boshqarma, tasarrufdagi tashkilotlar, tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan ijro intizomi
talablariga rioya etilishini oʻrganish, shu jumladan, joyiga chiqqan holda va koʻrsatkichlarni
yaxshilash boʻyicha amaliy yordam koʻrsatish;
qabul qilingan qaror, buyruq, majlis bayonnomalari hamda vazirlik, hokimlik va
boshqarma koʻrsatmalarni bajarilishini tahlil qilib boradi, nazoratdan chiqarish yoki ijro
muddatini uzaytirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
boshqarmaning choraklik, yarim yillik va yillik hisobotlarini tayyorlaydi;
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi hamda “edo.ijro.uz”
elektron hujjat aylanish tizimi bilan masʼullarni ishlash jarayonini taʼminlaydi;
Boshqarma rahbariyatining jismoniy va yuridik shaxslarni qabullarni tashkillashtiradi,
sayyor qabulga oid tashkiliy va tahliliy ishlarni amalga oshiradi;
oʻz xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishi, davlat organi tomonidan belgilangan
odob-axloq qoidalariga, xizmatga oid axborot bilan ishlash tartibiga, shuningdek davlat fuqarolik
xizmatini oʻtash bilan bogʻliq boshqa qoidalarga rioya etadi;
boshqarmaning obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni
tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun
hujjatlari talablariga rioya qilish;
boshqarma tizimidagi rahbar va xodimlarni ragʻbatlantirish, intizomiy javobgarlikka
tortish toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi, Xalq qabulxonalari,
Maktabgacha va vazirlik hamda boshqa tashkilot va idoralardan kelgan murojaatlarni (taklif,
ariza va shikoyat) oʻrnatilgan tartibda roʻyxatga olish, mazmunan oʻrganish va boshqarma
faoliyatiga taalluqlilarini rahbariyat orqali boshqarma apparati xodimlari va tuman (shahar)
boʻlimlariga ijro uchun yetkazilishini hamda belgilangan muddatda bajarilishini nazoratini olib
boradi va nazoratdan olinishi yuzasidan monitoring yuritadi;
boshqarmaga kelib tushgan, boshqarma faoliyatiga taalluqli boʻlmagan, shuningdek,
anonim, takroriy va koʻrmasdan qoldiriladigan murojaatlar (taklif, ariza va shikoyat) boʻyicha
belgilangan muddatda tegishli xulosa va javob xatlari asosida oʻrnatilgan tartibda nazoratdan
olinishini taʼminlaydi;
Murojaatlar boʻyicha har chorakda 1-7-жадваллар ва 1-8-jadvallar shaklida
hisobotlarni muddatidan kechiktirmasdan tayyorlaydi;
faoliyati doirasidagi masalalar boʻyicha fuqarolarni qabul qiladi, murojaatlarni
oʻrganadi, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tegishli choralar koʻradi;
Bosh mutaxassisning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham
boʻlishi mumkin.
5. Bosh mutaxassis quyidagilarni bajarishi shart:
ichki mehnat tartibi qoidalari, jamoa va mehnat shartnomalarining talablari va shartlari,
mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalari va meʼyorlariga amal qilishi;
Boshqarma boshligʻi buyruqlarida yuklatilgan tegishli topshiriqlarni oʻz vaqtida va
sifatli bajarishni taʼminlashi;
bajarilgan ishlar toʻgʻrisida Boshqarma boshligʻi va shoʻba boshligʻi oldida hisobot
berishi.