• Fazali modulyasiyada
  • M odemlarning turlari
  • Hozirgi vaqtda, analitiklarning bergan bahosiga ko‘ra, internetdan 100000 dan ziyod domenli nomlar foydalanmoqda




    Download 8,21 Mb.
    bet6/10
    Sana13.05.2024
    Hajmi8,21 Mb.
    #228602
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    COURSE KURS ISHI

    Chastotali modulyasiyada modulyasiya qilinadigan signalning (uzatilayotgan ma’lumotlarning) joriy qiymatlariga mos ravishda fizik signalning (odatda sinusoidali) chastotasi o’zgaradi, bunda uning amplitudasi o’zgarmaydi. Eng sodda holda ma’lumotlar bitining 1 va 0 qiymatlariga, ma’lumotlarni uzatishning birinchi bayonnomalari V.21 da qabul qilingani kabi, chastotaning ikkita qiymati mos keladi, masalan, 980 Gs va 1180 Gs. Chastotali modulyasiya xalaqitlarga juda turg’undir, uzatishda signalning faqat amplitudasi buziladi. Fazali modulyasiyada modulyasiya qilinadigan kattalik bo’lib signal fazasi hisoblanadi, bunda uning chastotasi va amplitudasi o’zgarmaydi; fazamodulyasiya qilingan signalning xalaqitlarga chidamliligi ham yuqoridir.
    Signalning sof amplitudali modulyasiyasida uning xalaqitlardan himoyalanganligi juda pastdir, shuning uchun xalaqitlarga chidamliroq, lekin yanada murakkabroq kvadraturali amplitudali modulyasiya qo’llaniladi, bunda uzatilayotgan ma’lumotlar taktida bir vaqtning o’zida signalning ham fazasi, ham amplitudasi o’zgaradi.
    M odemlarning turlari: Ko’pgina modemlar ma’lumotlarni uzatish jarayonini ta’minlashdan tashqari, telekommunikasiya tizimlarida bir qator boshqa foydali vazifalarni ham bajaradi, jumladan:
    • tovushni raqamlash va raqamlangan tovushni qayta tiklash operasiyalari;
    • faksimil axborotlarni qabul qilish va uzatish;
    • chiqarayotgan abonentning nomerini avtomatik aniqlash (NAA);
    • avtojavob beruvchi va elektron kotib vazifalari va b.
    Shuning uchun zamonaviy modem modulyasiya va demodulyasiya qurilmalaridan tashqari (ba’zida esa ular bilan birga) modem ishini boshqaruvchi maxsuslashgan mikroprosessor, tezkor va doimiy xotira, modemning ishlash rejimlari va ishlatilayotgan aloqa kanalining tavsiflari to’g’risidagi tovushli va yorug’likli xabarlash elementlariga egadir. Doimiy xotira ta’minot (tok manbai) uzilganda modem konfigurasiyasini saqlash uchun ishlatiladi va ko’pincha qayta dasturlanishi mumkin.
    Sanoatda ishlab chiqarilayotgan modemlar quyidagicha farqlanadi:

    • konstruksiyasi bilan — avtonom va apparatura ichiga qurilgan;

    • aloqa kanalli interfeys bilan — kontaktli va kontaktsiz (audio);

    • vazifasi bilan - turli xil aloqa kanallari va tizimlari uchun, masalan, faqat ma’lumotlarni uzatish tizimi uchun — modemlar, ma’lumotlarni va fakslarni uzatish tizimi uchun - faks-modemlar (aqiqatan ham, butunda ko’plab firmalar faks-modemlarni ishlab chiqarmoqda, faksli vazifasi bo’lmagan «toza» modemlar, amalda ishlab chiqarilmayapti);

    • uzatish tezligi bilan — telefon aloqa kanallari uchun TTXMK bayonnomalari standartiga mos keluvchi ma’lumotlarni uzatish tezliklari standarti (shkalasi) mavjuddir; u quyidagi tezliklarni o’z ichiga oladi (bit/s da): 300, 600, 1200, 2400, 4800, 9600, 12000, 14400, 16800, 19200, 28800, 33600, 56000.

    Oldin modemlarning har biri alohida tezlikda ishlash uchun ishlab chiqarilgan; zamonaviy modemlar universaldir: ularning ba’zilari (masalan, MT1932, MT 2834 va b.) ham kommutasiya qilinadigan, ham kommutasiya qilinmaydigan aloqa kanallari bilan ishlashi mumkin; aytilgan tezliklar shkalasining deyarli hammasini o’z ichiga oladi; modem va faks-modem rejimlariga ega.
    Modemlarni konstruktiv turlari, ya’ni avtonom va apparatura ichiga qurilgan turlariga birmuncha batafsilroq to’xtalamiz. Avtonom modemlarni ko’pincha tashqi, apparatura ichiga mos qurilganini esa ichki modem deb ataladi.

    Download 8,21 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 8,21 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hozirgi vaqtda, analitiklarning bergan bahosiga ko‘ra, internetdan 100000 dan ziyod domenli nomlar foydalanmoqda

    Download 8,21 Mb.