• Samarqand davlat chet tillar instituti professori v.v.b., falsafa fanlari doktori (DSc) M.N.Melikova
  • Abdurauf Fitrat ma’naviy-falsafiy merosining yangilanayotgan O‘zbekiston yoshlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi o‘rni




    Download 41 Kb.
    Sana28.10.2023
    Hajmi41 Kb.
    #90628
    Bog'liq
    Тақриз Меликова
    1.20. Сиёсий элита ва етакчилик (6), 03-10-828 нусха 21, Тема 9. Цели и задачи гражданской защиты при чрезвычайных ситуациях, Гусев Защита социально-обеспечительных прав граждан Автору2, Yellow Minimalist Summer Collection Presentation 169

    Samarqand davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi
    Isomiddinov Yo‘ldosh Yusubboyevichning “Abdurauf Fitrat ma’naviy-falsafiy merosining yangilanayotgan O‘zbekiston yoshlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi o‘rni” mavzusidagi 09.00.03-Falsafa tarixi ixtisosligidan falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasiga
    TAQRIZ
    Mamlakatimizda ma’rifatparvar allomalarning ma’naviy merosini o‘rganish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, yoshlarning ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, barkamol avlodni tarbiyalashga oid islohotlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Yurtimizda XIX-asr oxiri XX-asr boshlarida madaniy-axloqiy va ma’rifatparvarlik ishlarini yangilanishlarga bo‘lgan intilish va ma’rifatparvar-jadidlarning ma’naviy merosini o‘rganish bo‘yich salmoqli tadqiqotlar olib borilmoqda. Ko‘plab tadqiqotlarda Abdurauf Fitrat ma’rifatparvarlik qarashlarining ijtimoiy-falsafiy mohiyati yaxlit ilmiy tahlil qilinmaganligi bois mazkur dissertatsiyada Abdurauf Fitratning milliy-ma’naviy taraqqiyotga oid qarashlari, ularning milliy o‘zlikni anglashdagi ahamiyatiga, yoshlar axloqiy tarbiyasidagi o‘rnini falsafiy tadqiq etishga alohida e’tibor qaratilgan.
    Dissertatsiyaning “Kirish” qismida mavzuning dolzarbligi va zarurati respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining asosiy ustuvor yo‘nalishlari, dissertatsiya bajarilayotgan oliy ta’lim muassasasi hamda uning xorijiy ilmiy-tadqiqot ishlari bilan bog‘liqligi, muammoning o‘rganilganlik darajasi, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, ob’yekti, predmeti, usullari yoritilgan. Shuningdek, ilmiy yangiligi, amaliy natijalari, tadqiqot natijalarining ishonchliligi va ilmiy-amaliy ahamiyati ochib berilgan.
    Dissertant tadqiqot ishining Abdurauf Fitrat ijtimoiy-falsafiy qarashlarininig metodologik asoslari deb nomlangan birinchi bobida XIX asr oxiri XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasidagi ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy muhitning o‘ziga xos xususiyatlari hamda Abdurauf Fitratning falsafiy-ijtimoiy va ma’rifatparvarlik qarashlarining shakllanishi omillari kabi masalalarini yoritib bergan.
    Jadidchilar falsafiy tafakkurining mohiyati o‘sha davr tarixiy vaziyatlari bilan bog‘liq ekanligi nazarda tutilsa, tasodifan, bir soniyada paydo bo‘lib qolmaganligiga amin bo‘lish mumkin. Jadidchilik namoyandalari dunyoqarashi ham shu davrda sodir bo‘layotgan ijtimoiy jarayonlar bilan uzviy bog‘liq ravishda vujudga keldi. Ular dunyoqarashining negizi inqilob bilan emas, balki islohot yo‘lidan borib, ilm-ma’rifatni, keng ko‘lamda yuksaltirish orqali milliy taraqqiyotga erishishdan iborat edi. Aynan mustaqillik yillarida jadidchilik harakatining fenomenining mazmuni va moxiyatini ochib berishga bag‘ishlangan tarixiy-falsafiy, adabiy – badiiy yo‘nalishdagi tadqiqot ishlar olib borilgan. Shu bilan birga faylasuf-olimlarimiz tomonidan muammoga yangicha prinsipial qarashlar va mustaqil yondashuvlar shakllangan. Shuni ham ta’kidlash lozimki, XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi milliy ozodlik, milliy mustaqillik uchun olib borilgan kurashlar jarayoniga oid masalalarni tahlil qilish va bu sohada ob’yektiv, ilmiy asoslangan xulosalar chiqarishda xilma-xilliklar mavjudligi ko‘zga tashlanadi.
    Dissertant mazkur bobda aynan ushbu jihatlarga e’tibor qaratgan va chuqur tahlil qilgan.
    Jadidchilik - murakkab rivojlanish yo‘lini, ya’ni ma’rifatparvarlikdan intellektual siyosiy salohiyatga ega bo‘lgan harakatgacha bo‘lgan bosqichni bosib o‘tdi. Turkiston o‘lkasining o‘sha davrda iqtisodiy taraqqiy etgan davlatlardan ortda qolishi va mustamlakachilikdan aziyat chekayotgan xalqning og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli kabi holatlar Turkiston jadidlarini ijtimoiy taraqqiyotning ilg‘or yo‘lini kashf etishga undadi. O‘z davrining ziyolilari vujudga kelgan vaziyatda mamlakat qoloqligining tub sababini ma’rifatsizlikda deb bildilar. Aynan ma’rifatsizlik tufayli hukm surgan jaholatni bartaraf etishda maorif va ma’rifatni isloh qilish yo‘li to‘g‘ri belgilandi. Natijada jadidchilik xarakati yo‘lboshchilari asosiy e’tiborni maorifni isloh qilishga qaratdilar. Ushbu ijtimoiy mazmundagi islohotlarni amalga oshirishda yangi usulda o‘qitiladigan maktablar, kutubxonalar, qiroatxonalar barpo etib, ularni o‘quv darsliklari va qo‘llanmalar bilan ta’minlash bilan birga ma’rifatparvarlik g‘oyalarini chuqur singdirish uchun faoliyat olib bordilar.
    Dissertant tadqiqot ishining Abdurauf Fitrat ma’naviy-falsafiy merosining ijtimoiy-falsafiy mohiyati deb nomlangan ikkinchi bobida Abdurauf Fitrat falsafiy merosida gumanistik g‘oya va qarashlar tahlili hamda Abdurauf Fitrat ma’naviy merosida jamiyat va davlatchilik to‘g‘risidagi g‘oyalar tahlili kabi masalalarni yoritgan.
    Tadqiqot davomida yirik olim sifatida ham tanilgan Abdurauf Fitratning “Aruz haqida”, “Adabiyot qoidalari” kabi ilmiy risolalari va “Eski o‘zbek adabiyoti namunalari” nomli tazkiralari shuningdek, Umar Hayyom, Abulqosim Firdavsiy, Alisher Navoiy, Mirzo Bedil, haqidagi maqolalari o‘zbek falsafasi tarixini boyitishga xizmat qilganligi izohlab berilgan.
    Abdurauf Fitrat ijodining dastlabki davri Turkiston o‘lkasida inqilobiy harakatlar kuchaygan davrlarga to‘g‘ri kelganligi sabab, o‘zining 1913-yilda fors-tojik tilida yaratgan “Munozara” asarida Buxoro amirligidagi diniy jaholat Yevropa davlatlaridan orqada qolganligi sabablarini yoritgan. Yevropa fani va madaniyatini targ‘ib qilib, ma’rifatparvarlik faoliyatini davom ettirgan. 1917- yilda “Hurriyat” gazetasini tashkil etilgach, xalqni mustaqillik tomon kurashga da’vat etadigan o‘zining ommabop she’rlar va maqolalarini nashr ettirib borgan.
    Abdurauf Fitratning xalq va millat uchun amalga oshirgan eng katta xizmatlari biri shunda ediki, u xalq va jamiyatning og‘ir ijtimoiy muammolarni ijobiy hal qilish asoslarini islohot orqali, evalyusion yo‘l bilan hal qilish asosini ishlab chiqib, ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishning hamda mustamlakachilikga barham berishning samarali yo‘llarini ko‘rsatib berganligida edi. Shu bilan birga Abdurauf Fitrat islom dini falsafasida diniy va dunyoviy ilmlar uyg‘unligini ochib berishga intilish bilan birga, millatning baxt – saodatini dunyoviy taraqqiyot erishish bilan bog‘lagan. Shuning uchun ham Fitratning ijodida dunyoviylik, zamonaviy ilmlarni egallash dinga xilof emas aksincha, unga bog‘liq ekanligini Qur’oni karim oyatlari, Hadisi shariflardan parchalar keltirish orqali yoritilgan.
    Fitrat yoshlarga murojaat qilib, ularni millatning taraqqiyoti uchun kurashishga chaqiradi va yoshlar qatlamini “millat taraqqiyotining poydevorlari”, deb e’tirof etadi. Turkiston o‘lkasining ravnaqi va taraqqiyoti g‘ayratli yoshlarni zamonaviy ta’lim beradigan maktablar va oliy dargohlarda ta’lim olish tartibini yo‘lga qo‘yish orqali amalga oshirish mumkinligini asoslab beradi.
    Abdurauf Fitratning eng yaxshi asarlaridan yana biri “Oila” asari bo‘lib, mazkur asar zamonaviy yosh avlod uchun hayotiy qo‘llanma vazifasini bajaruvchi tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Mazkur asarda Fitratning qarashlari yuksak axloqiylik erk va erksevarlik bilan birga hayot zarbaraliga jangovor tayyor turishlik g‘oyalari bilan qorishib ketadi. Shuning uchun ham asar mazmuniga mamlakat va xalqni istiqlolga yetaklash hamda milliy mustaqillik mafkurasini tarannum etish mohirona singdirilgan. “Oila” asarida axloqiy fazilatlar mazmun mohiyati, qanday qilib chin insoniy axloqiy fazilatlarga erishish mumkinligi, inson erkinligi va uning shaxsining daxlsizligi, milliy ozodlik masalalari teran yoritib berilgan.
    Dissertatsiyaning Abdurauf Fitrat ma’naviy-falsafiy merosining Yangi O‘zbekiston yoshlari tarbiyasidagi o‘rni deb nomlangan uchinchi bobida hozirgi davrda mutafakkir ijodini o‘rganishning tarixiy - falsafiy ahamiyati hamda Abdurauf Fitrat ma’naviy-falsafiy merosining yangi O‘zbekiston yoshlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi o‘rni yoritilgan
    Dissertantning e’tirof etishicha, Abdurauf Fitrat asarlari asosan din va dunyo, jamiyat va ma’rifat haqida qarashlarni o‘zida mujassamlashtirgan. Abdurauf Fitrat har xil bid’at xurofotni qoralab, ilmli kishilarning g‘oyalarini taraqqiyot va farovonlikning samarasi sifatida e’tirof etgan. Fitrat asarlarning barchasida bir maqsad ya’ni, millat ozodligi, mustaqillik nashidasi, hurriyat, erkinlik mavzulari ilgari surilgan. Bekorchilik va ilmsizlik qttiq tanqid ostiga olinib, hashamatli to‘y hasham va yig‘inlar qoralanadi. Ushbu yig‘inlardagi suhbatlar va g‘iybat so‘zlar o‘rniga kitob mutola qilinsa va ilmu-hunar o‘rganilsa, yoshlarning dunyoqarashi kengayishi mumkinligini e’tirof etilad. Abdurauf Fitrat hunarli bo‘lishni yoshlarga maslahat berib, payg‘ambar va avliyolardan, buyuk o‘gan bobokalonlardan misollar keltiradi.
    Abdurauf Fitratning konseptual falsafiy g‘oyalari hozirgi innovasion o‘zgarishlarning darakchisi, bugungi kundagi strategiya yo‘nalishdagi demokratik islohotlarning genetik asosi bo‘lib xizmat qilmoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki, Abdurauf Fitratning siyosiy qarashlari umuminsoniy xususiyatlarni, xususan erk, ozodlik, adolat, mustaqillik kabi g‘oyalarni tarannum etgan. Bu esa o‘z navbatida mustaqillikka g‘oyaviy asos bo‘ladigan nazariyalarning shakllanishiga olib kelgan.
    Hozirgi kunda tarbiyaga oid insoniyatning boy ma’naviy xazinasidan munosib o‘rin olgan tarixiy, milliy, ma’naviy madaniy merosimiz, urf-odatlarimiz va qadriyatlarimizdan ta’lim va tarbiya jarayonida samarali foydalanish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvar, fidokor, yuksak madaniyatli va ma’naviyatli qilib tarbiyalashning asosiy omillaridan biridir.
    Bu borada O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohatlar, xalq ma’naviyatining tozalanishi, asrlar davomida yaratilgan qadriyatlarni tiklash, kelajjakka yetkazish, shuningdek, asrab-avaylash bilan bog‘liq sa’y-harakatlarimiz muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda, ayniqsa, o‘tmishda ajdodlarimiz tomonidan yaratgan boy ma’naviy meros, tarix falsafasi, xalqimizning tarixiy xotirasidan unmli foydalanish imkoniyati yaratilganinin alohida ta’kidlash lozim. Bu esa qadimiy tariximiz, teran ma’naviyatimiz va milliy mafkuramizga tayanib, boy ma’naviy qadriyatlarimizni, falsafiy tafakkur tariximizni chuqur va atroflicha o‘rganish, falsafani yangilash va zamonaviylashtirish bu boradagi dolzarb vazifaga aylanganidan dalolat beradi.
    Dissertant Abdurauf Fitrat g‘oyalari yoshlarimizda ona Vatanga muhabbat tuyg‘usini tarannum etishda ilmiy-nazariy qo‘llanma sifatida xizmat qiladi deya to‘g‘ri xulosa bergan.
    Shuningdek, dissertant tadqiqot ishi doirasida o‘zining xulosa va tavsiyalarni ishlab chiqqan. Dissertant tadqiqot davomida turli xorijiy va mahalliy adabiyotlardan foydalanib, iqtiboslar keltirgan. Ishning adabiyotlar ro‘yxati ham juda boy bo‘lib, bu dissertantning ko‘plab zamonaviy adabiyotlar va nufuzli ilmiy tadqiqot saytlaridan samarali foydalanganligini ko‘rsatadi.
    Tadqiqot ishi uslubiy kamchiliklarsiz bo‘lib, uning tuzilishi va boblar ketma-ketligi to‘g‘ri tizimlashtirilgan.
    Ammo, mazkur tadqiqot ishida ham ilmiy yutuqlar bilan birga ba’zi juz’iy kamchiliklar ham ko‘zga tashlanadi. Masalan:

    1. Dissertatsiyada iqtiboslar qo‘yilishida xatoliklar uchraydi.

    2. Ayrim fikrlarni davom ettirish mumkin

    3. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati OAK Nizom talablariga muvofiq rasmiylashtirilishi lozim.
    4. Dissertatsiyaning ayrim o‘rinlarida imloviy kamchiliklar ham ko‘zga tashlanadi.
    Biroq, bu kamchiliklar dissertatsiya ishining ilmiy qiymatini pasaytirmaydi.
    Samarqand davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi Isomiddinov Yo‘ldosh Yusubboyevichning “Abdurauf Fitrat ma’naviy-falsafiy merosining yangilanayotgan O‘zbekiston yoshlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi o‘rni” mavzusidagi 09.00.03-Falsafa tarixi ixtisosligi bo‘yicha falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasini himoyaga tavsiya etaman.
    Samarqand davlat chet tillar
    instituti professori v.v.b.,
    falsafa fanlari doktori (DSc) M.N.Melikova


    Download 41 Kb.




    Download 41 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Abdurauf Fitrat ma’naviy-falsafiy merosining yangilanayotgan O‘zbekiston yoshlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi o‘rni

    Download 41 Kb.