Nazorat-tahlil, ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash shoʻbasi
bosh mutaxassisining
lavozim yoʻriqnomasi
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi Nazorat-tahlil, ijro intizomi va murojaatlar bilan
ishlash shoʻbasi
bosh mutaxassisi
(bundan buyon matnda – bosh mutaxassis)ning lavozim
majburiyatlari, huquqlari va javobgarliklarini belgilab beradi.
2. Bosh mutaxassis Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi
vaziri, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari (keyingi
oʻrinlarda Hududiy boshqarma) buyrugʻiga koʻra lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod
etiladi.
Bosh mutaxassis bevosita boshqarma boshligʻi va shoʻba boshligʻiga boʻysunadi va oʻz
faoliyatini boshqarma rahbariyati tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida amalga oshiradi.
3. Bosh mutaxassis Oʻzbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi va qonunlariga,
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Farmonlari,
qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarorlari va farmoyishlariga, vazirlikning hayʼati
qarorlari, vazirning buyruqlariga hamda
boshqarma boshligʻi koʻrsatmalariga (bundan buyon matnda Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti va Hukumati hamda vazirlikning hujjatlari), “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha
va maktab taʼlimi vazirligi Markaziy apparatida ish yuritish va hujjatlar
ijrosini nazorat qilish
toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma” hamda mazkur yoʻriqnomaga amal qilgan holda faoliyatini olib
boradi.