|
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti mustaqil izlanuvchisi Xolmurodov Raxmatilla Ne’matillayevichning
|
Sana | 27.12.2023 | Hajmi | 22,92 Kb. | | #128712 | Turi | Referat |
Bog'liq 1-taqriz
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti mustaqil izlanuvchisi
Xolmurodov Raxmatilla Ne’matillayevichning 08.00.13- “Menejment” ixtisosligi bo’yicha “Uy-joy fondlarini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish” mavzusida bajarilgan iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyasi avtoreferatiga
T A Q R I Z
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida uy-joy fondini boshqarish sohasida ko‘plab islohotlar, institutsional o‘zgarishlar amalga oshirildi. O‘zbekistonda mustaqillik yillarida uy-joy fondini boshqarish sohasida ko‘plab islohotlar o‘tkazildi. Islohotlar uy-joy fondini xususiylashtirishdan boshlanib, asta sekin uy-joy fondini tasarruf etish bilan bog‘liq xarajatlar uy-joy mulkdorlarining zimmasiga o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 15-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida Kommunal xizmat ko‘rsatishni boshqarishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-617-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 22-iyuldagi “O‘zbekiston Recpublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida”gi 371-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston SSR Uy-joy-kommunal xo‘jaligi ministrligi negizida O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tashkil qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 12-oktabrdagi 490-son qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi to‘g‘risida Nizom” tasdiqlandi va Vazirlikning eng asosiy vazifalaridan biri sifatida “Respublikada uy-joy fondidan foydalanish va uning saqlanishini ta’minlash, kommunal xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va o‘tkazish” belgilandi
Shu nuqtai nazardan, tadqiqotchi Xolmurodov Raxmatilla Ne’matillayevichning iqtisodiyot fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun yozilgan “Uy-joy fondlarini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishini mamlakatimizda bugungi kunda olib borilayotgan dolzarb mavzudagi ilmiy izlanishlardan biri deb hisoblash mumkin.
Dissertatsiya ishi kirish, 3 ta bob, 9 ta paragraf va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
Tadqiqotning kirish qismida mavzuning dolzarbligi va zarurligi, muammoning o‘rganilganlik darajasi, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, ob’yekti va predmeti, ilmiy yangiligi va amaliy natijasi, tadqiqot natijalarining ishonchliligi, amaliyotga joriy etilganligi, tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati kabi muhim jihatlari yoritilgan.
Tadqiqot ishining birinchi bobi “Uy-joy fondlarini boshqarishning ilmiy - nazariy asoslari” deb nomlangan va unda uy-joy fondini boshqarishning ilmiy-nazariy jihatlari, uy-joy fondini boshqarishning iqtisodiy va institutsional xususiyatlari, uy-joy fondini boshqarishda tashkiliy-iqtisodiy mexanizmdan foydalanishning ilg‘or xorijiy davlatlar tajribalari asosida tahlil qilingan. Shuningdek, tadqiqotchi tomonidan bir qator xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tajribalari o‘rganilgan.
Dissertatsiyaning ikkinchi bobi “Uy-joy fondlarini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi holati tahlili”ga bag‘ishlangan bo‘lib, unda O‘zbekistonda uy-joy fondlarini boshqarish sohasidagi islohotlar, uy-joy fondini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy holatiga ta’sir etuvchi ko‘rsatkichlari tahlili va uy-joy fondini boshqarish samaradorligini baholash usullari aniqlangan va sharhlangan.
Tadqiqotchi tomonidan dissertatsiyaning “Uy-joy fondlarini boshqarish samaradorligini oshirish va tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish” deb nomlangan uchinchi bobida uy-joy fondini boshqarish samaradorligini baholash va prognozlash, uy-joy fondini boshqarish samaradorligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari, uy-joy fondini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan.
Xulosa qismida tadqiqot natijasida olingan ilmiy ishlanma natijalari bayon etilgan.
Dissertatsiya ishida ijobiy natijalarga erishish bilan birga, ayrim kamchiliklarga ham yo‘l qo‘yilgan:
Aksariyat jadvallarda faqatgina 5 yillik va undan kam bo’lgan ma’lumotlar keltirilgan, agar ushbu ma’lumotlar 10 yillik muddatda olinsa maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Uy-joy fondlarini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishning MDH davlatlari tajribalari kengroq yoritilganida ham ishning ahamiyatini yanada oshishiga xizmat qilardi.
Qayd etilgan kamchiliklar juz’iy ahamiyatga ega bo‘lib, dissertatsiya ishining umumiy bahosini pasaytirmaydi.
Umuman olganda, mazkur dissertatsiya ishi tugallangan, mustaqil bajarilgan ilmiy tadqiqot ishi bo‘lib, uning umumiy mazmuni 08.00.13- “Menejment” ixtisosligiga to‘liq mos keladi. Shularni hisobga olib, R.N.Xolmurodovgarlik qilayotgan 08.00.13- “Menejment” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga munosib, deb hisoblayman.
Institut yoki tashkilot
to‘liq nomi lavozim
va ilmiy darajasi (imzo va muxr) F.I.Sh.
|
| |