• Yangilangan konstitutsiya.
  • Kimki bir kongli buzugning xotirin shod aylagay, Oncha borkim, Kaba vayron bolsa obod aylagay.
  • Inson va fuqaroning huquq va erkinliklari
  • Konstitutsiyaga taklif etilayotgan o‘zgarishlar ro‘yxati
  • Farg’ona Politexnika Instituti Kompyuterlashgan loyihalash tizimlari fakulteti tjbakt 69-20 guruh talabasi Mahamadaliyev Farhodjonning Falsafa fanidan tayyorlagan




    Download 0.73 Mb.
    Sana26.05.2023
    Hajmi0.73 Mb.
    #65173
    Bog'liq
    Falsafa Taqdimot
    Moliya bozorini tartibga solish boʻyicha jahon tajribasi, Atrof, Boshnalg’ich sinflarda imioviy sezgirlikni o’stirish, 123131, 7. Parallel plastinalar orasida nuriy issiqlik almashinuvi (1), 1- амалий, IT va IYoD, Madaminov Lazizxon Oliy Matematika, 7jOR80B51dYnRK0yTPf039d5Vp8qoTNAB9F8y09j, payment 0250403117 2.6.2022 20 30, Neftning 250-300 fraksiyasidagi maxsulotlarida alifatik uglevodorodlarni ajratib olish, Idul Fitri, cmd buyruqlari english, mustaqili talim mavzulari, ABRORBEK 2

    Farg’ona Politexnika Instituti Kompyuterlashgan loyihalash tizimlari fakulteti TJBAKT 69-20 guruh talabasi Mahamadaliyev Farhodjonning Falsafa fanidan tayyorlagan


    TAQDIMOTI
    Mavzu: Inson huquqlari –
    oliy qadriyat
    Reja:
    • Inson huquqlari – oliy qadriyat.
    • Inson va fuqaroning huquq va erkinliklari.
    • Yangilangan konstitutsiya.

    Mamlakatimizda inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida barcha teng huquq va majburiyatga ega. Eʼtirof etish joizki, mamlakatimizda insonning asosiy huquq va erkinliklarini taʼminlash O‘zbekistondagi islohotlarning o‘zagi hisoblanadi. Inson huquqlari – har bir alohida shaxsning qadr-qimmati va erkinliklari himoya qilinishini ta'minlaydigan qoidalar majmuasidir. Ular huquqiy davlat konstitutsiyaviy huquqining negizini tashkil etib, shaxsning huquqiy maqomi asosini va asosiy huquqlarini mujassamlashtiradi. Xalqimiz azaldan erksevar bo'lgan, beva-bechoralar, yetim-yesirlar, nochor va nogironlarga madad qo'lini cho'zishni insoniy burch hisoblagan. Zardushtiylik muqaddas kitobi – «Avesto»dayoq inson huquqlarining ustuvorligi, insonlarning jamoa bo'lib yashash tarzi, ular, shuningdek davlat va jamiyat o'rtasidagi munosabatlar, jamoa hayoti bilan bog'liq masalalarni birgalikda hal etish tartibi qayd etilgan. “Avesto”dagi So'g'd hujjatlari o'sha davr uchun mukammal bo'lgan huquq tizimi va oila-nikoh normalari amal qilganligini qo'rsatadi. Unda huquqiy munosabatlar ishtirokchilari tarkibi, ularning huquq va majburiyatlari, shartnoma shartlari, shartnomaning bajarmaganlik oqibatlari, sharnoma tuzish vaqti va joyi batafsil aks etgan.
    Qadimgi Sharqning taniqli mutafakkiri Abu Ja'far Narshaxiy IX asrda bitilgan «Buxoro tarixi» asarida shaharda 19 ta yirik mahalla bo'lganligi, ular o'zini o'zi idora qilish vakolatlariga egaligini ta'kidlagan.
    Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy oliy insoniy fazilat sifatida ko'ngli o'ksik insonlarga madad qo'lini cho'zganlarni yuksak qadrlaydi:
    Kimki bir ko'ngli buzug'ning xotirin shod aylagay,
    Oncha borkim, Ka'ba vayron bo'lsa obod aylagay.

    Ya'ni, kim ko'ngli o'ksik bir insonni xursand qilsa, yiqilgan Ka'bani qaytadan qurgan, ta'mirlagan kabi savobga noil bo'ladi.
    “Temur tuzuklari”da esa “Saltanatning ishlarini qonun-qoida va intizomga solib, saltanatim martabasiga zebu ziynat berdim” deb ta'kilagan Sohibqiron bobomiz. Amir Temur saltanatida sipohiy qo'l ostidagi kishiga zulm o'tkazsa, u xizmat doirasidan tashqari chiqqan sanalib, sipohiyning o'zi jabrlanuvchilarga topshirilgan. Bu holda jabrlanuvchi sipohiyni xohlagancha jazolashi mumkin bo'lgan. Basharti katta va mahalliy boshliqlar o'z vakolatlari doirasidan chiqib, o'zlaridan kichik darajadagi kishilarga zulm o'tkazsalar, ularga mol-mulkiga qarab jarima solish nazarda tutilgan. Shu bilan birga biror kishining aybi isbotlanganda, unga nisbatan faqat bitta jazo qo'llanilgan.
    Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida:
    • -yashash, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik;
    • -qiynoq hamda boshqa shafqatsiz muomala va jazo turlaridan ozod bo'lish;
    • -sud orqali himoyalanish;
    • -erkin harakatlanish va yashash joyini tanlash erkinligi;
    • -turar joy daxlsizligi;
    • -so'z erkinligi;
    • -vijdon va din erkinligi;
    • -tinch yig'ilishlar o'tkazish erkinligi;
    • -mulkka egalik qilish huquqi;
    • -bilim olish, mehnat qilish, dam olish huquqi;
    • -ijtimoiy ta'minot va boshqa shu kabi huquqlar kafolatlanishi ko'rsatilgan.

    Inson va fuqaroning huquq va erkinliklari - insonga bekamu koʻst yashash imkoniyatini beruvchi va iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, siyosiy sohalarda oʻz imkoniyat va talablarining amalga oshirilishini taʼminlovchi huquqiy maqom. Inson huquqlari va erkinliklariga rioya etish Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining asosidir. OʻzR Konstitutsiyasida qayd etilgan huquq va erkinliklar: qonunlarning mazmuni va qoʻllanilishiga hamda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hokimiyat faoliyatiga bevosita taʼsir koʻrsatadi; Oʻzbekistonning har bir fuqarosiga, uning jinsi, irqi, millati, tili, diniy eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, maslagi, shaxsiy va ijtimoiy ahvolidan qatʼi nazar, inson huquqlari va erkinliklari buzilmasligini, sud yoʻli bilan himoya qilinishini ka-folatlaydi. Konstitutsiya barcha fuqarolarning qonun oldida tengligiga asoslangan holda, oʻzgalarning huquqlariga hurmat bilan qarash tamoyillarini, oʻzgalarning qonuniy manfaatlarini, huquq va erkinliklarini buzish hisobiga oʻz huquq va erkinliklarini roʻyobga chiqarishga yoʻl qoʻyilmaslikka, ijtimoiy adolat va hamjihatlikni taʼminlashga qaratilgan
    Konstitutsiyaga taklif etilayotgan o‘zgarishlar ro‘yxati
    • Konstitutsiyadagi 128 ta moddaning roppa-rosa yarmi – 64 tasini o‘zgartirish va 6 ta yangi modda qo‘shish taklif etilyapti.
    • Loyihada asosiy qonunning 64 ta moddasiga 200 dan ortiq o‘zgartishlar kiritish hamda 16 ta normani o‘z ichiga olgan 6 ta yangi modda (prim-moddalar) qo‘shish taklif etilmoqda.

    Download 0.73 Mb.




    Download 0.73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Farg’ona Politexnika Instituti Kompyuterlashgan loyihalash tizimlari fakulteti tjbakt 69-20 guruh talabasi Mahamadaliyev Farhodjonning Falsafa fanidan tayyorlagan

    Download 0.73 Mb.