• TUSHUNTIRISH XATI Ushbu ma’ruzalar matni “Qishloq xo‘jalik maxsulotlarini konservalash
  • Tuzuvchi: To‘raqo‘rg‘on tuman 2-son kasb-hunar maktabi maxsus fan o’qituvchisi O‘lmasbek Xolmirzayev Mavzu_№-_1_
  • Kasb-hunar maktabi




    Download 166 Kb.
    bet1/2
    Sana18.02.2024
    Hajmi166 Kb.
    #158333
      1   2
    Bog'liq
    Maruzalar matni


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    NAMANGAN VILOYATI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR BOSHQARMASI


    TO‘RAQO‘RG‘ON TUMAN 2-SON
    KASB-HUNAR MAKTABI


    Qishloq xo‘jalik maxsulotlarini konservalash fanidan


    MA’RUZALAR MATNI


    TUSHUNTIRISH XATI

    Ushbu ma’ruzalar matni “Qishloq xo‘jalik maxsulotlarini konservalash” o‘quv amaliyotining 2023 yil “25” avgustdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quvuslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2023-yil 11-avgustdagi 4-son yig‘ilishida ma’qullangan va Vazirlikning 2023-yil 25-avgustdagi 391 - son buyrug‘i bilan tasdiqlangan va ro'yxatga olingan na’munaviy o'quv dasturi asosida ishlab chiqilgan vata’lim muassasasining 2023 yil “_30_” avgustda Maxsus fanlar kafedra yig’ilishida muhokama etilib, 2023 yil “_31_” avgustdagi Pedogogik kengashida foydalanishga tavsiya etildi.


    Qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini konservalash fani ta’lim muassasasida taqsil olayotgan 30810701-Qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash laboranti o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, mazkur fan uchun jami 40 soat ajratilgan.
    Mazkur ma’ruza matni Qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash laboranti kasbi o’quvchilari va Qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini konservalash bo‘yicha mustaqil ta’lim oluvchilar uchun mo’ljallangan.


    Tuzuvchi: To‘raqo‘rg‘on tuman 2-son kasb-hunar
    maktabi maxsus fan o’qituvchisi
    O‘lmasbek Xolmirzayev

    Mavzu_№-_1_: O‘zbekistonda qishloq xo’jalik mahsulotlarini konservalash sanoatining rivojlanishi
    Reja:


    Bugungi kunda aholini sifatli, oziqaviy qimmati yuqori bo‘lgan tayyor va yarimtayyor mahsulotlar bilan ta’minlash dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasining rivojlanishi natijasida hosil bo‘lgan ikkilamchi xom ashyodan olingan mahsulotlarga ham ehtiyoj ortdi.
    Konservalash sanoatida vitaminlar, mikro- va makroelementlarga boy o‘simlik mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy izlanishlar jadal olib borilmoqda. Bu borada, o‘simlik xom ashyolarini kompleks qayta ishlash, olingan mahsulotlarning sifatini yaxshilash, oziqaviy xavfsizligini ta’minlash, biologik qimmatini oshirish, energiya tejamkor va yangi texnologiyalarni ishlab chiqishga alohida e’tibor berilmoqda.
    Respublikamizda konservalash sanoatida meva-sabzavotlarni saqlash va qayta ishlash, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalar joriy etilib, muayyan natijalarga erishilmoqda. Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida «sanoatni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish, mahalliy xomashyo manbalarini chuqur qayta ishlash, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni jadallashtirish, yangi turdagi mahsulotlar va texnologiyalarni o‘zlashtirish» bo‘yicha muhim vazifalari belgilab berilgan.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 yanvardagi PF-5303-sonli «Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, 2019 yil 14 martdagi PQ-4239-sonli «Meva sabzavotchilik sohasida qishloq xo‘jalik kooperasiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, 2019 yil 29 iyuldagi PQ-4406-sonli «Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, jumladan meva va sabzavotlarni saqlash va qayta ishlash, ularning iste’mol me’yorlarini talab darajasiga yetkazish hamda turli yarim fabrikatlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi, 2022 yil 28 yanvardagi №PF-60-sonli «Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi, farmon va qarorlari shuningdek, mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga muayyan darajada xizmat qiladi.
    Respublikamiz olimlari tomonidan meva-sabzavotlar, rezavorlar va o‘simlik xomashyolaridan oziq-ovqat mahsulotlari olish texnologiyasi takomillashtirilgan, olingan mahsulotning organoleptik, fizik-kimyoviy, mikrobiologik xossalariga ta’siri baholangan, oziqaviy, energetik va biologik qimmati hamda sifati tadqiq etilmoqda.
    Shu bilan birga meva va sabzavot sharbatlari ishlab chiqarish ikkilamchi xomashyolaridan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish va joriy etishda xomashyoni biologik va oziqaviy qimmatini to‘la saqlab, issiqlik ishlovi berish, ulardan mahsulotlar tayyorlashda samarali foydalanish hamda xavfsizligini oshirish, konserva sanoatida konserva mahsulotlari assortimentini kengaytirib, mahsulot tayyorlash jarayonini osonlashtirish, jihozlar unumdorligini oshirish va ishchi kuchi, energiya sarfi, vaqt me’yoridan samarali foydalanish xozirgi kunning dolzarb muammolaridan biridir.
    Statistik ma’lumotlarga qaraganda O‘zbekiston Respublikasida 111,5 ming gektar olmazorlardan 1238,2 ming tonna olma yetishtiriladi. Shundan fermer xo‘jaliklaridagi 86,9 ming gektar maydondan 827,3 ming tonna, dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqalaridagi 24,6 ming gektar maydondan 410,9 ming tonna olma hosili olindi. 124,4 ming gektar maydonda sabzi xomashyosi ekildi. 2022 yilda yetishtirilgan 2494 ming tonnadan ortiq hosil yig‘ishtirib olingan. Bunda «takroriy ekindan» yig‘ilgan 140 ming tonna sabzi qishki-bahorgi mavsumda aholi ta’minoti uchun zaxiraga olinadi, «kechpishar» sabzining bir qismi esa umumiy quvvati 250-300 ming tonna bo‘lgan o‘nlab ixtisoslashtirilgan korxonalar bazasida qayta ishlanadi, jami 50,5 ming tonna sabzi eksport qilinmoqda.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: “Bugungi kunda yurtimizda yetishtirilayotgan meva-sabzavotning atigi 15 foizi qayta ishlanib, 8 foizi eksport qilinmoqda, xolos.
    Tahlillar natijasining ko‘rsatkichiga ko‘ra, meva-sabzavotchilik mahsulotlari hajmlarining yildan-yilga oshib borishi saqlash va qayta ishlash tarmog‘idagi bir qator muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, sohani isloh qilishda zamonaviy innovasion, resurs tejaydigan raqamli texnologiyalardan keng foydalangan holda tub burilishni amalga oshirishni talab etmoqda. Xususan:
    - respublikada umumiy ishlab chiqarish hajmlariga nisbatan mevaning 18,9 foizi, sabzavot va poliz mahsulotlarining 5,6 foizi, uzumning 9,5 foizi sanoat korxonalarida qayta ishlanmoqda;
    Bundan kelib chiqib shunday hulosa qilish mumkinki, meva-sabzavotlarni saqlash va qayta ishlash salohiyati juda past. Chiqitsiz texnologiyalarni tadbiq etish natijasida, tayyor mahsulot ishlab chiqarishni takomillashtirish va qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish imkoniyati paydo bo‘ladi.

    Xozirgi kunda meva-sabzavotlarni qayta ishlab tabiiy sharbatlar tayyorlash korxonalari jadal suratlar bilan o‘sib bormoqda. Tindirilgan sharbat tayyorlashda o‘rtacha 40-45 % chiqindi ya’ni ikkilamchi xomashyo hosil bo‘ladi. Yuqoridagi ma’lumotlar asosida birgina sabzi xomashyosini oladigan bo‘lsak, 300 ming tonna xomashyodan 120 ming tonna ikkilamchi xom ashyo hosil bo‘ladi. Ushbu ikkilamchi xom ashyoni qayta ishlab chiqitsiz texnologiyani joriy etish, korxonada hosil bo‘ladigan chiqindini utilizasiya qilish, konserva mahsulotlari assortimentini kengaytirish asosiy xomashyoni tejash va korxonaga qo‘shimcha daromad olish imkoniyatini beradi. Iqtisodiy jihatdan ko‘radigan bo‘lsak, birgina qayta ishlash korxonasi yiliga sabzini qayta ishlashi natijasida 100 tonnadan ortiq ikkilamchi xom ashyo hosil bo‘ladi. Ushbu ikkilamchi xom ashyo shu kungacha qayta ishlanmaganligi sababli chorva hayvonlariga berish uchun aholi va boshqa xo‘jaliklarga 1 kg ni 150 so‘m dan sotib yuborilgan.


    Yuqoridagi taxlillar asosida biz sabzi ikkilamchi xomashyosidan povidlo tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqdik. Ko‘p sonli tajribalar asosida texnologik jarayon ketma-ketligi aniqlanib, biz sabzi ikkilamchi xom ashyosidan povidlo tayyorlash texnologik sxemasi va reseptini ishlab chiqdik.



    Download 166 Kb.
      1   2




    Download 166 Kb.