tekshiradi va ularni tayyorlashda ishtirok etadi; 
k) boshqa tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda boshqarmada mulkning talon-taroj qilinishi, 
kamomad va noishlab chiqarish xarajatlarining kelib chiqishi sabablari va sharoitlarini tahlil 
qiladi hamda ularni bartaraf etish choralarini koʻradi, mulkning talon-taroj qilinishi va kamomad 
holatlari boʻyicha materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga yuborish uchun 
rasmiylashtiradi; 
l) moddiy boyliklar va pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi hujjatlar 
loyihalari, shuningdek qonun buzilishlari va suiisteʼmollar aniqlangan auditorlik tekshiruvlari va 
xatlovdan oʻtkazish dalolatnomalari boʻyicha huquqiy xulosalar beradi. 
Shoʻba boshligʻi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga 
oshiradi. 
12. Shoʻba boshligʻiga ushbu Yoʻriqnomada yoki boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda 
tutilmagan funksiyalar yuklatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. 
13. Shoʻba ishining samaradorligini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish yuzasidan 
tavsiyalar ishlab chiqadi. 
14. Shoʻba faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, Shoʻba faoliyatiga 
oid muhim masalalar haqida boshqarma boshligʻiga muntazam ravishda axborot beradi. 
15. Shoʻba xodimlarining ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik 
texnikasi, yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya etishlarini nazorat qiladi. 


16. Rahbariyat topshirigʻiga asosan xizmat safarlariga boradi. 
17. Jamoa va mehnat shartnomalari shartlariga amal qiladi. 
18. Ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi qoidalari 
talablariga rioya qiladi. 
19. Mazkur lavozim yoʻriqnomasida bayon qilingan zimmasiga yuklatilgan vazifalarni 
bajaradi.

Download 3,57 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   322




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. Shoʻba boshligʻining lavozim majburiyatlari

Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish