|
Hozirgi vaqtda, analitiklarning bergan bahosiga ko‘ra, internetdan 100000 dan ziyod domenli nomlar foydalanmoqda
|
bet | 1/10 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 8,21 Mb. | | #228602 |
Bog'liq COURSE KURS ISHI
Kirish
Ma’lumki, hozirgi davrda kundalik hayotimizda keng qo’llanilib kelinayotgan Web sahifa, Web saytlarni tadqiq etish va ularni yaratish texnologiyalari bilan tanishish dasturlash texnalogiyalarida dolzarb masalalardan biridir. Bu masalalarni hal etishda dasturlash texnologiyasi hamda amaliy dasturlashdan unumli foydalanish kabilar asosiy o‘rin tutadi. Shularni hisobga olib mazkur kurs ishida web sahifada matnlarni kiritish va formatlash atroflicha muhokama etilib, ularni qo‘llashga doir zaruriy xulosalar va misollar keltirilgan.
Hozirgi vaqtda, analitiklarning bergan bahosiga ko‘ra, internetdan 100000 dan ziyod domenli nomlar foydalanmoqda. Raqamli abonent liniyalar va fizik modemlar hamda arzon Web xostinglar orqali umumiy kirishlarga tezkor ulanish uchun o‘n millonlab foydalanuvchilar o’zlarining shaxsiy Web saytlarini yaratadilar. Onlayn foydalanuvchilar soni 500 milliondan ziyod foydalanuvchilardan iborat deb baholanayotgan bir vaqtda (bu son oyiga 7% ga o‘sib bormoqda), Web-dasturchilar oldiga cheksiz Web sohasida foydalanuvchilar qiziqishini kengaytirish uchun yangi texnologiyalarni qo‘llash masalasi qo‘yilmoqda. Butun dunyo o‘rgimchak uyasida millionlab foydalanuvchilar va Web dasturchilar har kuni Web sahifalar bilan ish olib borishadi. Ko‘plab Web dasturchilar o’zining ishini yengillashtirish uchun Web dasturlarning ko‘plab dasturiy vositalari bilan ish ko‘radilar. Ammo yangi Web texnologiyalarni to‘liq hajmda ishlatish uchun dasturchilar aniq bosqichda yeng shimarib HTML deskriptorlari, atributlari, jadvallarning kaskadli ko‘rinishlari qoidalari va boshqa bilan ish ko‘rishga to‘g‘ri keladi. Webda saytlar soni ko‘p bo‘lganligiga qaramay, o’zining sayti tez, xavfsiz va oddiy bo‘lishini xohlaydigan web-dasturchilar ko‘plab topiladi. Bundan tashqari, saytga kiruvchi foydalanuvchilar nafaqat ermaklar va aktual tarkibiy qismlarni, balki bu tarkibiy qismlar tez yuklanishini xohlaydi. Ko‘plab foydalanuvchilar xavfsiz deb hisoblanadigan saytlar aslida ham shunday hisoblanadi. Siz web saytga joylashtirgan tarkibiy qismlarga bog‘liq bo‘lmagan holda foydalanuvchilar sifat, tezlik va xavfsizlikni kutishadi.
|
| |