|
Hozirgi vaqtda, analitiklarning bergan bahosiga ko‘ra, internetdan 100000 dan ziyod domenli nomlar foydalanmoqda
|
bet | 2/10 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 8,21 Mb. | | #228602 |
Bog'liq COURSE KURS ISHIKurs ishining dolzarbligi: Modemlar haqida ma’lumot beruvchi web saytlarning kamligi hamda to’liq yoritilmasligi.
Kurs ishining maqsadi: Modem turlari haqida ma’lumotlarni o‘rganish va Web saytini amaliyotda yaratish.
Kurs ishining vazifalari:
1. Berilgan masalani yechish, ya’ni kerakli Web saytni yaratish;
2. Web sayt yaratilishi uchun kerakli ma’lumotlarni to‘plash;
3. Web saytning mazmuniga ko‘ra kerakli ma’lumot va yangiliklarni to‘plash va ularni o‘rganib chiqish;
Kurs ishining obyekti sifatida Modemlar haqida ma’lumot beruvchi web sayt tuzish strukturasi.
Kurs ishi predmeti: Modem turlari haqida ma’lumot web saytini shakllantirish jarayoni.
Kurs ishining tuzilishi: Ushbu kurs ishi 2 ta bob, 6 ta reja, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalar(dastur kodi)dan iborat.
I BOB: Web-sahifa va saytlar bilan ishlash
1.1. Web-sahifa yaratish
Eng sodda web-sahifa odatda faqat matndan iborat bo‘ladi. Biz ham web-sahifa tayyorlashni unga matn joylashtirishdan boshlaymiz. Buning uchun Windowsning Bloknot matn muharririni ishga tushiramiz (boshqa matn muharriridan foydalansa ham bo‘ladi). Bloknot matn muharririni ishga tushirish uchun Windowsning “Pusk” menyusiga kirib, “Programmы” bo‘limiga o‘tamiz. Ochilgan “Programmы” oynasidan “Standartnыye” bo‘limiga kiramiz va “Bloknot” dasturini tanlaymiz yoki oddiygina “Pusk” menyusiga kirib “Bloknot” dasturini tanlaymiz. Bloknot matn muharriri juda sodda bo‘lib, sarlavha satri, menyular satri va ishchi maydonidan tashkil topgan.
Ishchi maydoni matn kiritish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, Word matn protsessori kabi shrift tanlash, uning rangi, o‘lchami va boshqa parametrlarini o’zgartirish, jadval yoki rasm joylashtirish imkoniyati yo‘q. Bloknot matn muharririda asosan matn kiritish, uni tahrirlash, saqlash (magnit diskida), avval saqlangan matnni ochish kabi ishlar bajariladi. Bu ishlar Word matn protsessoridagi kabi amalga oshirilishi tufayli, ularni takrorlashni lozim topmadik.
Bloknot matn muharririni ishga tushirgach, web-sahifa yaratishni boshlasak ham bo‘ladi. Web-sahifa odatda sarlavhadan boshlanadi. Bu bizning birinchi web-sahifamiz bo‘lgani uchun, unga “Bu mening birinchi web-sahifam” – deb, sarlavha qo‘yamiz. Buning uchun Bloknot ishchi maydonida quyidagi matn kiritiladi:
|
| |