-bob. Bosh yuriskonsultning lavozim majburiyatlari




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/322
Sana17.05.2024
Hajmi3,57 Mb.
#239820
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   322
Bog'liq
lavozim yoʻriqnomalari

2-bob. Bosh yuriskonsultning lavozim majburiyatlari 
5. Bosh yuriskonsult oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va 
qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi 
Prezidenti va Hukumati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi 
vazirligining normativ hujjatlariga amal qiladi. 
6. Boshqarmalari hamda uning tasarrufidagi tashkilotlar va muassasalar xodimlari 
ishtirokida ishlarni olib boradi.
7. Yuridik xizmat bilan bogʻliq ishlarni qonunchilik hujjatlariga asosan olib boradi. 
8. Boshqarma tizimidagi tashkilot va muassasalarda xodimlarning normativ hujjatlar bilan 
taʼminlanganlik darajasini oʻrganishda qatnashadi va amaliy yordam beradi. 
9. Bosh yuriskonsult yuridik xizmat va maktabgacha va maktab taʼlimi sohasiga bevosita 
tegishli normativ-huquqiy hujjatlar bazasini tayyorlashni muvofiqlashtiradi. 
10. Quyidagilar bosh yuriskonsult faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi: 
Boshqarmaning huquqni qoʻllash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni 
taʼminlashni tashkil etish; 
Boshqarma xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga 
qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, shu jumladan 
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazishda ishtirok etish
shartnomaviy-huquqiy 
va 
talabnoma-daʼvo 
ishlarini 
yuritish, davlat organi
va tashkilotining mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini taʼminlash. 
11. Bosh yuriskonsult oʻz faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini bajarish uchun quyidagi 
funksiyalarni amalga oshiradi: 
1) Boshqarmaning huquqni qoʻllash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni 
taʼminlashni tashkil etish sohasida: 


a) Boshqarmada, shuningdek tegishli tuzilmalarda qonun buzilishlarini, ularning sabablari 
va shart-sharoitlarini bartaraf etish yuzasidan boʻlim boshligʻiga va boʻlim boshligʻi 
oʻrinbosariga takliflar kiritadi, ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi; 
b) Boshqarma rahbariyatiga taqdim qilinadigan buyruqlar, shartnomalar va yuridik tusdagi 
boshqa hujjatlar loyihalarini ularning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan 
oʻtkazadi; 
d) jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini amalga oshirishga taʼsir 
etadigan Boshqarmaning qarorlari yuzasidan xulosalar beradi; 
e) mustaqil ravishda yoki Shoʻba boshligʻining topshirigʻiga asosan boshqa tuzilmalar 
bilan birgalikda Boshqarmaning buyruqlari, shartnomalari va yuridik tusdagi boshqa hujjatlarini 
ishlab chiqish, ularga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ularni oʻz kuchini 
yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida takliflar tayyorlaydi; 
f) Boshqarmada, shuningdek tegishli tuzilmalarda huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganadi, 
tahlil qiladi va umumlashtiradi, uni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi; 
g) Boshqarmaning boshqa tuzilmalari bilan birgalikda Boshqarma, shuningdek uning 
huzuridagi tashkilotlar va muassasalar hamda ularning mansabdor shaxslari faoliyatida 
qonuniylikning buzilishi koʻrsatilgan arizalar, takliflar va shikoyatlarni koʻrib chiqishda ishtirok 
etadi; 
h) Boshqarmada boshqaruv tizimini takomillashtirish, Boshqarma huzuridagi tashkilotlar 
va muassasalar hamda ularning mansabdor shaxslarining huquq va majburiyatlarini belgilash 
boʻyicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi; 
i) Boshqarmada mehnat haqidagi qonunchilikka rioya etilishini taʼminlashda, shu 
jumladan mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarni (mehnat shartnomasi, 
jamoa shartnomasi, jamoa bitimi va boshqalarni) ishlab chiqishda ishtirok etadi, ushbu hujjatlar 
loyihalarining qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi va huquqiy xulosa beradi; 
j) Shoʻba boshligʻining topshirigʻiga asosan Boshqarma rahbariyatiga davlat organi va 
tashkiloti faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni taʼminlash ahvoli yuzasidan hisobot 
tayyorlashni muvofiqlashtiradi; 
k) Boshqarma xodimlarining kasaba uyushmalari va boshqa vakillik organlariga 
vakolatlarini amalga oshirishda yuridik yordam koʻrsatadi; 
3. Boshqarma xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish
ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, shu jumladan 
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazish sohasida:
a) Boshqarma rahbariyati uchun qonunchilik masalalari boʻyicha tahliliy materiallar 
tayyorlaydi; 
b) Shoʻba boshligʻiga Boshqarma, shuningdek uning tizimiga kiradigan tuzilmalar 
xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirish tadbirlarini tashkil etish toʻgʻrisida takliflar kiritadi, 
ushbu tadbirlarni oʻtkazishda ishtirok etadi; 
d) Boshqarma faoliyatiga tegishli qonunchilikni targʻib qilish ishlarida ishtirok etadi; 
e) zudlik bilan Boshqarma axborot xizmatiga Boshqarma veb-saytiga joylashtirish 
maqsadida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning mazmun va ahamiyati 
toʻgʻrisida maʼlumotlarni kiritish uchun tayyorlaydi
f) Boshqarma xodimlarining murojaatlari boʻyicha ularga Boshqarma faoliyatiga tegishli 
huquqiy hujjatlarni topishga koʻmaklashadi, zarur hollarda ularning qoidalari boʻyicha 
tushuntirishlar beradi; 
g) qonunchilikka kiritilgan oʻzgartirishlar haqidagi maʼlumotlarni, sud amaliyotini, Adliya 
vazirligining huquqiy ishlarga taalluqli koʻrsatmalarini Boshqarma huzuridagi tashkilotlar va 
muassasalarga yetkazadi; 


4) shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-daʼvo ishlarini yuritish, Boshqarmaning mulkiy va 
boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini taʼminlash sohasida: 
a) davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek fuqarolar bilan nizolar vujudga kelganda, 
Shoʻba boshligʻining topshirigʻiga asosan mustaqil yoki boshqa tarkibiy tuzilmalar bilan 
birgalikda ularni sudgacha hal etish choralarini koʻradi; 
b) boshqa tuzilmalar bilan birgalikda Boshqarma tomonidan shartnomalarni tayyorlash va 
tuzish ishlarida ishtirok etadi, ularning qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi hamda 
shartnomalar loyihalariga, agar eʼtiroz va takliflar boʻlmasa, ularni boʻlim boshligʻi yoki boʻlim 
boshligʻi oʻrinbosariga viza qoʻyish uchun kiritadi
d) shartnomalarni tuzish, bajarish, oʻzgartirish va bekor qilishning belgilangan tartibiga 
rioya etilishini nazorat qiladi; 
e) Boshqarma tomonidan tuzilgan shartnomalarni zarur darajada bajarish boʻyicha takliflar 
kiritadi, shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishda 
ishtirok etadi; 
f) Boshqarmaning manfaatlarini himoya qilish boʻyicha talabnomalar tayyorlashda va 
davlat organi va tashkilotiga nisbatan bildirilgan talabnomalarni koʻrib chiqishda ishtirok etadi, 
davlat organi va tashkilotida talabnomalar bildirish va ularni koʻrib chiqish tartibiga rioya 
etilishini nazorat qiladi; 
g) tegishli boʻlimlar bilan birgalikda davlat organi va tashkilotining debitorlik
va kreditorlik qarzlari ahvolini oʻrganadi, ularning miqdorini kamaytirish choralarini koʻradi; 
h) shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar yuzasidan daʼvo ishlarini olib 
boradi; 
i) Boshqarmaning mulkiy va boshqa manfaatlarini huquqiy himoya qilish uchun zarur 
boʻlgan hujjatlarni tayyorlashda hamda belgilangan tartibda sud majlislarida ishtirok etadi; 
j) mulkni saqlash masalalari boʻyicha huquqiy tusdagi hujjatlar loyihalarining qonun 
hujjatlariga muvofiqligini tekshiradi va ularni tayyorlashda ishtirok etadi; 
k) boshqa tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda Boshqarmada mulkning talon-taroj qilinishi, 
kamomad va noishlab chiqarish xarajatlarining kelib chiqishi sabablari va sharoitlarini tahlil 
qiladi hamda ularni bartaraf etish choralarini koʻradi, Shoʻba boshligʻining topshirigʻiga asosan 
mulkning talon-taroj qilinishi va kamomad holatlari boʻyicha materiallarni huquqni muhofaza 
qilish organlariga yuborish uchun rasmiylashtiradi; 
l) moddiy boyliklar va pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi hujjatlar 
loyihalari, shuningdek qonun buzilishlari va suiisteʼmollar aniqlangan auditorlik tekshiruvlari va 
xatlovdan oʻtkazish dalolatnomalari boʻyicha huquqiy xulosalar beradi. 
Bosh yuriskonsult qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga 
oshiradi. 
12. Bosh yuriskonsultga ushbu Yoʻriqnomada yoki boshqa qonun hujjatlarida nazarda 
tutilmagan funksiyalar yuklatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. 
13. Shoʻba ishini samaradorligini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish yuzasidan 
tavsiyalar ishlab chiqadi. 
14. Shoʻba faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, boʻlim faoliyatiga 
oid muhim masalalar haqida vazirga muntazam ravishda axborot beradi. 
15. Xodim sifatida ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, 
yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya etish majburiyatini toʻliq oʻz zimmasiga oladi. 
16. Rahbariyat topshirigʻiga asosan xizmat safarlariga boradi. 
17. Jamoa va mehnat shartnomalari shartlariga amal qiladi. 
18. Ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi qoidalari 
talablariga rioya qiladi. 


19. Mazkur lavozim yoʻriqnomasida bayon qilingan zimmasiga yuklatilgan vazifalarni 
bajaradi.

Download 3,57 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   322




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. Bosh yuriskonsultning lavozim majburiyatlari

Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish